1-mavzu: Avtomobilning tortish-tezlik xususiyati Avtomobilning tortish tezlik xususiyatini baholovchi ko’rsatkichlar


Download 347.01 Kb.
bet3/9
Sana07.05.2023
Hajmi347.01 Kb.
#1439415
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu

4.3. Avtomobilning dinamik omili


Yo’lning jami qarshilik koeffitsiyenti turlicha bo’lgan hollarda kuch va quvvatlar balansi usullaridan foydalanish ko’zlangan natijalarni bermaydi, ya’ni grafiklar soni ko’payib, qo’shimcha vaqt sarfi oshib ketadi. Bundan tashqari turli xil massaga ega bo’lgan avtomobillarni kuch va quvvatlar balansi orqali o’zaro taqqoslash mumkin emas. Avtomobillarning umumiy harakat tenglamasini dinamik omil orqali baholash yuqorida sanab o’tilgan kamchiliklarni bartaraf etadi.
Dinamik omil deb, tortish kuchi va havoning qarshilik kuchi orasidagi ayirmaning yoki yo’lning jami qarshiligi bilan tezlanishga qarshilik qiluvchi kuch yig’indisining avtomobil og’irlik kuchiga nisbatiga aytiladi.
Avtomobilning harakat tenglamasini quyidagi ko’rinishda yozamiz:
(4.5)
Ushbu tenglikning har ikkala tomonini avtomobilning og’irlik kuchiga bo’lib quyidagiga ega bo’lamiz:
(4.6)
bu yerda: - avtomobilning dinamik omili.
(4.6) tenglikning birinchi qismiga tegishli dinamik omil asosan avtomobilning konstruktiv xususiyatlariga bog’liq bo’ladi va uni har bir avtomobil uchun alohida aniqlash mumkin. Quyi uzatmalarda yuqori uzatmalarga qaraganda tortish kuchining oshishi va havo qarshiligining kamayishi hisobiga dinamik omil katta bo’ladi.
(4.6) tenglikning ikkinchi qismi dinamik omilni yo’l xususiyati va sharoitlari bilan bog’laydi, ya’ni
(4.7)
Agar avtomobil tekis harakat qilayotgan bo’lsa, bo’lib, u holda
(4.8)
Eng katta dinamik omil deb, avtomobilning birinchi uzatmada o’zgarmas tezlik bilan harakatlanib, yo’lning eng katta qarshiligini yengish qobiliyatiga aytiladi.
(4.9)
Demak, va miqdorlar avtomobil dinamikasining asosiy ko’rsatkichlari hisoblanadi.
Avtomobilning to’xtovsiz harakatlanish sharti quyidagicha ifodalanadi:
(4.10)
Yetakchi g’ildiraklarning tishlashish sharti bo’yicha dinamik omili:
(4.11)
Avtomobilning shataksiramasdan harakatlanishi uchun quyidagi shart bajarilishi lozim:
(4.12)
Avtomobil dinamik omilining turli xil uzatmalarda uning tezligiga bog’liq grafigi dinamik xarakteristika deb ataladi (4.2-rasm).
D inamik xarakteristikaga asoslanib, avtomobilning tortish tezlik xususiyati to’g’risida quyidagi ma’lumotlarni olish mumkin:

  1. yuqori uzatmadagi eng katta dinamik omil avtomobil yengib o’tishi mumkin bo’lgan yo’lning eng katta qarshilik sohasi;

  2. kritik harakat tezligi , dinamik omilga mos kelib, yuqori uzatmalarda, dvigatel to’liq yonilg’i berish rejimida ishlaganda avtomobilning turg’un harakatlanishiga to’g’ri kelgan tezlik; agar bo’lsa, yo’lning qarshiligi oshib, tezlikni kamaytiradi; bu shart bajarilganda dvigatel turg’un ishlab, avtomobil tekis harakatlanadi. bo’lgan holda yo’l qarshiligining oshishi dinamik omilning kamayishiga sabab bo’ladi, ya’ni dvigatel to’xtab qoladi;

3) quyi uzatmadagi eng katta dinamik omil – avtomobil yengishi mumkin bo’lgan eng katta yo’l qarshiligini ifodalaydi;
4) eng katta harakat tezligi va egri chiziqlarning kesishish nuqtasi bo’lib, bo’lgan uchun, umuman olganda egri chizigi parabola shaklida bo’lib, ordinata o’qini nuqtada kesib o’tadi. Xususiy holda ya’ni o’zgarmas qiymatga ega bo’lib, abtsissa o’qiga parallel bo’lgan chiziq bilan ifodalanadi.
Avtomobil tekis harakatlanganda, yo’lning maksimal qiyaligini aniqlash uchun munosabatdan foydalanib, va bundan ekanligini aniqlaymiz va , ni topib, avtomobil harakatlanishi mumkin bo’lgan yo’lning qiyalik burchagini hisoblaymiz.

Download 347.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling