1-Mavzu: Arxeologiya faninig maqsad va vazifalari. Reja
Download 235.97 Kb.
|
Arxealogiya )
Ubeyda madaniyati (mil.av. 4500-3500). Bu madaniyatga oid muhim yodgorlik sanalgan Eruda manzilgohidan mil av. 4500 yillarda bino qilingan eng qadimgi ibodatxonaning o’rni arxeologik qazish ishlarida aniqlangan. Ibodatxonaning devor xiyla qalin, tashqi tomondan zinasimon plyastr bilan boyitilgan. Uning atrofida aholining nufuzli qatlamlariga tegishli va ularga yaqin bo’lgan joyda hunarmandlar uy-joy imoratlari va undan keyin dehqon jamoasi uy-joy imoratlari joylashgan.
Yirik hajmdagi qalin devorli imorat-ibotxona yoki “jamoa sardoriga” tegishli ushbu madaniyatning Telulkeyr manzilgohida aniqlangan. Diniy me’morchilik uchun xos bo’lgan zinasimon minora-zikkurat Shumerda Ubeyda davridayoq qurila boshlagan bo’lishi mumkin. So’nggi Ubeyda davrida diniy imoratlar qurilishi taraqqiyoti jamiyat ijtimoiy hayotida ibodatxonaning o’rni ortib borayotganidan va janubiy Mesopotamiya jamoasi ishlab chiqarish imkoniyatlarining ortib borayotganidan dalolat beradi Erudu manzilgohidan nikropol ochib o’rganilgan. Qabrlar xom g’ishtlardan aylantirib terib chiqilgan. Murdalar turli kuzatuv buyumlari: sapol idishlar, terrakotik haykalchalar qayiqning loydan yasalgan nusxasi kabilar bin qo’shib ko’milgan. Qayiq nusxasi mesopotamiyaliklar suv yo’llarini o’zlashtirganliklaridan dalolat beradi. Bu davrda kremendan yasalgan tosh qurollari ahamiyatini butunlay yo’qotadi. Metallardan yasalgan buyumlar kam topilsada, ularning loydan ishlangan nusxasi topilgan. Demak, bu davrda metall xom ashyosining kamligi sababli yaroqsiz holga kelgan buyumlarni qayta ishlatib yangi qurollar yasashgan. So’nggi Ubeyda davrida kulolchilikda sekin aylantiradigan charxlar paydo bo’ladi. Shuningdek, sapol idishlaridagi naqshlarning sifati pasayib ketadi. Terrakotik haykalchalarida asosan tik turgan ayol, qisman erkak tasvirlari berilgan. Ayrim haykalchalarda ayol ko’kragida bolasi bilan tasvirlangan bo’lib, bu hosildorlik ramzi ekanini bayon qilgan. Download 235.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling