1-mavzu. Axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari


«Uch bosqichli» arxitektura


Download 58.85 Kb.
bet6/8
Sana03.11.2023
Hajmi58.85 Kb.
#1744453
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu MB A

«Uch bosqichli» arxitektura
4-rasmning asosiy ma'nosini saqlagan holda chizmani ANSI/SPARC (American National Standard institute/Standards Planning and Requirement Committee, Amerika Milliy Standardlar Instituti/Standartlarni Rejalaslitirish va Talablar Qo'mitasi) tavsiya qilgan “Uch bosqichli” arxitektura ko'rinishiga akslantiraimiz (5-rasm) va natijada ma’lumotlarni zamonaviy tasavvturdagi darajalariga ega bo‘lamiz. Bunda tashqi tuzilish - tashqi darajaga, konseptual tuzilish - konseptual darajaga, fizik tuzilish - ichki darajaga akslanadi. Foydalanuvchilar tasavvuridagi ma’lumotlar darajasi, tashqi daraja (external level) deb atalsa, MBBT va operatsion tizim ma’lumotlarni ichki darajada (intemal level) qabul qiladi. Oraliqdagi konseptual daraja (conceptual level) esa, tashqi darajadagi ma’lumotlarni ichki darajaga akslanlirish va ularning bir-biriga nisbatan mustaqilligini ta'minlashiga xizmat qiladi.
«Uch bosqichli» arxitekıuraning maqsadi, ma’lumotlar bazasining foydalanuvchi tasavvuridagi taqdimotni, uning fizik tuzilishidan ajratishdan iborat. Bunday ajratishning sabablari bir nechta:
- har bir foydalanuvchi, ma’lumotlar xususidagi o‘zining tasavvurini amalga oshirishi uchun ixtiyoriy ma’lumotlarga murojaat eta olishi va o‘z tasavvurini o‘zgartira olishi kerak;
- foydalanuvchilarnıng bazalar bilan o‘zaro harakatlari ma’lumotlarning bazada saqlanishdagi alohida xususiyatlariga bog‘liq bo‘lmasligi kerak (masalan, indekslar va xeshlar);
- ma’lumotlar bazasining administratori bazadagi ma’lumotlarning tuzilishini o‘zgartira olishi va bu foydalanuvchilarning ma’lumotlar xususidagi taqdimotiga ta'sir qilmasligi kerak;
- ma’lumotlar bazasining ichki tuzilishi ma'lumolarni saqlashdagi o‘zgarishlarning fizik jihatlariga bog‘1iq bo‘lmasligi kerak;
- ma’lumotlar bazasining administratori MBning konseptual tuzilishini o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘lishi va bu foydalanuvchilarga mutlaq ta’sir qilmasligi kerak.
Tashqi daraja
Tashqi daraja bir nechta turli ma’lumotlar bazasining tashqi taqdimotlaridan iborat. Har bir foydalanuvchi «lıaqiqiy dunyo» taqdimotining o‘zi uchun eng qulay shaklidan foydalanadi. Tashqi taqdimot «haqiqiy durlyo»dagi mohiyat, atribut va aloqalarning foydalanuvchi uchun kerakliklarini ifodalaydi. Qolgan nıohiyat, atribut va aloqalarning foydalanuvchi uchun keraksizlari ham ma’lumotlar bazasida akslanishi mumkin, lekin u bularning mavjudligini bilmasligi ham mumkin.
Bundan tashqari, bir xildagi ma’lumotlarni turli taqdimotlar har xil akslantirishi mumkin. Masalan, bitta foydalanuvchi sanani «kun, oy, yil» formatida, ikkinchisi esa «yil, oy, kun» formatida saqlashi mumkin. Ba’zi bir taqdimotlar esa hosila yoki hisoblanadigan ma’lumotlardan iborat bo'lishi mumkin, ular zaruriy paytda yaraliladi. Masadan, yoshni saqlovchi atributga e'tibor beraylik. U yosh qiymati tarzida saqlanmaydi, agar shunday saqlanganda ularni har kuni yangilab turish kerak bo‘lardi. Buning o'rniga bazada tug'ilgan sana saqlanadi, yosh esa MBBT vositalari orqali hisoblanadi. Taqdimotlar, shuningdek, bir nechta obyektlaring kombinatsiyalangan yoki hosila ma’lumotlaridan tuzilishi mumkin. Konseptual daraja Bu daraja MB da saqlanadigan ma’lumotlarning tavsiflari va ular orasidagi aloqalardan iborat bo‘ladi. Bu daraja hamma ma’lumotlar bazasining mantiqiy tuzilishini saqlaydi. Konseptual darajada quyidagi a’zolar ishtirok etadi:
- hamma mohiyatlar, ularning atributlari va aloqalari;
- ma’lumotlarga qo‘yiladigan cheklashlar;
- ma’lumotlar xususidagi semantik ma'lumotlar;
- xavfsizlikni ta’minlash va ma’lumotlar butunligini saqlash xususidagi ma’lumotlar.

Konseptual dataja har bir tashqi taqdimotni qo'llab-quvvatiaydi, ya'ni foydalanuvchiga zarur bo‘lgan har bir berilgan shu darajada bo'1ishi shart. Lekin, konseptual daraja ma’lumotlarni saqlash usullari to‘g‘risidagi hech qanday ına'lumotlaıni saqlamaydi.



Download 58.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling