1-mavzu. Avtomobil
Download 3.11 Mb.
|
1- Mavzu Avtomobil kuzovi va kabinasiga TXK va T ishlari texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Na z o r at sav o l l a r i
Avtomobillarni zanglashdan himoyalash. Iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda avtotransport vositalarining zanglashiga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omillarga, havo harorati va namligi, tuman va havo tarkibidagi tuzlarni mavjudligi kiradi. Avtomobillarni yopiq inshootlarda saqlash davomida shamollatish tizimini mukammal ishlashiga e’tibor qaratilishi zarur. Aks holda zanglashning jadallashishiga sabab bo’lishi mumkin. Bizning respublikamizda avtotransport vositalari, ayniqsa qishloq joylarida og’ir
ekstremal sharoitlarda ekspluatatsiya qilinadi va saqlanadi. Izlanishlarning ko’rsatishicha, paxtachilikda qullaniladigan meneral o’g’itlar, gerbitsidlar va defolyantlar transport vositalarining kuzovlari va boshqa qismlariga iqlim sharoitlariga qaraganda ko’proq zarar yetkazadi. Atrof muhitni ayniqsa shaharlarda, ifloslanishning ko’payishi, havo tarkibidagi agressiv kimyoviy moddalarni oshib ketishiga, bu esa o’z navbatida avtomobillarda zanglashni tezlashishiga va havo tarkibidagi agressiv kimyoviy moddalar ko’p joylarda 2-2,5 barobarga oshib ketishiga olib keladi. Har xil mamalakatlar metrologik xizmatlarining ma’lumotlariga ko’ra, atmosfera oltingugurt ikki oksidi bilan ko’proq ifloslanmoqda, bu o’z navbatida havodagi namlik bilan qo’shilib sulьfid kislotasini hosil qiladi. Bu kislota mashinalar detallariga(ayniqsa kuzovga tegishli) o’tirib zanglashni tezlashtiradi. SHaharlarda qish paytlari sirpanishning oldini olish uchun yo’llarga sepiladigan tuzlar ham zanglashni kuchaytiradi. Avtomobillar detallarining zanglashining umumiy hajmida elektrokimyoviy zanglash, zanglash tezligi kattaligi bilan muhim o’rin tutadi. U metall yuzalardagi elektr tokini o’tkazadigan elektrolitni (tuzlar, kislotalar va ishqorlarni suvdagi eritmasi) hosil bo’lishi natijasida paydo bo’ladi. Avtomobillarning barcha tashqi va ichki detallari zanglashga uchrashi mumkin. Kuzov detallarining yupqa (0.5-1.2 mm) po’latdan tayyorlanishi va faqat ozgina qalinlikdagi gruntovka bilan himoyalanganligi, ularda 2-2,5 yilgi ekspluatatsiyadan keyin zanglash natijasida ishdan chiqqan joylarini paydo bo’lishiga olib keladi. Avtotransport vositalarini zanglashdan saqlash uchun birinchidan uni oldini olish, ikkinchidan avtomobillarni zararli muhit ta’siridan, ya’ni zanglashdan himoyalash bo’yicha barcha tadbirlarni amalga oshirish kerak. Albatta zanglashni keltirib chiqaruvchi sabablarni yo’qotish maqsadga muvofiq, lekin buni qisman amalga oshirish mumkin. Iqlim ta’sirini oldini olish asosan avtomobillarni yopiq joylarda, shamollatishini yaxshi tashkil qilish bilan amalga oshiriladi. Zararli moddalar ta’sirini kamaytirish borasida, esa qishloq xo’jaligida ishlatiladigan ximikatlarni zararsizlaridan foydalanish yo’li bilan maqsadga erishiladi. Lekin bu masala kelajakda hal qilinishi mumkin xolos. Avtotransport vositalarini loyihalashda va ishlab chiqarishda ishlatiladigan materiallarni to’g’ri tanlash va ijobiy konstruktiv ishlamalar bilan zanglashni kamaytirish mumkin. Masalan, avtomobillar kuzovlarini tayyorlashda ruhlangan po’latlardan foydalanilmoqda. Bu uslub "Ford" (AqSH), "Sitroen" (Frantsiya), "Deymler-Bents" (GFR) firmalari tamonidan ishlab chiqarishda qo’llanilmoqda. SHu bilan birga kuzovlarni detallarini loyihalashda har-hil iflosliklar va namlik yig’iladigan «cho’ntak» joylarni mumkin qadar kamaytirish, tarkibida agressiv moddalar kam bo’lgan yonilg’i moy mahsulotlaridan foydalanish lozim. Keyingi yillarda avtomobillarni ekspluatatsiya va ta’mirlash davrida zararli muhit ta’siridan himoyalash keng qo’llanilmoqda. Avtomobillarning tashqi qismini himoyalash uchun, ular yuzasiga zanglashga qarshi yupqa plyonka material qoplanmoqda. Buning uchun asosan quyidagi materiallar: plastik moy (PVK (GOST 19537-74), VTV-1 (TU 38181180-78), UNZ po TU 38001277-76), mastikai (mastika № 579, № 580, BMP-1, №4010) va konservatsiya moyi qullanadi. Zanglashga qarshi plyonka detallarni zanglashdan saqlash bilan birga, shovqinni ham kamaytirishga yordam beradi. Nazorat savollari 1. Kuzovlarni iflosliklari. 2. Kuzov va kabinalarni tozalash usullari. 3. Kuzov va kabinalarni yuvish texnologiyasi. 4. Yuvish turlari. 5. SHikastlangan kuzovlarni geometriyasini aniqlash usullari. 6. SHikastlangan va korroziyaga uchragan kuzovlarni ta’mirlash. 7. Kuzovlarni polirovka qilish. 8. Kuzovlarni tozalash va yuvishda ishlatiladigan jihozlar. 9. Kuzovlarni ta’mirlashda ishlatiladigan jihozlar. Download 3.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling