Markaziy Farg’ona mezolit. Keyingi 40 yil ichida Markaziy, Janubiy va Sharqiy Farg’ona erlaridan mezolit davri makonlari ko’plab topildi. Bular orasida Markaziy Farg’ona mezoliti alohida ahamiyatga egadir.
Markaziy Farg’onadagi Igtak qal’a, Sho’rko’l, Achchiko’l, Yangiqadam, Bekobod, Zambar, Toypoqko’l, Damko’l, Bosqum (Madyor) kabi joy-makonlar diqqatga sazovordir. Ular Markaziy Farg’onadagi qadimgi ko’l yoqalaridan topilgan bo’lib, aftidan bu joylar qadimda tosh asri kishilarining yashashlari uchun barcha qulayliklarga ega bo’lgan. Aks holda Markaziy Farg’onaning bu go’shasida 80 joydan ortiq makon topilmagan bo’lurdi. Arxeologlar bu makonlardan har xil shakldagi retushlangan, retushlanmagan ixchamroq nukleuslar topganlar. U davr kishilarn bu nukleuslardan siniq va mayda parrakchalar olishii ko’zda tutgan bo’lsalar kerak. Mazkur makonlarda yirik parraxlar olish uchun mo’ljallangan yirik nukleuslar juda oz uchraydi, yoki mutlaqo uchramaydi.
Ayni vaqtda xilma - xil shakl va kattalikdagi qirg’ichlar, teshgich, o’tkir uchli, ammo o’tmaslashgan tosh qurollar, uzun, qisqa parrak va parrakchalar, retushli va retushsiz siniq uchrindilar, mayda geometrik qurollar ancha ko’p tarqalgan. Shu bilan birga daryo toshlaridan ishlangan uchrindilar ham uchraydi. Ba’zi makonlardan esa ilk joytun madaniyatiga oid trapestiyalar ham topilgan.
Ayrim makonlarda kattaroq nukleuslar ham uchraydiki, ulardan yirikroq siniq va parraklar olish mumkin bo’lgan.
Bu qurollar qora, rangdor, yashil, jigarrang chaqmoqtosh, slonest va boshqa tosh navlaridan yasalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |