1-Mavzu: Arxeologiya faninig maqsad va vazifalari. Reja
Download 235.97 Kb.
|
Arxealogiya )
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-modul 6-mavzu: Mezolit davri arxeologiyasi. R EJA
Komsomol ko’li makoni. 1939 yilda Samarqand markazidan ilk urug’chilik jamoasiga mansub yuqori paleolit, makoni topildi. Bu makon arxeolog va tarixchilar orasida Komsomol ko’li makoni nomi bilan mashhur bo’lib ketdi. Bu makon shahar markazida, Siyobcha soyining o’ng sohilida, hozirgi Komsomol ko’li barpo etilgan joydan topilgan. Qazish ishlari natijasida shu narsa aniqlandiki, madaniy qoldiqlar sarg’ish sog’tuproqda joylashgan bo’lib, u geologik jihatdan Mirzacho’l stikli deb ataladigan davrning ikkinchi yarmiga to’g’ri keladi.
Mazkur makonni qazish natijasida madaniy qatlamlardan juda ko’p — 7,5 mingga yaqin tosh qurollar topildi. Qurollarning aksariyati chaqmoqtosh xalstedon, diorit, amfibolit kabi tog’ jinslaridan yasalgan. Tosh qurollar uchun xom ashyo makondan 7—8 km shimolda joylashgan Cho’pon ota qoyalaridan olib kelingan bo’lishi mumkin. Shuni ham aytib o’tish kerakki, makonning madaniy qatlamlaridan chaqmoqtoshli slanestdan yasalgan tosh qurollar ham topilgan. Chaqmoqtoshli slanest esa Ulug’bek rasadxonasi yaqinida juda ko’p uchraydi. Komsomol ko’li iakonidagi qurollar ham xilma-xildir. Bular qirg’ichlar, keskichlar, sixchalar, pichoqlar, gardishsimon nukleuslar, uchrindilar, ushatgichlar, boltalar va yupqa parrakcha kabi qurollardir. Bular orasida hayvon terilarisi ishlash uchun mo’ljallangan qirg’ichlar, teshgichlar, suyakdan yasalgan mehnat qurollari diqqatga sazovordir. Uzunlygi 16 sm tosh boltalar, tesha vazifasini o’tovchi tosh yo’ng’ichlar Komsomol ko’li makoni uchun xarakterlidir. Makonda yashagan odamlar toshdan va suyakdan sanchqi ham yasaganlar. Bu ularning baliqchilik bilan ham shug’ullanganliklarini bildiradi. Makonning madaniy qatlamlaridan gulxan qoldig’i, ko’mir parchalari va kul qatlami topilgan. Shu bilan birga qadimgi hayvon va o’simlik qoldiqlari ham topilgan. Hayvon va o’simlik qoldiqlarining topilishi bu erda yashagan ibtidoiy kishilarning ovchilik va termachilik bilai shug’ullanganliklaridan dalolat beradi. Bu erdagi jamoa yuqori paleolit davrida, ya’ni hozirgi qiyofadagi odamlar shakllanib, urug’chilik tuzumi vujudga kelayotgan davrda hozirgi kundan 30—35 ming yil muqaddam yashab o’tganlar. Komsomol ko’li yodgorligining madaniy qatlamlaridan zoti jihatidan Prjevalskiy otlariga yaqin bo’lgan qadimgi otlarning suyaklari, to’rtlamchi davrga mansub tuya, bug’u, qulon kabi hayvon suyaklari topilgan. Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bu makon atrof erlarida, shuningdek, Zarafshon vohasida yashagan ibtidoiy kishilar hayotida ovchilik va termachilik asosiy rol o’ynagan. Chunki bu geografik hududda ham cho’l, ham to’qaylik, ham tog’ o’lkasiga xos hayvonlar ko’p bo’lgan. Yuqori tosh asri kishilari yovvoyi hayvonlarning go’shtini taom sifatida keng iste’mol qilgan bo’lsalar, ularning terilaridan uy-ro’zg’or anjomlari, ust-bosh, polos, chayla va erto’la ustini berkitishda ham keng foydalangan bo’lishlari kerak. Hayvon suyaklari esa qurol-yarog’ yasash uchun xom ashyo bo’lgan. Bu erda ibtidoiy odamlar yasagan chaylalarning izlari ham uchraydi. Qoya osti, g’orlar va ungurlar ibtidoiy ovchilar uchun asosiy boshpana bo’lib xizmat qilgan. Yuqori paleolitdan boshlab esa ibtidoiy odam «g’orlardan chiqib», engil turar joylar qura boshlagan. Natijada odamlar tog’li hududlardagina yashab qolmay, balki vohalar bo’ylab tarqalib, tekisliklarga, kichik daryo va ko’llarning sohillariga kelib o’rnashnb, boshpaialar qura boshlaganlar. Samarqand makonidan topilgan chayla izlarining maydoni 100 kv metrdan ko’proq bo’lib, u deyarli to’g’ri burchak shaklidadir. Chayla soy bo’yiga joylashgan va ibtidoiy odamlarning kundalik hayoti shu soy sohilida ovchilik bilan kechgan. Ovchilar soy va ko’l bo’yida ovchilik qilish bilan qanoatlanib qolmay, Zarafshon bo’ylariga va atrof-tevarakka ham borib ov qilgan bo’lishlari kerak. Chayla o’rnidan xo’jalik maqsadlari uchun ishlatiladigan katta gulxanning qoldiqlari, tosh qurollar tayyorlaydigan maydonchalar, chayla ustunlarining qoldiq izlari ham topilgan. Samarqand makoni antropologik jihatdan ham ko’pgina materiallar berdi. Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, so’nggi tosh asriga kelib, muste davri neandertal odami o’rnini hozirgi qiyofadagi kromanon odami egallay boshlaydi. Kromanon qiyofasidagi odamlarning suyak qoldiqlari Samarqand makonidan ham topildi. Chunonchi, arxeologik qazishlar o’tkazilgan vaqtda 3 m 20 sm chuqurlikda hozirgi qiyofadagi odamning pastki jag’ suyagi va to’qqizta tishi topildi. Uning yonida esa odam qo’l suyagining bo’laklari yotardi. Antropologlar bu jag’, qo’l suyaklari va tishlar 25 yoshlardagi ayolga mansub ekanligini aniqladilar. Keyingi qazishlar vaqtida 2 m 80 sm chuqurlikdan odamning o’nta tishi bilan pastki jag’ suyaklari topildi. Olimlarning taxminiy xulosalariga ko’ra, bu jag’ suyagi tuzilishi jihatidan dastlabki jag’ suyagiga yaqin bo’lib, 35 yoshlardagi ayolga mansub ekan. Shuningdek, makonning madaniy qatlamidan yosh bolaning oziq tishi va pastki jag’i ham topilgan. Qazish vaqtida madaniy qatlamdan yomon saqlangan hayvon qovurg’asining qoldig’i topildi. Unga ibtidoiy odam tomonidan beshta maxsus belgi chizilgan. Ayni vaqtda 2 m 55 sm chuqurlikdan maxsus teshikli dengiz chig’anog’i topilgan. U zebi-ziynat buyumi bo’lib, bunday chig’anoqlar Hind okeani, Qizil dengiz va Fors qo’ltig’i tropik zonalarida uchraydi. 1965 yilda yana shunday chig’anoq Samarqandning Dahbet ko’chasida 6 m chuqurlikdan ham topildi. Ilgari bu erda yuqori paleolit davriga mansub va chaqmoqtoshdan yasalgan qurollar ham topilgan edi. Bu esa qadimiy zamonlarda O’rta Osiyo qabilalari bilan Hind okeani sohillaridagi qabilalar o’rtasida aloqa bo’lganligi va bu chig’anoqlar Samarqand territoriyasiga mahsulot ayirboshlash natijasida kelib qolganligidan darak beradi. Samarqand makonidan 20 ga yaqin tuxumsimon danakcha topilgan bo’lib, ularning har birida kichkina teshikchalar ham bor. Mutaxassislarning fikricha, bu teshik danaklar qadimgi ayollarning taqinchog’i bo’lgan. Shuningdek, makondan kattaligi jihatidan bir xil bo’lgan dumaloq shakldagi ikkita yupqa oq qayroq tosh ham topilgan. Ulardan birining o’rtasida esa teshik bor. Mutaxassislar faraziga ko’ra, bu sochga taqadigan va bo’yinga osadigan tosh tumor bo’lishi mumkin ekan. Bu madaniy qatlamning yuqori qismidan o’rtasi ishqalangan va aylanasi bo’ylab to’g’ri, ingichka chiziqlar chizilgan yupqa, dumaloq shakldagi qayroq tosh topilgan. Toshdagi tasvir ehtimol odamning qadimiy tafakkuri bilan bog’liqdir. Shunday qilib, Komsomol ko’li makoni O’zbekistondagina emas, balki butun O’rta Osiyodagi eng mashhur so’nggi tosh asri yodgorligi sanaladi. 3-modul 6-mavzu: Mezolit davri arxeologiyasi. REJA: Mezolit haqida umumiy tasnif. Muzlikning chekinishi va o’q-yoyning kashf etilishi Markaziy Farg’ona manzilgohlari TAYaNCh ATAMALAR. Makrolit, kamalak va o’q, sigment. trapestiya, mikrolit, suyakdan yasalgan igna so’zan, bigiz, uchburchaklar, qirg’ichlar o’roq-randalar, nayza va kamon o’qlarinning uchlari, keskich, teshgich va har xil shakldagi uchrindi va nukleuslar. Qadimgi tosh asrining so’nggi bosqichiga kelib, er yuzidagi ulkan muzliklarning chekinishi natijasida iqlim o’zgardi, u hozirgi davrdagiga ancha o’xshab qolgan edi. Muzlikning chekinishi, haroratning ko’tarilishi natijasida O’rta Osiyoning hayvonot olami va o’simliklar dunyosida ham o’zgarishlar yuz berdi. Qadimgi tosh asrining yirik hayvonlari asta-sekin yo’qola borib, ular o’rniga elik, arxar, muflon, tog’ echkilari, bug’ular, jayron, sayg’oq, qulon, quyon, arslon, yo’lbars, bars, qoplon, gepard va boshqa hayvonlar ko’paya boshladi. Shuningdek, O’rta Osiyodagi issiqtalab yovvoyi boshoqli o’simlik va daraxtlar ham tobora ko’paya bordi. Tabiatdagi bu o’zgarishlar, o’z navbatida, mezolit davri ibtidoiy ajdodlarimizning turmush tarzida ham o’zgarishlar sodir bo’lishiga olib keldi. Mezolit davri arxeologlarga XIX asrgacha ma’lum bo’lmagan va ana shunga ko’ra uzoq vaqt uning makonlari topilmagan. Sagdullaevning ma’lumoticha: — «O’rta Osiyoda mezolit davri nisbiy tarzda miloddan avvalgi XII — VI mingyilliklarni o’z ichiga oladi». Arstixovskiyning fikricha mezolit : — «Eramizdan avvalgi 12 mingdan 5 ming yilgacha davom etgan». Barcha Evropa olimlarning fikricha mezolit davri XII — VII mingyilliklarni o’z ichiga oladi. shuning uchun umum jahonda mezolit davri XII — VII mingyilliklar deb qabul qilingan. Mezolit so’zi «mezos» — o’rta va «litos» — tosh degan qadimgi yunon so’zlaridan tarkib topgan bo’lib, o’rta tosh asri degan ma’noni bildiradi. Yevropaning kup joyida mezolit ikki davrga: azil va tardenuaz davrlariga bo’linadi. Bu davrlar Franstiya makonlari nomi bilan atalgan. Azil va tardenuaz davrlarkda tabiiy sharoit qanaqa bo’lganini muzlik davrlardan keyingi hozirgi zamonnikiga o’xshash fauna qoldiqlari topilganligi belgilab beradi. Azil davrining chaqmoqtosh va suyak qurollarida asosan gladlen tipi saqlanib qolganyu Azilliklar madlenliklarning bevosita vorislaridir. Azilning o’ziga xos, qalamtarosh tig’iga o’xshagan maxsus o’tkir tosh parrakchalarni qayd qilish mumkin. Bu davrda mayda chaqmoqtosh qurollar — mikrolitlar (yunoncha «mikro» — kichik demak) uchraydi, ular tez orada keng tarqalgan. Mikrolitlarning ko’pi o’q uchi xizmatini bajargan. Bu qurollardan odamlar kesish va o’rish maqsadlarida pichoq va o’roq sifatida keng foydalanganlar. Mezolit davrining eng katta kashfiyot va yutuqlaridan yana biri — kamalak va o’qning kashf etilishi edi. Kamalak va o’q — inson kashf etgan eng dastlabki murakkab moslama bo’lib, u insoniyatning uzoq davom etgan mehnat tajribasi va zakovatining natijasi edi. Mashhur etnograf L. G. Morgan kamalak va uning o’qiga yuksak baho bergan. Chunki bu qurol uzoqqa otilishi jihatidan o’sha davrdagi boshqa qurollardan ustun edi. O’q-yoyning ixtiro qilinishi orqasida parranda doimiy oziq-ovqatga aylandi, ovchilik bo’lsa mehnatning oddiy sohalaridan biri bo’lib qoldi. Yoy tanob va o’q juda ham murakkab quroldirki, bu asbbning ixtiro qilinishi uchun uzoq vaqt tajriba to’plangan bo’lishi, aqliy layoqat ko’proq rivojlangan bo’lishi va binobarin, ayni zamonda boshqa bir ko’p ixtirolar bilan ham tanishilgan bo’lishi kerak. O’rta Osiyodagi, shuningdek, qo’shni o’lkalardagi juda ko’p yodgorliklardan mezolit davriga xos trapestiyalar, sigmentlar, uchburchaklar, qirg’ichlar o’roq-randalar, nayza va kamon o’qlarinning uchlari, keskich, teshgich va har xil shakldagi uchrindi va nukleuslar ko’p topilib, ular orasida nayza va kamalak o’q uchlari — paykonlar ancha keng tarqalgan. Mazkur davrda mayda qurolchalar qatori yirik va uzun tosh qurollar — makrolitlar ham keng ko’lamda qo’llanilgan. Boltasimon tosh qurollar shular jumlasidandir. Mezolit davrining eng katta yutuqlaridan biri it, cho’chqa, qo’y, echki va boshqa hayvonlarni qo’lga o’rgatila boshlanishi edi. Arxeologik tadqiqotlarga asoslanib aytish mumkinki, mezolit davriga kelib, Old, Yaqin va O’rta Osiyoning ba’zi joylarida termachilikdan dehqonchilikka va ovchilikdan chorvachilikka, binobarin, xo’jalikning ilg’or, unumdor shakliga o’tish boshlangan. Bu jarayon ba’zi joylarda ancha erta, boshqa joylarda bir oz kech sodir bo’lgan bo’lib, bu ishlab chiqaruvchi kuchlarning qay darajada rivojlanganligi bilan bevosita bog’liq edi. Dastlab odamlar tabiatda mavjud bo’lgan tayyor mahsulotlardan foydalanib, termachilik va ovchilik bilan shug’ullanishgan bo’lsalar, keyinchalik ular o’z mehnat faoliyatlari bilan tabiatga faol ta’sir etib, ilg’or unumdorlik xo’jaligiga — chorvachilik va dehqonchilikka o’ta boshlaganlar. Bu hol chorvachilik va dehqonchilikning ilk kurtaklari bo’lib, asl ma’nodagi dehqonchilik va chorvachilik keyinchalik qaror topdi. Download 235.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling