1-mavzu. Axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari


-BOSQICH. Faylga kirish usuli (1960-yillarning oxiri)


Download 58.85 Kb.
bet3/8
Sana03.11.2023
Hajmi58.85 Kb.
#1744453
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu MB A

2-BOSQICH. Faylga kirish usuli (1960-yillarning oxiri)

Kirish usuli (adreslash mexanizmi bilan)

Kirish usuli

Mantiqiy fayl

Mantiqiy fayl

2-rasm.
Ma’lumotlarni himoya qilishning sodda usullari ham paydo bo‘lgan, lekin ancha ishonchsiz bo'lgan. Faqat bitta ilova uchun ma’lumotlarga ishlov berish va optimallashtirish usullari qo‘llanilgan. Fayllarda ma’lumotlarning ortiqchaligi hali ham ko‘p bo‘lgan. Ma’lumotlarga ishiov berishning namunaviy programma ta’minoti tizimi ma’lumotlarga kirish imkoniyatini bergan, lekin ularni boshqarish imkoniyati hali bo‘lmagan.
XX asmıng 60-yillari oxiriga kelganda, tijorat sohasidagi ma’lumotlarga ishlov berish ancha rivojlangan. Nafaqat EHM qurilmalarida fayllarni saqlash va kengayish usullarining o‘zgarishidan, balki berilganIarga yangi yozuvlar va yangi o'zaro aloqalar qo‘shilganda ham, amaliy programmalarni mustaqilligini ta'minlash eng dolzarb masalaga aylangan.
Ma’lumotlarni boshqarish uchun yaxshi programma ta'minoıi bo‘lganda, bitta masalani yechish uchun turlicha yaratilgan programmalardagi fayllarni ulami o‘zgartimagan holda yagona tarzda birlashtirish imkoniyati mavjud edi. O'tgan asrning 70-yillariga kelganda, ma’lumotlar tizimlarini boshqaruvchi birinchi tizimlar paydo bo‘la boshladi va fayllarni birlashtirish hamda programmalarning nıustaqilligi masalasini yechishga harakat qilindi (1.3-rasm). MB doimiy rivojlanuvchi obyekt bo‘lgani uchun undan foydalanuvchi ilovalar soni tobora oshib borgan. MBga yangi yozuvlar, mavjudlariga yangi berilganlaıving elementlari qo‘shiladi. Yangi turdagi so‘rovlar paydo bo'lganda, tizimning samaradorligini oshirish uchun MB tuzilishi o'zgaradi. Foydalanuvchilar ma’lumotlarga nisbatan so'rov talablarini va turlarini o‘zgartiradilar.
MB tuzilishi, fayllarnıing tuzilishiga nisbatan tezroq o'zgaradi. Saqlanadigan ma’lumotlar elementlari va ulami saqlash usullari doimiy ravishda o‘zgarib turadi. Bir xildagi ma’lumotlarda turlicha mantiqiy fayllarni hosil qilish ınıımkin, bitta to‘plaın ma’lumotlarga kirish turli ilovalar orqali turli usulda bajarilishi mumkin (3-rasm). Bu esa ma’lumotlarning murakkab tizimlarini yaratishga olib keladi. Lekin yaxshi yaratilgan programma ta’minoti, MB murakkab tuzilishi bilan ishlashda, programmachilarga qiyinchilik tug'dirmaydi. Ma’lumotlar qanday tuzilishga ega bo‘lmasin, programmachi o‘zi yaratadigan ilovalardagi talablarga nisbatan fayllarni tuzilishini sodda ko‘rinishda tasavvur qilishi keıak.
Ma’lumotlarni saqlashning 3- bosqichida MB progıamma ta'minoti programmachi tasavvuridagi fayllarning tuzilishlarini (1.3-rasmdagi diagraınmaning chap tomoni) ma’lumotlarni tuzilishini saqlashning fizik qurilmalariga akslantirish vositalariga va aksinchasiga ega bo'lgan (3-rasmdagi diagrammaning o‘ng tomoni).
Programma ta'minoti ma’lumotlar ortiqchaligini kamaylirish vositalariga ega bo‘ldi. Turli ilovalar uchun ma’lumotlar elementlari umumiy tarzda tashkillashtirildi. Ma’lumotlar ortiqchaligining yo‘qligi ularning butunligini saqlashga imkon yaratdi. Ko‘p kalitlar bo'yicha izlash imkoniyatlari paydo bo‘ldi. Berilganning murakkab tuzilishlaridan foydalanishda progıammlarni murakkablashtirishga ehtiyoj juda kamaydi.
4-bosqichda MB kengayishini katta o ‘zgarishlarsiz amalga oshirish vositalari kiritilgan. MB administratori uchun yaratilgan vositalar tizimi boshqarish imkonyatini yaratadi va ma’lumotlarni saqlashni ta’minlaydi. Administrator hamma foydalanuvchilar uchun qulay bo‘lgan tuzilishni tanlaydi.

Download 58.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling