1-mavzu: Autocad dasturi
-Mavzu: O‘lcham qo‘yishga doir misollar
Download 1.56 Mb.
|
AutyoCad
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-mavzu: Kompyuterda geometrik yasashlar. Aylanani teng bo‘laklarga bo‘lish
5-Mavzu: O‘lcham qo‘yishga doir misollarTayanch so`z va iboralar: Веса линий, По умолчанию bo‘limi, ob’yekt, chiziq, Параметры веса линий muloqat oynasi, masshtab, qog‘oz, tekst yozish, jihozlar paneli, Текстовые стилы… bo‘limi, tekstni tahrirlash, o‘lcham, Размеры jihozlar paneli, o‘lcham stili, element. Olmani chizmaga qo‘yish juda ham qulay bajariladi, chunki chizmani chizish paytidayoq o‘lchamlari berib chizilgan bo‘ladi. Chiziqli va parallel razmer qo‘yish tartibi quyidagicha: buyruq berilgach o‘lcham qo‘yiladigan ikki nuqta ketma-ket «sichqoncha» bilan ko‘rsatiladi, so‘ngra o‘lchamning detal kontur chizig‘idan uzoqlik masofasi ko‘rsatiladi. Yoy uzunligi, radius va diametr o‘lchamini qo‘yish uchun buyruq berilgach ob’yekt ko‘rsatiladi so‘ngra ob’yektdan o‘lchamgacha (yoy uchun) yoki o‘lchamning joylashish o‘rni (radius va diametr uchun) ko‘rsatiladi. Burchak o‘lchami qo‘yish uchun avval kesishuvchi ikki chiziq ko‘rsatiladi so‘ngra burchakdan o‘lchamning uzoqligi ko‘rsatiladi. Chizmaga qo‘yiladigan o‘lchamlarning asosiy turlari 11-rasmda keltirilgan. chiziqli o’lcham radius burchak o’lchami bazoviy o’lchami diametr o’lcham zanjirli o’lcham rasm. Chizmaga o‘lchamni Размеры jihozlar paneli orqali qo‘yish juda qulay. U yerda har bir o‘lcham turi uchun o‘z piktogrammasi (tugmachasi) mavjud. Quyida shu piktogrammalar rasmi va ularning qisqacha vazifasi keltirilgan.
Qo‘yim (допуск) o‘lchamlarini qo‘yishda muloqat oynasi chiqadi. Oynadan kerakli qo‘yim belgilari tanlanib, qiymatlari yoziladi (12-a, rasm). So‘ngra chizmada ko‘rsatilgan joyga tanlangan qiymatlar qo‘yiladi (12-b, rasm). а) b) rasm O‘lcham stili. AutoCAD da o‘lchamlar uchun standart ISO-25 stili yaratilgan. Bu stil hamma vaqt ham foydalanuvchini qanoatlantirmaydi, ya’ni strelka turi, o‘lcham masshtabi tekst balandligi va hakozalar chizma masshtabiga to‘g‘ri kelmaydi. O‘lcham elementlarini (chiqaruv chiziqlari, strelkalar ko‘rinishini, tekst balandligi, o‘lcham masshtabi, aniqligi va hokazo) o‘zgartirish uchun Формат menyusining Размерные стилы bo‘limidan yangi stil yaratish va borini o‘zgartirish uchun muloqat oynasi chaqiriladi (14-rasm). Bu muloqat oynasi Новый… tugmasi yordamida yangi stilga nom berib yaratiladi yoki Izmenit… tugmasi bilan tanlangan stil uchun o‘lchamning har bir elementlari o‘zgartiriladi. (13-rasm). Bir chizmada bir nechtalab o‘lcham stillarini yaratish mumkin. rasm Odatda o‘lchamning har bir elementining kattaliklari o‘zgartirilmay balki Размерные стилы muloqat oynasining Размешение bo‘limiga kirilib Глобалний масштаб bandiga kerakli masshtab koeffisiyenti kiritiladi (15-rasm). O‘lchamdagi yozuvlarni o‘zgartirish xuddi oddiy tekstni o‘zgartirish kabi o‘zgartiriladi, ya’ni - tugmadan foydalanish kerak. rasm rasm Nazorat uchun savollar va topshiriqlar O‘lcham qo‘yishga doir misollar keltiring Adabiyotlar: M.Aripov, A.Haydarov : Informatika asoslari. A.Sattorov : Informatika va axborot texnologiyalari. T.X.Xolmatov, N.I.Tayloqov, U.A.Nazarov: Informatika va hisoblash texnikasi Qulnazarov B.B. Ibragimov X.M. Chizmachilik va kompyuter grafikasi asoslari (o‘quv qo‘llanma). Samarqand, 2006 y. - 256 bet. Ibragimov X.M. Kompyuter grafikasi asoslari (ma’ruzalar matni). Samarqand, 2008 y. -105 bet. 6-mavzu: Kompyuterda geometrik yasashlar. Aylanani teng bo‘laklarga bo‘lishReja: Kompyuterda geometrik yasashlar. Aylanani teng bo‘laklarga bo‘lish Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling