1-mavzu. Atom tuzilishi
Download 50.87 Kb.
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Murаkkаb moddа
- Moddа nomi. Allаtropiyasi. Formu- lаsi.
- Moddalar massasining saqlanish qonuni.
- Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning massasi, reaksiya natijasida hosil bo’ladigan moddalarning massasiga teng bo’ladi.
- Tarkibning doimiylik qonuni.
- Har qanday kimyoviy toza birikma olinish usulidan qat’iy nazar, o’zgarmas miqdoriy tarkibga ega.
- Har qanday quyi molekulyar birikma, o’zining olinish usuli va sharoitidan qat’iy nazar o’zgarmas tarkib bilan ifodalanadi.
Kimyoviy element – yadro zаryadlаri (protonlаr soni) bir bo’lgаn аtomlаr turkumidir.
Oddiy moddа – bir xil element аtomlаridаn tаshkil topgаn moddаgа аytilаdi. Mаsаlаn: Na, K, Zn, H2, O2, Cl2, Br2, I2, N2, F2 vа hаkozo. Murаkkаb moddа – turli xil element аtomlаridаn tаshkil topgаn moddаlаrgа аytilаdi. Mаsаlаn: HCl, H2SO4, H2CO3, NaCl, KOH, CaCO3 vа hаkozo. Allаtropiya – bir xil kimyoviy element аtomlаrining ikki yoki undаn ortiq oddiy moddаlаr hosil qilish xususiyati. Mаsаlаn: kisloroddа – ozon, ugleroddа – (olmos, grаfit, kаrbin), fosfor – (oq fosfor, qorа fosfor, qizil fosfor), oltingugurtdа – (prizmаtik vа rombik).
Stexiometrik qonunlar. Stexiometriya kimyoning reaksiyaga kirishayotgan moddalar orasidagi massa va hajmiy nisbatlar ko’rib chiqiladigan bo’limidir. «Stexiometriya» so’zi grekchadan tarjima qilinganda «tarkibiy qism» va «o’lchayman» degan ma’nolarni anglatadi. Stexiometriyaning asosini stexiometrik qonunlar: moddalar massasining saqlanish qonuni, ekvivalentlar qonuni, karrali nisbatlar qonuni, hajmiy nisbatlar qonuni va Avagadro qonuni tashkil etadi. Moddalar massasining saqlanish qonuni. M.V.Lomonosov reaksiya uchun olingan modda va reaksiya natijasida hosil bo’lgan mahsulotlarning og’irligini o’lchash yo’li bilan kimyoviy reaksiyalarning borishini o’rgandi. Natijada u birinchi marta 1748 yilda moddalar massasining saqlanish qonunini ta’rifladi, 1756 yilda metallarni og’zi kavsharlab berkitilgan idish (retotta)da qizdirish yo’li bilan bu qonunni to’g’riligini tajribada isbotladi: Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning massasi, reaksiya natijasida hosil bo’ladigan moddalarning massasiga teng bo’ladi. 1789 yilda Lomonosov ishidan bexabar holatda, fransuz kimyogari A.L.Lavuaze ham moddalar massalari saqlanish qonunini e’lon qildi: Kimyoviy reaksiya paytida faqatgina reaksiyada ishtirok etayotgan moddalar massalarigina o’zgarmay kolmasdan, ular tarkibiga kiruvchi elementlar massalari ham o’zgarmasdan qoladi. 1905 yilda Albert Eynshteyn (nemis olimi) jism massasi (m) bilan uning energiyasi (E) orasidagi bog’lanishni ko’rsatish, moddalar massasining saqlanish qonuniga faqat oddiy kimyoviy jarayonlar bo’ysunishini, yadroviy reaksiyalar esa bunday qonuniyatdan chetlanishini ko’rsatdi. Ya’ni: E = m • c2 bu yerda: E - energiya o’zgarishi; m - massa o’zgarishi; c - yorug’lik tezligi (vaakumda 300 000 kmsek ga teng). Energiya o’zgarishi kichik qiymatli bo’lganda massa uzgarishi nolga yaqinlashadi, ya’ni o’zgarmaydi. Yadro reaksiyalarida esa energiya o’zgarishi juda yuqori qiymatli bo’lganligi uchun massa o’zgarishi sezilarli o’zgarishini ko’rish mumkin. Eynshteynning bu tenglamasi makro jismlar uchun ham, mikrozarrachalar (masalan, elektronlar, protonlar) uchun ham taalluqlidir. Tarkibning doimiylik qonuni. A.Lavuaze 1781 yilda karbonat angidrid gazini 10 xil usul bilan hosil qildi va gaz tarkibida uglerod bilan kislorod massalari orasidagi nisbat 3:8 ekanligini aniqladi. Bunga asoslanib A.Lavuaze har qanday kimyoviy toza moddani tashkil etuvchi elementlarning massalari o’zgarmas nisbatda bo’ladi, degan xulosa chiqardi. Bu xulosa tarkibning doimiylik qonunidir. 20 yil davomida bu qonunning to’g’riligini barcha olimlar e’tirof etdilar. Lekin 1803 yilda fransuz olimi Bertole qaytar reaksiyalarga oid tadqiqotlar asosida, kimyoviy reaksiya vaqtida hosil bo’ladigan birikmalarning miqdoriy tarkibi moddalarning massa nisbatlariga bog’liq bo’ladi, degan xulosa chiqardi. Bu xulosaga dalil sifatida bir qancha analizlarning natijalarini keltirdi. J.L.Prust Bertolening yuqoridagi xulosasiga qarshi chiqdi. Kimyoviy toza moddalarni puxta analiz qildi va toza birikmalarning miqdoriy tarkibi bir xil bo’lishini o’zining juda ko’p analizlari bilan isbotladi. 1809 yilda kimyoning asosiy qonunlaridan biri tarkibning doimiylik qonuni quyidagicha ta’riflandi: Har qanday kimyoviy toza birikma olinish usulidan qat’iy nazar, o’zgarmas miqdoriy tarkibga ega. Toza suv tarkibida 11,11% vodorod va 88,89% kislorod bo’lib, suv OC da muzlaydi, 100C da qaynaydi. Uning 4C dagi zichligi 1000 kgm3 yoki 1 gsm3 ga teng. Bertolening o’zgaruvchan tarkibli birikmalar mavjudligi haqidagi ta’limotini XX asrning boshlarida akademik N.S.Kurnakov rivojlantirdi. U qotishmalar va eritmalarda haqiqatan ham o’zgaruvchan tarkibli birikmalar bo’lishini isbot qildi va ularni bertolidlar deb atadi, o’zgarmas tarkibli birikmalarni esa daltonidlar deb atadi. Tarkibning doimiylik qonuniga faqat molekula holidagi gaz, suyuqlik va oson suyuqlanadigan qattiq moddalar bo’ysunadi. Atom tuzilishga ega bo’lgan kristall moddalar va yuqori molekulyar birikmalar bo’ysunmasligi mumkin. Tarkibning doimiylik qonunini quyidagicha ta’riflash mumkin:
Karrali nisbatlar qonuni. Karrali nisbatlar qonuni 1808 yilda Dalton tomonidan yaratilgan. Agar ikki element o’zaro ta’sirlashib bir necha birikmalar hosil qilsa, elementlardan birining shu birikmalardagi ikkinchi elementning bir xil massa miqdoriga to’g’ri keladigan massa miqdorlari o’zaro kichik butun sonlar nisbati kabi nisbatda bo’ladi. Bu xulosa tez orada eksperiment yo’li bilan isbotlandi. Dalton o’sha zamonda ma’lum bo’lgan ikkita uglevodorod metan bilan etilen tarkibini tekshirib (1-jadval) uglerodning bu birikmalarida bir og’irlik qism vodorodga to’g’ri keladigan og’irlik miqdorlari o’zaro 3:6 yoki 1:2 nisbatda bo’lishini topdi. 1-jadval Download 50.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling