1-mavzu. Avtomobil yo’li qurilish mashinalari va jihozlari muhandisligi” faniga kirish. Ayqm va jihozlarning uzatmalari, ishchi jihozlari va boshqarish tizimlari reja


Mashina detallari va ish jihozlari


Download 5.17 Mb.
bet2/11
Sana23.11.2023
Hajmi5.17 Mb.
#1796378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-dars (sirtqi) (1)

Mashina detallari va ish jihozlari.
Umuman mashinalar bir necha aloxida qismlar yig’indisidan iborat bo‘ladi. Energiyani bir turdan ikkinchi turga aylantirib beradigan, biror ishni bajarish uchun mo‘ljallangan mexanizm va detallar majmui mashina deyiladi. Misol uchun, elektr yuritgich (dvigatel) elektr energiyasini mexanikaviy energiyaga aylantirish uchun mo‘ljallangan; Qurilish kranlari yuklarni qurilayotgan binoni zarur joylariga kutarib, yetkazib berish uchun mo‘ljallangan.
Har kanday mashina umumiy korpusga, ramaga yoki staninaga birlashtirilgan, turli vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan bir nechta mexanizm- lardan iborat bo‘ladi.
Detal-mashinaning bir jinsli materiallardan, biriktirishlardan foydalanmasdan tayyorlangan qismlardir. Detallar oddiy, murakkab, umumiy ishlarga mo‘ljallangan, maxsus turlarga bo‘linadi.
Oddiy detallarga parchin mix, shpilka, shponka va boshqalar kiradi. Murakkab detallar-tirsakli val, ekskavator cho‘michi, redo‘qtor korpusi va boshqalar. Umumiy ishlarga mo‘ljallangan detallarga boltlar, gaykalar, vallar, prujinalar va hokazolar kiradi.
Maxsus detallarga kran ilmoqlari, nasos porshenlarining korpusi va boshqalarni misol qilish mumkin.
Mashinalarning asosiy qismlari: stanina, dvigatel (harakatlanish mexanizmi), dvigateldan ijro mexanizmiga harakat uzatuvchi sistema (transmissiya)lardan iboratdir.
Mashina va detallarni tayyorlash va loyixalashda detallarga ma’lum talablar qo‘yiladi.
Detallar o‘z vazifasiga to‘la mos kelishi, ayni sharoitda ishlash layokatiga ega, ish parametrlari katta bo‘lgani xolda ixcham, iloji boricha yengil bo‘lishi, standart va o‘zaro almashinadigan detallar bo‘lishi, mustaxkamligini saklaydigan, tejamli ishlashi, puxta va foydali ish koeffisiyenti yuqori, imkoni boricha arzon tushishi lozim.
Mustaxkamlik, bikirlik, issiqqa bardoshlilik, titrashga va yeyilishga chidamlilik detalning ishlash layoqatini belgilaydigan asosiy mezonlardir. Mustaxkamlik: detalning unga chetdan ta’sir etadigan kuchlarga qarshilik ko‘rsata olish xususiyati bo‘lib, u ta’sir etadigan kuchlarning harakteri, detalning shakli hamda u tayyorlangan materialga bog‘liq.
Bikirlik detalning unga tashqi kuch ta’sir etadigan egiluvchanligi bilan harakterlanadi. Titrashga chidamlilik detallarning titrash mavjud bo‘lgan sharoitlarda ishlay olish qobiliyati bilan harakterlanadi.
Yeyilishga chidamlilik. Ishlashi natijasida detallarning yeyilishi, o‘lchamlari o‘zgaradi, bu esa o‘z navbatida detalning notekis ishlashiga sabab bo‘ladi.
Hozirgi zamon mashinasozligida detal va uzellar o‘zaro almashuvchan bo‘lishini talab qilinadi, buzish keng unifikatsiyani amalga oshirib bo‘l­maydi.

Download 5.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling