1-mavzu. Axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari
Ma’lumotlar bazalari konsepsiyalarining evolutsiyasi
Download 58.85 Kb.
|
1-mavzu MB A
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-Ma’lumotlarning oddiy fayllari (1960-yillarning boshi)
Ma’lumotlar bazalari konsepsiyalarining evolutsiyasi
MB tushunchasi o'tgan asrning 60- yillaming oxirida paydo bo‘ldi. Bu davrgacha ma’lumotlarni qayta ishlash sohasida ma’lumotlar fayllari va ma’lumotlar majmua (terma)lari ustida ishlar olib borilar edi. Boshqa sohalarda bo‘lgani kabi, yangi tushuncha paydo bo‘lishi bilan ko'pchilik programmachilar o‘z fayllarining faqat nomini o‘zgartirib, xususiyatlarini o‘zgartirmagan holda ishladilar. Vaholanki, ber-ilganlar bazasining xususiyatlari – mustaqillik, ortiqchalikka yo‘l qo‘ymaslik, ma’lumotlarning o‘zaro bog‘liqligi, ularning himoyasi va haqiqiy vaqt oralig‘ida ularga kirish imkonyatlari bilan aloqador edi. Yangi texnologiyaning tobora kengayishi natijasida, sanab o‘tilgan xususiyatlar yangi texnologiyaning asosi bo‘lmish MB programma ta’minotlarida o‘z aksini topa boshladi. 1-4-rasmlarda berilganlani saqlash usullaridagi rivojlanishning to'rtta bosqichi keltirilgan. Uchinchi avlod EHM paydo bo‘lgan davrgacha (1965 y.) deyarli hamma fayllar l.1-rasmda keltirilgan 1- bosqichdagi kabi amalga oshirilgan. Programma ta'minoti asosan xotira qurilmalari uchun kiritish va chiqarish amallarini bajarishdan hamda unchalik ko‘p bo‘lmagan ma’lumotlarga ishlov beruvchi yordamchi vositalardan iborat bo‘lgan. Berilganlaming tuzilishi bilan amaliy programmalarni yozish paytida sodda usullar bilan, ya'ni magnit lentalarga fayllaıni ketma-ket yozish yo‘li bilan amalga oshirilgan. Ma’lumotlar mustaqil bo‘lmagan. Agarda ma’lumotlarning tuzilishi yoki saqlovchi qurilma o'zgarsa, programmachi o‘z program- masiga tegishli o'zgartirishlarni kiritishi, qayta kompilatsiya va otladka qilishi zarur bo‘lgan. Faylni yangilash uchun yangi faylni yozish va eskisini saqlashga majbur bo‘lgan. 1-Ma’lumotlarning oddiy fayllari (1960-yillarning boshi) kiritish va chiqarishning programma ta'minoti Fizik fayl (ketma-ket tashkillashtirilgan) Mantiqiy fayl 1-rasm. Ayrim holatlarda bir nechta ajdod fayllarni saqlashga ham to‘g‘ri kelgan. Fayllar faqatgina bitta masalani yechishga mo‘ljallangan. Boshqa masalani o‘sha ma’lumotlar bilan faqat boshqa shaklda yechish uchun yangi fayllarni yaratishga majbur bo‘lingan. Shuning uchun ham tizimdagi fayllarda berilganlaming ortiqchalik datajasi nihoyatda yuqori bo‘lgan, bir xildagi ma’lumotlar bir nechta fayllarda saqlangan. 1-bosqichda fayllarga to‘g‘ri kirish huquqi, ya'ni n- “yozııvga” o‘tish uchun ketma-ket n-1 ta yozuvni o‘qimasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri keraklisiga o‘tish, mavjud bo‘lmagan. Yozuvlarni adreslash imkoniyatidan programmani yozish jarayonida foydalanilgan. Agarda xotira qurilmasi o‘zgarsa, programmaga katta o‘zgartirishlarni kiritishga majbur bo‘lingan. Amalda esa, albatta xotira qurilmalari o'zgarib turgan. Bu esa bitta bitni yozishga ketgan sarf-xatajatlami yanada oshishiga olib kelgan. 2-bosqich (2-rasm) 1-bosqichga nisbatan fayllarning tuzilish va ularni saqlovchi qurilmalarning o‘zgarishi bilan tavsiflanadi. Ma’lumotlarga ketma-ket kirish imkoniyatidan tashqari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish huquqi yaratilgan. Ma’lumotlarni paket, tezkor yoki haqiqiy vaqt oralig‘ida ishiov berish mumkin bo'1gan. Fayllar orasidagi mantiqiy va fizik tuzilishlar turlicha bo‘lishiga qaramasdan, o‘zaro aloqa sodda bo‘lgan. Endi xotira qurilmalari o‘zgarganda ham, amaliy pıogramnıalar o'zgarmagan. Bcrilganlaming tuzilishi ketma-ket, indeksli ketma-ket yoki to'g‘ri kirishli usullar bilan aniqlangan. Berilganlami fayllardan ko‘p kalitli qidirish usuli mavjud bo'lgan, lekin juda kam ishlatilgan. To'g'ridan-to'g'ri kirish ma'lumotlar to'plami Seriyali ma'lumotlar to'plami Download 58.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling