1-Mavzu: Arxeologiya faninig maqsad va vazifalari. Reja
Download 235.97 Kb.
|
Arxealogiya )
Xassun madaniyati. Dastlab o’rganilgan arxeologik yodgorlik nomi bilan yuritiladigan madaniyat. Bu madaniyatni yaratgan qadimgi aholi loydan qurilgan uylarda istsqomat qilishgan. Bu madaniyatning so’nggi bosqichlariga kelib, tosh qurollar inqirozi boshlanib, misdan ishlangan buyumlar paydo boshlaydi. Sopol idishlarga geometrik bezak va o’yma naqshlar ishlatilgan. Bu madaniyat egalari qish mavsumida dehqonchilik yuritish uchun etarli miqdorda yog’ingarchilik bo’ladigan kam saqlanadigan tog’ etagi hududlarida tarqalishgan. Xassuliklar madaniyati asosan ikki joyda: Xassun yodgorligi saqlangan Mosul va Yarimtepa I yodgorligi joylashgan Sinisor hududlarida to’plangan. Xassun o’troq dehqonchilik va chorvachilikka asoslangan madaniyat. Dehqonchilikda yumshoq, qattiq bug’doy va arpa ekishgan. Topib o’rganilgan hayvon suyaklarining 5\4 qismini xonaki hayvonlarniki tashkil etib, ular qo’y, echki, cho’chqa va qoramolga tegishli. Aholisi maydalangan xas- hashak qo’shilgan bloklardan tug’ri to’rtburchak tarzidagi uylarda istiqomat qilishgan. Shuningdek, oval shaklidagi uylarning o’rni Xassun I yodgorligida aniqlangan.
Sopol idishlarga maydalangan somon qo’shib, qalin qilib ishlangan. Asta-sekin sopollarni pishirish takomillashgan. Yarimtepa yodgorligidan ikki yarusli xumdon topib o’rganilgan. Idishlarning naqshlari qora va qizil ranglarda bo’yalgan. Xassun madaniyatiga oid idishlar kosa va ko’zalardan tashkil topgan. Misdan yasalgan buyumlar Xassun madaniyatining barcha bosqichlariga oid madaniy qatlamlarida uchraydi. Serdolik, xalstedon va feruza toshlardan yasalgan turli munchoqlar topilgan. Shuningdek, toshdan yasalgan muhrlar ham uchraydi. Loydan yasalgan terrokota-ayol haykalchalari mavjud. Download 235.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling