1-mavzu. Avtomobil yo’li qurilish mashinalari va jihozlari muhandisligi” faniga kirish. Ayqm va jihozlarning uzatmalari, ishchi jihozlari va boshqarish tizimlari reja


Buldozer ishlarining tashkil etilishi va texnologiyasi


Download 5.17 Mb.
bet10/11
Sana23.11.2023
Hajmi5.17 Mb.
#1796378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-dars (sirtqi) (1)

Buldozer ishlarining tashkil etilishi va texnologiyasi


Ish sikli. Buldozerning ish sikli gruntni qirqish(qazish), ish yo‘li, ketinga yurish uchun xarakatni almashish maqsadida tuxtash, qirqishni davom ettirish uchun dastlabki xolatga qaytish (salt yurish) va oldinga yurish uchun xarakatni almashlab quyish uchun tuxtashdan iborat. Ba’zan ish sikliga, agar navbatdagi ish yo‘lini boshqa joydan boshlash talab etilganda, zarur bo‘ladigan manyovr qilish xam kiradi.
Ish yo‘li ish siklining eng murakkab elementi xisoblanadi. Ish siklida otvalni gruntga botirish, otval oldidagi gruntni(grunt prizmasini surib) tuplash, grunt o‘rnini tuldirish uchun gruntni uzluksiz qirqish bilan otvalni ma’lum masofaga surib borish, gruntni zarur joylarga taksimlash va joylashtirish ishlari bajariladi.
Otvalni gruntga botirish va uni surish (3-rasm) grunt turiga, yuzaning tyeqisligi va nishabligi xamda boshqa ekspluatatsiya sharoitlariga qarab turlicha bajariladi. Bu operatsiyani bajarishning keng tarqalgan uchta sxemasi mavjud.

3-rasm. Otvalni gruntga asta bostirib (a), bosqichli botirib (b)
va bir xil cho‘qurlikda qirqib(v) surish.
Tekis yuzada otval imkoni boricha cho‘qur, keskin botiriladi va u surilayotgan grunt ko‘payib borishiga qarab otval ko‘tara boriladi(3-rasm,a).
Mashina massasi gruntni qirqishga yordam beradigan juda katta nishablikda ishlayotganda otvalni gruntga botirish va uni surish deyarli uzluksiz cho‘qur qirqish bilan amalga oshiriladi (3-rasm, v).
Amalda bajariladigan buldozer ishlari yuzaning notyeqisligi, gusenisalar yoki gildirakli traktorlar osmasidagi mavjud elastik zvenolarga bog‘liq bo‘lgan otvalning aniq boshqarilmasligi sababli otvalni gruntga botirish va uni surish otvalning qisman botishi va qayta botishi bilan birga boskichli sxema bo‘yicha (3-rasm, b) olib boriladi.
Tik qiyaliklarda terrasa va polkalar buldozerni nishablikda pastga karatib burgan xolda gruntni buylama surib ishlanadi. Ish boshlashdan avval bastlabki polkani buldozer ishonchli ishlay oladigan qilib ishlash kerak.
Bunday polka ko‘pincha buldozerning o‘zi bilan ishlanadi. Buning uchun qiyalikda yuqoriga qarab xarakatlanayotganda otval gruntga tushiriladi va mashina 900 ga burilayotganda bir uchi bilan kichik polkani kirkadi. Bu operatsiyani qaytarish bilan buylama o‘tib ishlashga yetadigan maydoncha xosil kilinishi mumkin. Burilishlarda mashinaga ortikcha nagruzka tushmasligi uchun otval cho‘qurrok botirib boriladi.
Otvalni buriladigan qiya o‘rnatilgan yoki otvali gidravlik qiyalatiladigan buldozerlar bu operatsiyani otvali burilmaydigan oddiy buldozerlarga nisbatan samaralirok va tezrok bajaradi. Pioner polka, agar qiyalik juda xam tik bulmasa, yuqoridan pasiga qarab utish bilan ishlanishi xam mumkin. Pioner polka ishlangach, terrasa gruntni polka kirrasiga surish uchun mashinani qiyalik tomonga burish bilan buylama o‘tib ishlanadi.


Download 5.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling