1-mavzu: Avtomobilning tortish-tezlik xususiyati Avtomobilning tortish tezlik xususiyatini baholovchi ko’rsatkichlar
Avtomobilning kuch va quvvatlar balansi
Download 347.01 Kb.
|
1-mavzu
4.2. Avtomobilning kuch va quvvatlar balansiAvtomobil harakatining differentsial tenglamasini kuchlar proektsiyasi tenglamasi bilan almashtirib, quyidagi ko’rinishda ifodalaymiz: (4.1) Ushbu ifoda kuchlar balansi tenglamasi deb yuritiladi. Avtomobilning dinamik xususiyatini tahlil qilishda kuchlar balansi o’rniga quvvatlar balansi tenglamasi ishlatiladi: (4.2) Agar ekanligi e’tiborga olinsa, u holda: (4.3) Kuchlar va quvvatlar balansi tenglamalaridan foydalanib, ularni grafoanalitik usulda yechish quyidagicha bajariladi (4.1-rasm a,b). Dastlab, avtomobilning har bir uzatmasi uchun tortish xarakteristikasi grafigi quriladi. grafigining pastki qismiga yo’lning jami qarshiligi , so’ngra esa havoning qarshilik kuchi qiymatlari qo’yiladi. umumiy qarshilikning yig’indisi avtomobilning o’zgarmas harakat tezligini ifodalaydi. Agar kuchlar egri chiziqlari yig’indidan katta bo’lsa, ular orasidagi zahiradagi kuch hisoblanib, ushbu kuchdan yo’lning ortiqcha qarshiligini yengishda va avtomobilni qo’shimcha tezlashtirishda foydalanish mumkin. Avtomobilning eng katta tezligini aniqlash uchun abstsisa o’qi bo’yicha va egri chiziqlarning o’zaro kesishish nuqtasi topiladi. Chunki bu holda , demak bo’ladi. Agar egri chiziqlari yig’indidan kichik bo’lsa, avtomobil sekinlashib harakatlanadi. Yetakchi g’ildiraklarning shataksirash ehtimolini aniqlash uchun, g’ildirak formulali avtomobillarda , g’ildirak formulali avtomobillarda esa tishlashish kuchlari aniqlanib, tegishli o’lcham masshtabi bilan abstsissa o’qiga parallel chiziqlar o’tkaziladi. Agar ekanligi aniqlansa, tezlikning barcha intervallarida avtomobilning to’xtovsiz harakati ta’minlangan bo’ladi va aksincha bo’lsa, 10-a rasmdan ko’rinadiki, avtomobil past uzatmada, to tezlikka erishmaguncha shataksirash holatida bo’ladi. Quvvatlar balansi grafigi ham huddi shu tartibda chiziladi. Dastlab avtomobilga o’rnatilishi kerak bo’lgan dvigatelning samarali quvvati hisoblanib, uning avtomobil tezligiga bog’liq o’zgarish egri chizig’i aks ettiriladigan quvvat miqdori hisoblanib, ayirma orqali yetakchi g’ildiraklardagi quvvat egri chizig’i quriladi. Grafikning pastki qismiga chizig’i va undan yuqoriroqda egri chizig’i aks ettiriladi. Yuqorida ta’kidlanganidek va egri chiziqlari oralig’idagi quvvat miqdori, yo’lning ortiqcha qarshiligini yengishda yoki shig’ov bilan yurishda foydalaniladi. Agar dvigatelning drossel zaslonkasi to’liq ochiq bo’lsa, va egri chiziqlari uchrashgan nuqtaning abstsissa o’qidagi qiymati avtomobil erisha olishi mumkin bo’lgan eng katta tezlik miqdorini anglatadi. Avtomobilni harakatlantirish uchun sarf bo’lgan quvvatning, dvigatel eng yuqori yuklanishda hosil qilgan quvvatiga nisbati quvvatdan foydalanish darajasi deb ataladi: (4.4) (58) munosabatdan ko’rinadiki, yo’l qoplamasining turi va holatiga, avtomobil tezligiga va transmissiyaning umumiy uzatishlar soniga bog’liqdir. Agar yuqori toifali yo’llarda avtomobil past uzatmalarda sekin harakatlansa, dvigatelning samarali quvvatidan to’liq foydalanmagan bo’ladi. Download 347.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling