1-mavzu. Axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari
Download 58.85 Kb.
|
1-mavzu MB A
Ichki daraja
Iclıki daraja ma’lumotlar bazasini fizik amalga oshirish tavsiflari, optimal unumdorlikka erishish va disk hajmidan iqtisodli foydalanishni ta'minlash masalarini hal qiladi. U ma’lumotlar tuzilishining tavsifi va tashqi xotiralardagi ma’lumotlarni saqlash uchun alohida fayllarning tuzilish tavsiflarini saqlaydi. Ushbu darajada MBBT bilan operatsion tizimning kirish usullari orasidagi o‘zaro harakatlar amalga oshiriladi. lchki darajada quyidagi ma’lumotlar saqlanadi: - ma’lumotlar va indekslarni saqlash uchun disk hajmining taqsimoti; - saqlangan yozuvlarning qo'shimcha tavsiflari; - yozuvlarni joylashishi xususidagi axborotlar; - ma’lumotlarni siqish va tanlangan shifilash usullari xususidagi axborotlar. Ichki darajadan quyida ber ilganlarning fizik tuzilishlari, ya’ni ma’lumotlar bazalarining tashqi xotiradagi fizik joylashish tafsilotlari operatsion tizim nazorat qiladigan, lekin MBBT boshqaruvidagi bo'lgan masalalar hal qilinadi. Chizmalar Ma’lumotlar bazasining umumiy tavsifi ma’lumotlar bazasi chizmasi deb ataladi. «Uch bosqiclıli» arxitektııraga nishatan ma’lumotlar bazasining uch turi mavjud (5-rasm). Eng yuqori darajada ma’lumotlarning turli taqdimotiga mos keluvchi bir nechta tashqi chizmalar yoki qism-chizmalar mavjud. Konseptual darajadagi ma’lumotlar bazasining tavsifini konseptual chizma, eng quyi darajadagisini ichki chizma deyishadi. Konseptual chizma hamma mohiyatlar, atributlar va ular orasidagi aloqalar hamda zaruriy ma’lumotlar butunligi cheklashlarini o‘z ichiga oladi. Ichki chizma ma’lumotlar modelining ichki tavsifidan, ya’ni saqlanuvchi yozuvlar va ma’lumotlar maydonlarining taqdimot usullari, indekslar va tanlangan xesh chizmalardan iborat bo'ladi. Har bir MB uchun faqat bitta konseptual va bitta ichki chizma mavjud. MBBT keltirilgan uchchala turdagi chizmalar orasida moslik o'rnatilishiga hamda ularning orasida ziddiyatlar chiqmasligiga javobgar. Ixtiyoriy tashqi va ichki chizmalar orasidagi mosliklarni o‘rnatish uchun MBBT konseptual chizmadagi ma'lumotlardan foydalanadi. Konseptual chizma ichki chizma bilan konseptual ichki akslanish orqali bog‘langan. U MBB tizimiga, konseptual chizmada ınantiqiy yozuvdan iborat ma’lumotlarni, fizik saqlash qurilmalaridan yozuv yoki yozuvlar to‘plamiga akslanganlarini izlash imkoniyatini beradi. Konseptual chizma, shuningdek, obyektlar va atributlarning nomlaridagi ixtiyoriy tafovutlarni, atributlarning kelish tartiblari, ulardagi ma’lumotlar turlari va h.k. aniqlaydi. Har bir tashqi chizma konseptul chizma bilan konseptual tashqi akslanish orqali bog‘langan. Uning yordamida MBBT foydalanuvchi taqdimotining har birining nomini konseptual chizmaning mos qismiga akslantiradi. 5-rasm. Xulosa MBB tizimlaridan avvalgi bosqich bu fayllar tizimi, ya’ni ilovalar termasi bo‘lib, foydalanuvchilar uchun alohida zaruriy amallarni masalan, hisobotlarni yaratishni bajargan. Har bir programma o‘zining alohida ma’lumotlarini aniqlab, ana shu ma’lumotlarnigina boshqargan. Fayl tizimi qo‘lda bajariladigan hisob-kitoblariga nisbatan ancha ilg‘or texnologiya bo‘lgan bo‘lsa ham, undan foydalanishda ancha muammolar yuzaga kelgan. Bu muammolarning eng asosiysi ma’lumotlarning ortiqchaligi va ularning programmalarga bog‘liqligidan iborat bo‘lgan. Ana shu va boshqa muammolarni hal qilish uchun ma’lumotlarning “Uch bosqichli” arxitekturasi yaratilgan. Download 58.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling