Fizika fanidan mustaqil ish !
Download 1.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Fizik Kulon qonun
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Kulon qonuni. Elektr zaryadi va uning saqlanish qonuni. • Elektr zaryadi.
- Elektromagnit ta’sir.
- Jismlarning zaryadlanishi.
Mavzu: Kulon qonuni. Reja: 1. Elektr zaryadi va uning saqlanish qonuni. 2.Elektr maydoni kuchlanganligi. 3.Kulon qonuni. Elektr zaryadi va uning saqlanish qonuni. • Elektr zaryadi. Jun matoga ishqalangan kahrabo tayoqcha yengil narsalarni tortish xususiyatiga ega bo‘lishi juda qadim zamonlardan ma’lum bo‘lgan. Ingliz shifokori Jilbert (XVI asrning oxiri) ishqalashdan keyin yengil narsalarni torta olish xususiyatiga ega bo‘lgan jismlarni elektrlangan (yunoncha kahrabolangan) deb atadi va elektr so‘zi qo‘llanila boshlandi. Oabiatdagi oddalarning turlitumanligiga qaramasdan faqat ikki xilgina, qarama-qarshi ishorali elektr zaryadlari mavjud. Amerikalik fizik R.Milliken (1868—1953) tajribalar yordamida elektr zaryadi diskret ekanligini, ya’ni istalgan jismning zaryadi elementar elektr zaryadi e(e = 1,6 · 10–19 C) ga karrali ekanligini aniqladi. Boshqacha aytganda, istalgan jismning zaryadi Q = ± Ne, (N—butun son) bo‘lmog‘i kerak. Elektron (me=9,11 · 10–31 kg) va proton (mp=1,67 · 10–27 kg) mos ravishda manfiy va musbat elementar zaryadli zarralardir. • Elektromagnit ta’sir. Yuqorida ko‘rganimizdek, har qanday jism massasidan tashqari, elektr zaryadi bilan ham xarakterlanadi va ular orasida nafaqat gravitatsion, balki elektromagnit ta’sir ham mavjuddir. Bir xil ismli zaryadlar itarishadi, turli ismlilari esa tortishishadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, elektromagnit ta’sir gravitatsion ta’sirdan ko‘p marta kuchliroqdir. Shu bilan birga gravitatsion ta’sir barcha jismlarga xos bo‘lsa, elektromagnit ta’sir faqatgina zaryadlangan jismlargagina xos xususiyatdir. Elektromagnit ta’sirning kuchliligi jismdagi zaryad miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. • Elektr zaryadi va uning xossalari. Jismlarni o`zaro ishqalanish paytida elektrlanishi ko`p kuzatiladi. Tabiatdagi barcha jismlar elektrlanish qobilyatiga ega. • Fizikada gravitatsion o`zaro ta‘sirlar, elektromagnit o`zaro ta‘sirlar, kuchli va kuchsiz o`zaro ta‘sirlar mavjud. • Har bir o`zaro ta‘sirning intensivligi jismni tashkil etgan zarraning har xil xarakteristikalari orqali aniqlanadi. Masalan gravitatsion o`zaro ta‘sirlar intensivligini jismlarning massalari orqali baholansa, elektromagnit o`zaro ta‘sirlarni esa elektr zaryadi orqali baholanadi. Zaryadlarning ikki turi musbat ishorali va manfiy ishorali zaryadlar majud. Ikkita jism o`zaro ishqalanish jarayonida biri musbat ikkinchisi manfiy zaryadlanadi. O`zidan elektronlarni chiqargan jism musbat zaryadlanadi, elektronlarni qabul qilgan jism esa manfiy zaryadlanadi deb qabul qilingan. • Ma‘lumki, atomlar musbat zaryadlangan yadro va yadro atrofidan berk orbitalar bo`yicha aylanadigan manfiy ishorali elektronlardan iborat sistema bo`lib hisoblanadi. • Agar atomdagi musbat va manfiy zaryadlar soni o`zaro teng bo`lsa, bunday atomdan tuzilgan jism elektroneytral jism deyiladi. • Zaryad miqdorini q simvol bilan belgilaymiz. Barcha zaryadlar elementar zaryadlarning yig`indisidan iborat. Har qanday zaryad elementar zaryadga butun karrali bo`ladi. Elektr zaryadi va uning saqlanish qonuni. • Jismlarning zaryadlanishi. Tabiatdagi barcha jismlar elektrlanib qolish xususiyatiga ega. Elektrlanish esa turlicha usullar bilan amalga oshiriladi. Ularning eng soddasi bir jismni ikkinchisiga ishqalashdir. Masalan, teriga ishqalangan shisha tayoqcha musbat, junga ishqalangan kahrabo tayoqcha esa manfiy zaryadlanib qoladi. Xo‘sh bu zaryadlar qanday paydo bo‘ladi? Shuni ta’kidlash lozimki, barcha jismlarda elektr zaryadi mavjud. Faqatgina elektroneytral, ya’ni zaryadlanmagan jismlarda musbat va manfiy zaryadlarning miqdori teng. Oayoqchalarni matoga ishqalash esa zaryadlarning paydo bo‘lishiga emas, balki ularning qayta taqsimlanishigagina olib keladi. Natijada ularning birida musbat zaryadlar ko‘proq qoladi va tayoqcha musbat zaryadlanib qoladi, boshqasiga esa manfiy zaryadlar ko‘proq yig‘iladi va tayoqcha manfiy zaryadlanib qoladi. Oayoqcha- mato sistemasida esa zaryadlar miqdori o‘zgarmay qolaveradi. Ya’ni biror jarayonda hosil bo‘ladigan zaryadlarning algebraik yig‘indisi nolga teng bo‘ladi. • Bir xil ishorali ortiqcha elektr zaryadlar jismdagi zaryad miqdori deyiladi. Umumiy zaryad undagi hamma elektr zaryadlarning algebraik yig‘indisiga teng. Elektr zaryadi va uning saqlanish qonuni. • • Bu yerda e - elementar zaryad, ya‘ni elektronning zaryadi, n - butun son. • Elektr zaryadi jismlarning asosiy va boshlang`ich xarakteristikasi bo`lib hisoblanadi va jismlarning xossalari uning tarkibidagi zaryadlarning harakati bilan tushintiriladi. • Elektr zaryadining saqlanish qonuni. Jismlarni ishqalanishi paytida elektrlanish sodir bo`lib jismda manfiy va musbat ishorali zaryadlar hosil bo`ladi. • Manfiy ishorali zaryadlarning harakatlanishi natijasida ishqalanayotgan ikkala jism ham elektrlanadi. • Bunda manfiy va musbat ishorali zaryadlarning umumiy miqdori o`zgarmay qoladi. • Bir xil ishorali zaryadlar o`zaro itarishishadi, har xil ishorali zaryadlar o`zaro tortishadi. • Har qanday zaryadlanishda bio xil kattalikdagi turli ishorali zaryadlar paydo bo`ladi. Zaryadlanish jarayoni deganda jismda zaryadlarning qayta taqsimlanishini tushinish kerak. • Bunda jismning biror qismida ortiqcha manfiy zaryad to`plansa boshqa bir qismida ortiqcha musbat zaryad to`planadi. • Demak zaryadlar bordan yo`q ham bo`lmas ekan va aksincha yo`qdan bor ham bo`lmaydi. Bu zaryadning saqlanish qonunini anglatadi. Elektr zaryadi va uning saqlanish qonuni. ne q Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling