1-mavzu. Atom tuzilishi
Download 50.87 Kb.
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hajmiy nisbatlar qonuni.
Ekvivalentlar qonuni. 1804-1814 yillardagi Rixter, Dalton va Vollastonlarning tajribalari natijasida ekvivalentlar qonuni aniqlandi. Qonun quyidagicha ta’riflandi:
Reaksiyaga kirishuvchi moddalar massalarining nisbati ularning ekvivalentlari nisbatiga teng, yoki, hamma moddalar ekvivalent nisbatlarda ta’sirlashadi. Kimyoviy ekvivalentni quyidagicha ifodalash kiritilgan: 1 o.q. vodorod yoki 8 o.q. kislorod bilan birika oladigan yoki o’rin almashina oladigan modda miqdori shu moddaning kimyoviy ekvivalenti deyiladi. Moddaning kimyoviy ekvivalentini bilish uchun uni tashkil qiluvchi elementning kislorodli yoki vodorodli birikmasini bilish kerak. bu yerda: E - ekvivalent; A yoki M - atom yoki molekulyar massa; n - valentligi yoki asosligi (negizliligi). Moddaning ekvivalent massasiga son jihatdan teng qilib olingan modda miqdori gramm-ekvivalent deyiladi. Masalan: H2SO4ning gramm-ekvivalentini hisoblaymiz: g/ekv. Kimyoviy ekvivalent tushunchasi amaliy hisoblashlarni bajarishda qo’l keladi (normal eritmalar, elektrokimyoviy jarayonlar va h.). Hajmiy nisbatlar qonuni. Bu qonun 1805 yilda Gey-Lyussak (Fransiya) tomonidan kashf etilgan bo’lib u quyidagicha ta’riflanadi:
Masalan, 2 hajm vodorod 1 hajm kislorod bilan yuqori temperaturada reaksiyaga kirishganda 2 hajm suv bug’i hosil bo’ladi. Sanoatda juda ko’p qo’llaniladigan gaz analizi usuli shu qonunga asoslangan (Ors, Vyurs-Shtroleyn, BTI — Butunittifok teplotexnika instituti gaz analizatorlari).
Download 50.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling