1-mavzu. Axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari


Download 58.85 Kb.
bet1/8
Sana03.11.2023
Hajmi58.85 Kb.
#1744453
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu MB A


1-mavzu. Axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari

Ma’lumotlar bazasi (MB) atamasiga nıutaxassislar tomonidan turlicha, lekin bir-biriga juda yaqin va chuqur ta'riflar berilgan. Shulardan biri, ma’lumotlar bazasi - bu ma'lum predmet sohaga taalluqli bo‘lgan, maxsus tuzilmaga ega ma’lumotlar majmuasining nomi; ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) boshqaruvida ishlaydigan, bir yoki bir qancha ilovalani optimal tarzda ishlatadigan, o‘zaro bog‘langan ma’lumotlar majmuasi; ma’lumotlarning tuzilishi uni ishlatadigan programmalarga bog‘liq bo‘lmaydi, ma’lumotlar shunday tuzilishga ega bo‘ladıki, bunda ularni kengaytirish, o'zgartirish, olib tashlash, tanlash va boshqa imkoniyatlar bo‘ladi [108]. Ma’lumotlar bazalari tuzilish jihatidan mustaqil bo‘lsa, ularni bosh- qaruv tizimi o‘z tarkibida saqlaydi va boshqaradi.


Ta'rifdan kelib chiqqan holda, boshqaruv tizimi ma’lumotlar bazalari bilan mustaqil ishlash va/yoki programma mahsulotlari (ilovalari) orqali ishlash imkoniyatini beradi. Ma’lumotlar bazalaridagı har qanday o'zgartishlar ilovalarga mutlaq ta'sir qilmaydi.
Ma’lumotlar bazasining eng muhim jihatlaridan biri, uning doimiy ravishda o‘zgarishi va ko'payislıidan iborat. Xo‘sh, shunga o'xshash imkoniyatlar fayllarda ham bor ediku, nega yangi maxsus yo'nalish yaratildi?
Buning sababi, fayllardagi har bir o‘zgarishni amalga oshirish uchun programmani qaytadan o‘zgartirish va otladka qilish kerak bo'ladi. Fayllarni kengaytirish, yana programmani o‘zgartirish va otladka qilishga olib kelar edi. Bu esa o‘z navbatida ma’lumotlarning ortiqchaligiga olib kelar edi, ya'ni bir xildagi ma’lumotlar turli fayllarda shaklan o‘zgargan yoki hattoki o‘zgamagan holda saqlangan. Vaholanki, o‘tgan asirning 60-70- yillarida ma’lumotlarni saqlash, o'zgartirish va zaruriy qayta ishlov berish ehtiyoji kun sari o‘sayotgan edi. Chunki, korxonalarni boshqarishda elektron hisoblash mashinalarining ahamiyati hamda ma’lumotlar bilan ishlash beqiyos ravishda oshib bormoqda edi. Ana shu ehtiyojlarni qondirish uchun yangi texnologiya zarur edı. MB ana shu talablarni qondirish yangi texnologiya sifatida yaratildi.
Bugungi kunda ma’lumotlar bazasining tutgan o‘rni nihoyatda beqiyos bo‘lib, ilmiy-texnika masalalarini yechish, turli tizimlar, axborotlami boshqarish, ularni qayta ishlash va boshqa ma’lumotlar bilan ishlash tizimlarida, ma’lumotlar bazasisiz ularning mustaqil faoliyat yuritishini tasavvur ham qilib bo'lınaydi.
Ma’lumotlarning mustaqilligi ma’lumotlar bazasining asosiy xususiyatlaridan biri sifatida e'tirof eliladi. Buning mohiyati berilganlaming mustaqilligi va ulardan foydalanuvchi programma mahsulotlarning bir- biriga bog‘liq emasligi, ya'ni birining o‘zgarishi ikkinchisining o‘zgarishiga olib kelmasligida. Yana bir jihati, ma’lumotlarn saqlovchi fizik qurilmalarning takomillashishi ham programma mahsulotlarining yoki ma’lumotlarning o‘zgarishiga ta'sir qilmasligi.



Download 58.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling