1-Mavzu: Arxeologiya faninig maqsad va vazifalari. Reja


Download 235.97 Kb.
bet54/61
Sana08.01.2022
Hajmi235.97 Kb.
#239079
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   61
Bog'liq
Arxealogiya )

Xalaf madaniyati (mil.av. V ming yillikning boshlaridan oxirigacha). Bu madaniyat Mesopotamiya shimolida Dajla daryosining ikkala sohilida Mosul hududida tarqalgan bo’lib, sharqiy guruhini tashkil etadi. Bu guruh madaniyati Xassun madaniyatiga oid (Xassunna, Nineviya Yarimtepa II) yodgorliklarning yuqori qatlami o’zida aks etadi. G’arbiy guruhi Furot daryosining so’l irmog’i Xabur daryosi oqimi hududlarida tarqalgan Chogarbozor, Telbrak, Telxalaf va boshqa yodgorliklarda mazkur guruh moddiy madaniyati aksini topgan. Xalafliklarning uylari qurilishi ilk davri an’anasida barpo qilingan. Uylarning devorlari bloklardan barpo qilinib, ayrim hollarda ularning poydevorlarga tosh terilgan. Uylarning asosiy qismini aylana (Yarimtepa II), qolganlarini to’g’ri to’rtburchak shakldagilari (asosan Arpachiya) tashkil etadi. Xo’jalik imoratlari ham aylana shaklda barpo qilingan. Ayrim imoratlar kulolchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishiga mo’ljallangan. Ikki yarusli xumdonlar (Yarimtepa II) ham aniqlangan. Manzilgohlarning ichkarisida ko’pincha yosh bolalarga tegishla qabrlar joylashgan. Murdalar yon tomonga yotqizib, boy kuzatuv buyumlari bilan birga ko’milgan. Sharqiy guruhdagi yodgorliklardan kremen va obsidianlardan yasalgan mehnat qurollari qisman topib o’rganilgan. Ular o’roq, bolta, teshalardan iborat. Misdan ishlangan tesha va xanjarlar topilgan. Shuninggdek, misdan ishlangan munchoqlar va muhrlar Yarimtepa II yodgorligida topilgan. Sapol idishlari qo’lda yupqa qilib ishlangan. Naqshlari sarg’ish-to’q sariq tagga qizg’ish- jigar va jigar rangdagi bo’yoqlar bilan o’simlik bezaklarini eslatuvchi razetkalar, qisman hayvonlar ohu, bars, qush, baliq, ilonlarning tasvirlaridan iborat. Ayrim hollarda, idishlar antropomorf yoki zoomorf shaklida yasalib, sirtiga naqshlar berilgan. Xalaf madaniyatining so’nggi bosqichlariga kelib, idishlar naqshi asosiy o’rin tutmay qo’yadi. Bu kulolchilik ishlab chiqarishining maxsus hunarmandchilik turi sifatida paydo bo’lganligidan dalolat beradi. Ixtisoslashgan hunarmandchilikning boshqa bir turi toshlarga ishlov berish (sangtaroshlik) bo’lib, ulardan uy-ro’zg’or buyumlar, taqinchoqlar, tumorlar, muhrlar tayyorlashgan. Shuningdek, buqa, cho’chqalarning boshi va qush tasvirlaridan iborat taqinchoqlar yasalgan. Terakkotik haykalchalarda asosan ayollarning o’tirgan holatdagi tasviri tashqi bezaklari bilan birgalikda berilgan.

Xalaf madaniyatiga oid moddiy topilmalari namunalarida Old Osiyoning qadimgi dehqonchilik aholisi madaniy xususiyatlari davomi sifatida namoyon bo’lsada, Mesopotamiyaning shimoliy hududiga xos an’ana tarkibida bo’lganligini ko’rish mumkin.




Download 235.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling