Ilk eneolit — (Anov I, Namozgoh I);
Rivojlangan — (Anov II, Nomozgoh II);
So’nggi Mis-Tosh Davri — (Nomozgoh III) ga bo’linadi. Keng darajada tekshirilgan yodgorliklardan Anovtepa, Nomozgohtepa, Qoratepa, Chaqmoqlitepa, Yassitepa va Geoksyurtepa mashhurdir.
Arxeologik qazishlardan chiqqan ilk eneolit Anov I va Nomozgoh I davriga oid uy-joylar xom g’ishtlardan qurilgan. Moddiy topilmalar orasida mis qurollar kam uchraydi (mis pichoqlar va jezginalar). Qadimgi makonlarda toshdan yasalgan juda ko’p qurollar — o’roq va pichoq qadamalari, qirg’ichlar, teshkichlar, nayza va o’q paykonlari, yorg’uchoqlar va boshqa qurollar topildi. Avvalgidek, mis-tosh davrida hali toshdan ishlangan qurollar xo’jalikda katta rol o’ynagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |