1-mavzu. Avtomobil yo’li qurilish mashinalari va jihozlari muhandisligi” faniga kirish. Ayqm va jihozlarning uzatmalari, ishchi jihozlari va boshqarish tizimlari reja
Download 5.17 Mb.
|
1-dars (sirtqi) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-MAVZU. TAYORGARLIK ISHLARI UCHUN MO’LJALLANGAN MASHINALAR
- Tayanch so ‘z va iboralar
Nazorat savollari:
Buta qirqichlar va to‘nka kovlagichlarning turlari va vazifalari; Yumshatkichlar tavsifnomasi va ish unumdorligini xisoblash; Tayyorgarchilik ishlari uchun mo‘ljallangan mashinalarning asosiy ishchi jixozlari va ularning tuzilishi; Tuproqni yumshatish usullari; Yer yumshatgichni asosiy parametrlari. 3-MAVZU. TAYORGARLIK ISHLARI UCHUN MO’LJALLANGAN MASHINALAR Yer qazish ishlari va muhandislik inshoatlari . YQM to‘g‘risida umumiy tushunchalar va turlari. YQMga bo‘lgan talablari, ularning tipaji va asosiy iqtisodiy texnik ko‘rsatkichlar (ITK). Tayanch so‘z va iboralar: qirqichlar, to‘nka kovlagich, yumshatgich, yer qazish ishlari. Yer qazish-transport mashinalari tortish kuchi xarakati orqali, undan tashkari fakat xarakat kilayotgan vaqtda tuproqka (yerga) ishlov beradigan mashinalardir. Bu gurux mashinalariga buldozer, skreperlar, greyderlar, greyder-elevatorlar kiradi. Tuproqni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish uzoqligi, koida bo‘yicha texnik-iktisodiy faxmlashlar orqali aniqlanadi. Caterpillar D6R seriya III gusenisali buldozeri Caterpillar 631G markali o‘zi yurar skreper Caterpillar 120M markali Avtogreyder Caterpillar 345V markali Ekskavator Yuk ko‘tarish mashinalari. Bularga avvalambor o‘ziga yer qazish mashinalari va yer qazish-transport mashinalari xususiyatlarini kamrab olgan frontal yuk ortish mashinalari kiradi, ular tuproqni turgan joyda xam yoki xarakat kilayotgan vaqtda kazib ketishi mumkin. Tuproqga gidravlik ishlov beruvchi massivdan ajratib oluvchi va suv (gidromotorlar, zemlesoslar) energiyasi yordamchi bilan transportirovka qiluvchi mashinalar. Yer teqislaydigan mashinalar turli xil kanotlar, tranbovkalar qiluvchi va vibratsion mashinalar. Yordamchi mashinalar. – Asosiy mashinalarning ishini ta’minlab turadi, ularning ustiga bir necha guruxlarga bulinib ketadi. Ularga asosiy mashina jixozlari , (ildiz sugiradigan mashinalar, buta (poya) qirqadigan mashinalar, tosh tozalaydigan va xokazo mashinalar) kiradi. Tuproqka ishlov berishni tayyorlash uchun mashinalar – yerni yumshatadigan mashinalar, burg‘ilash mashinalari. Suv kamaytirish va uni qaytarish uchun mashina va jixozlar. Xamma mashinalarning ish jarayoni uzluksiz yoki siklik davom etishi mumkin. Birinchi xolda mashinalar (masalan, ekskavator uzluksiz xarakatdagi mashinalar, gidromexanizatsiya vositalari va boshqa) belgilab qo‘yilgan rejimda ishlaydilar. Ikkinchisida – ish operatsiyalari uzluksiz almashib turadi – qazish (kovlash), tuproqni bir joydan ko‘chirilishi, salt yurish (bir cho‘michli ekskavator, buldozer, skreper, avtogreyder). Xar bir mashina 5ta elementdan tashkil topgan va bu elementlarning kushilmasi bilan mashina konstruksiyasining butunligini aniqlaydi. Bu elementlarga: ish jixozlari, kuchli uskuna (dvigatel), bazali va yuradigan jixozi (rama), uzatmalar mexanizmlari (transmissiya), boshqarish sistemalari kiradi. Tuproq ishlari uchun mo‘ljallangan mashinalari maxsus va universal bo‘ladi. Ko‘p kovshli zanjirli va rotorli ekskavatorlar,greyfer va avtogreyderlar.Yerni qazish usuliga qarab bu mashinalar yerni qatlamlab qazish mashinalari deb ataladi. Yerni qazish ancha uzoq masofaga tashlaydiganlarni esa yer qazish transport mashinalari deyiladi. Mashinalar tuzilishi vazifasi bo‘yicha qazish, bo‘zish tekislash, ajratish va boshqa shu kabi ish jarayonlariga eng muvofik tarzda javob beradigan bo‘lishi kerak. Mashinaga qo‘yiladigan talablar darajasi va ularni sifat jixatidan baxosi fan-texnika tarakkiyotiga bog‘liq. Mashina yaratishda va uni yangilashda konstruktiv, texnologik, foydalanish talablariga, shuningdeq, iktisodiy va ijtimoiy talablarga rioya kilinishi kerakki, ularni bajarilishi mashinaning yuqori sifatli bo‘lishini (ish unumdorligi, ishonchliligi, uzoqka chidashi ergonomika va boshqalar) ta’minlanishi zarur. Konstruktiv talablar – shundan iboratki, mashina muayyan ish sharoitlarida ma’lum vazifalarni bajara olishi, xozirgi standartlarning ko‘rsatkichlariga javob berishi, respublikamizda va chet ellarda ishlab chikarilgan mashinalarning eng yaxshi namunalari qatorida turishi, unumli ishlashi, mustaxkam bo‘lishi va ishonchli ishlashi kerak. Texnologik talablar – detallar, yig‘ish birliklari va umuman mashinani tayorlash oddiy, kulay va arzonga tushishini ko‘zda tutadi. Mashinaning tuzilishi uni tayrlashda va yig‘ishda ilgor texnologiyadan foydalanish imkoniyatini berish kerak. Foydalanish talablari - shundan iboratki, mashinadan foydalanish jarayonida unga texnikaviy xizmat ko‘rsatishda va yig‘ish birliklari, agregatlar xamda detallarni almashtirishda qiyinchiliklar bo‘lmasligi ko‘zda tutiladi. Iktisodiy talablar – mashinaning narxini va undan foydalanishda ketadigan xarajatlarni iloji boricha kamaytirish. Mashina rejalangan iktisodiy samarani berishni, uni yaratishga va joriy etishga ketgan xarajatlarning tez koplanishini ta’minlashi kerak. Ijtimoiy talablar – xavfsiz ishlashni va xizmat kursatayotgan xodimlarning kulay ishlashini ta’minlash, ishlovchilarni titrashdan, changdan shovkindan, xaroratdan va boshqa zararli ta’sirlardan ximoya qilish, boshqarish va nazorat ulchov asboblarining kulay joylashtirilishi, atrofni yaxshi kuzatishni va kam charchashni ta’minlash. Yo‘l, qurilish, yer qazish mashinalari bajaradigan ishning turi vazifasi, ish jarayonining xarakteri va texnologiyasi ish tartibi, yuritmasining turi quvvati (ish unumdorligi), yurish qismi, universalligi, boshqarish sistemasining turiga qarab tavsiflanadi. Vazifasiga ko‘ra - tashish va yuklash tushirish yuk ko‘tarish mashinalari, yer qazish mashinalari, ustunkozik, kotish mashinalari tosh materiallarini tayorlash, tashish va yotkizish mashinalari, pardozlash mashinalari, dastaki mashinalar va x.k. Ishlash tartibi - bo‘yicha davriy (siklik) ishlaydigan va uzluksiz ishlaydigan mashinalar bo‘ladi. Kuch jixozlari bo‘yicha – ichki yonuv dvigatelidan xarakatga keltiriladigan eleqtrik gidravlik va pnevmatik dvigatellardan xarakatga keladigan mashinalar bo‘ladi. Ko‘zgaluvchanlik bo‘yicha – statsionar (mukim), ko‘tarib yuriladigan va kuchma mashinalarga bo‘linadi. Universalligi bo‘yicha – ko‘p maqsadlarga mo‘ljallangan universal mashinalar va ixtisoslashtirilgan mashinalar bo‘ladi. Yurish qismining - turiga qarab gusenitsali, pnevmatik, relsda xarakatlanuvchi va odimlovchi bo‘ladi. Yo‘l qurilish mashinalari va jixozlarining asosiy texnikaviy iktisldiy ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat: - ish unumdorligi, manevrchanligi, ko‘zgaluvchanligi, ustivorligidir. Foydalanishdagi ish unumdorligi asosiy ish parametri xisoblanadi, shu ko‘rsatkich bo‘yicha qurilishdagi o‘zaro boglangan sermexnat jarayonlarni kompleqs mexanizatsiyalashtirish uchun mashinalar kompleqti tanlab olinadi. Iktisodiy samarvdorlik qurilishda yangi mashinalarni ishlatishdan keladigan foydadan iborat, u solishtirib kurilayotgan namuna mashinalar va qabul qilingan, variantlarga nisbatan ishlab chikarilgan maxsulotlar birligi uchun keltirilgan sarflar ayirmasiga teng bo‘ladi. Download 5.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling