1-mavzu. Avtomobil


Download 3.11 Mb.
bet3/6
Sana31.01.2024
Hajmi3.11 Mb.
#1817947
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1- Mavzu Avtomobil kuzovi va kabinasiga TXK va T ishlari texnologiyasi

4-rasm. Avtomobillarni yuvish konveeri shakli (konveerning harakatlanish tezligi 3...4 m/min). Avtomobillarni qo’l bilan yuvish posti - maxsus trubalar bilan jihozlangan bo’lib (vodoprovod,
suv bosimi 0.2-0.4 MPa) suv bosimini oshirish uchun maxsus nasos, qurilma va sepgichlardan(5-rasm) foydalanadi. (SHlangada qo’l bilan yuvish moslamasi(M-107)dagi suv bosimi 2.2 MPa ni tashkil etadi. TSKB-1100 turidagi GARO moslamasining ishlab chiqarish qobiliyati 35-40 lmin ni tashkil etib, vodoprovod suvini 10 m balandlikka chiqara oladi). Yengil va yuk avtomobillarni yuqori bosim ostida yuvishda suv sarfi 150-200 l ni, avtobuslar uchun 300-400 l ni tashkil etadi. Past bosim ostida yuvishda suv sarfi 200-300 % ga oshadi. Yengil va yuk avtomobillarni yuqori bosim ostida yuvishda suv sarfi 150-200 l ni, avtobuslar uchun 300-400 l ni tashkil etadi. Past bosim ostida yuvishda suv sarfi 200-300 % ga oshadi.Avtomobillarni har qanday yuvish turini qo’llanganda kuzovning sirti oz bo’lsa ham shikastlanadi. Quyidagi rasmlarda (6-rasm)) turli usullarda yuvilgan sirtlarning shikastlanish darajalari aks ettirilgan.

5-rasm. Qo’l bilan yuvishda ishlatiladigan suv sepgich (maksimal bosimi 160 Bar, suv sarfi 20 l/min; suvning maksimal harorat 60 C°).

a) b) v)
6-rasm. Turli usullarda yuvilgan sirtlarning shikastlanish shakli: a-artish materiali tagiga qattiq zarracha tushib qolgan holat; b-artish materiali yaxshi tozalanmay ishqalangan holat; v-25 marta avtomat ravishda yuvilgan yuza holati.
ASK larda avtomobillarni yuvishda va ustaxonalarda ishlatilgan suvni tozalash, undan qayta foydalanish va sanitariya talablariga rioya qilgan holda kanalizatsiya tizimiga oqizish muhim rol o’ynaydi. Ishlatilgan suv kanalizatsiya tizimi, suv havzalari va atrof muhitni ifloslantirmasligi uchun ATK larda loy tindirgich va moybenzintutgichlardan foydalaniladi. Loytindirgichning oddiy turi 7-rasmda ko’rsatilgan.
Avtomobillarni yuvish postidagi quvur(3) orqali suv, maxsus idish(2)ga oqib tushadi. qattiq va og’ir zarrachalar loytindirgichga tushib, tezligini yo’qotadi va tindirgich tubida to’planadi. Tindirilgan suv quvur(5) orqali 6-moybenzintutgich(6)ga oqib tushadi.

7-rasm. Loytindirgich 8-rasm. Moybenzintutgich: a) Ishlash sxemasi; b)Moybenzin aralashmasini ajratish.
Loytindirgichda to’plangan loyqa siqilgan havo yordamida tozalab tashlanadi. Elektromexanik uzatmali qopqoq(9) ochilib, to’plangan loyqa idish(7)ga tushadi. SHundan so’ng, qopqoq berkilib, quvur(1) orqali (suyuq loyqa hosil qilish uchun) idishga suv beriladi. So’ngra quvur(8) orqali 0,4 MPa dan kam bo’lmagan bosim bilan siqilgan havo yuboriladi. Idishda to’plangan loy, quvuri(4, 150 mm)dan bunkerga (avtomashinaga yuklab, jo’natish uchun) tushiriladi. Loytindirgichda to’planadigan loyqani vaqti-vaqti bilan tozalab turish uchun diafragmali nasosdan foydalaniladi. Bu loyni haydovchi nasos, injektorli yoki pnevmatik turda bo’lishi mumkin.7.8-rasmda keltirilgan moybenzintutgichga tindirilgan suv loytindirgichdan quvur(1) orqali qalpoq(2) ostiga quyilib, quduq(3)ni to’ldiradi (bu jarayon suv to’kkich(4)ning yuqori qirrasigacha suv to’lguncha amalga oshiriladi). Suv to’kkichdan suv toshib chiqqandan so’ng, quvur(5) orqali (kanalizatsiya) chiqindi tarmog’iga oqib tushadi. Moy va benzinning solishtirma og’irligi (aralashma uchun o’rtacha 0,85) kichik bo’lgani uchun, aralashma qopqoq(2)ning ustki qismiga to’planib, quduqdagi suv sathidan toshib chiqadi. qopqoq kallagida to’plangan moy va benzin aralashmasi, quvur(6) orqali, idish(7)ga quyiladi. Agar ASK markazlashgan tartibda suv manbai bilan ta’minlanmagan bo’lsa, tashqi muhitni muhofaza qilish maqsadida, avtomobilni yuvishdan chiqqan suvni tozalab, qayta foydalanish mumkin. Buning uchun suv oqib tushadigan havzalarga, idishlarga, tozalash qurilmasi o’rnatiladi. Avtomobillarni yuvishda qaytadan foydalanadigan (zarrachalardan tozalangan) suv kimyoviy usulda (loyqatib, to’zitib) tozalanadi. Bunday qurilma chiqindi suvini sifatli tozalashni ta’minlamaydi, ammo o’rnatish uchun katta maydon talab qiladi. SHuning uchun bundan samaraliroq hisoblangan "KRISTALL" qurilmasidan foydalangan ma’qul. Bu qurilma ishlatilgan suvni turli zarrachalardan, ya’ni qum va neft mahsulotlarinidan tozalashga mo’ljallangan bo’lib, filьtrlash jarayonini tebranuvchi filьtr hisobiga bajaradi. "KRISTALL" qurilmasining asosiy afzalliklari chiqindi
suvlarini sifatli tozalashi, tozalash qurilmalarini ihchamligi va ish unumi bo’yicha ularning turli xillari mavjudligidir.
Avtomobillarni yuvishdan so’ng mexanizatsiya yoki qo’l kuchi bilan quritish-artish ishlari bajariladi. Masalan, yengil avtomobillar sovuq (kam hollarda, iliq) havo purkovchi qurilma yordamida quritiladi. Bunda havo havotaqsimlovchi quvurlar orqali diffuzorga so’riladi, u kuzovning ko’ndalang qismi tekisligiga nisbatan 65 grad. qiyalikda joylashgan bo’ladi. Diffuzor havo oqimini yelpig’ichsimon purkab turadi. qurilmaga vaqt relesi o’rnatilgan bo’lib, u shabadalatgichni o’chirib-yoqib turish uchun xizmat qiladi. qurilma ish unumi 30-40 avt/soat bo’lib, elektromotorning quvvati
22.5 kvt.ni tashkil etadi.
Zanglash, avtomobillar sirtiga havodan nam tushib qolishi, kuzovning ko’rinmas bo’shliqlarida tomchilar paydo bo’lishi va ularning yig’ilishi natijasida hosil bo’ladi. Qish paytlarida sirpanchiqqa qarshi harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida sepiladigan tuzlar kuzovning zanglash va chirish jarayonini tezlashtiradi. Kuzov tubi va qanot ostlari iflosliklardan tozalanib va yuvilib zanglashga qarshi ishlov beriladi.
Zanglashga qarshi ishlov berishning bir necha turi bo’lib ular zanglash jarayonini sekinlashtiruvchilar va zanglashga qarshi qoplam hosil qiluvchilar kabi turlarga bo’linadilar.


Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling