1-Mavzu Axborotni kodlash turlari


-Mavzu Elektron hukumat, uni rivojlantirishning meyoriy-huquqiy asoslari


Download 398.31 Kb.
bet24/34
Sana03.11.2023
Hajmi398.31 Kb.
#1743428
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34
Bog'liq
1-Mavzu Axborotni kodlash turlari

21-Mavzu
Elektron hukumat, uni rivojlantirishning meyoriy-huquqiy asoslari.
Elektron hukumat tushunchasi dastavval XX asrning 90-yillari boshida AQSHda paydo bo‘lgan. Mazkur tushuncha, 1991 yilda, AQSHning o‘sha vaqtdagi prezidenti Bill Klinton davrida, internet va umuman axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlantirishga davlat darajasida, alohida e‘tibor qaratgan paytda yuzaga kelgani ma‘lum.
Klinton ma‘muriyati davrida davlat idoralari hujjatlari orqali OAVga tarqalgan «Elektron hukumat» tushunchasi, 1999 yildan boshlab, okean orti va Yevropaning yetakchi nashrlarida davriy ravishda va tez-tez uchray boshladi. Aynan shu davrda, «Elektron hukumat» va unga bog‘liq tamoyillar tahlil va tadqiq qilingan ilmiy ishlar ham paydo bo‘ldi. Misol uchun: Bellami Teylorning «Axborot asrida hukumat boshqaruvi» asarida davlat boshqaruviga elektron axborot kommunikatsiya vositalari, xususan internetni tadbiq etishning nazariy masalalari ko‘rib chiqilgan bo‘lsa; 2002 yilda chop etilgan «Elektron hukumat strategiyasini baholash mezonlari: strategik tahlil xulosasi» nomli risolada, elektron hukumatning joriy qilishning istiqbollari, uning texnik va ijtimoiy talablari asosida tahlil qilingan edi. Keyingi davrda, axborot kommunikatsiya texnologiyalari borasida rivojlangan, yetakchi davlatlar hukumatlarining maxsus qarorlari orqali amaliy ishga o‘tildi.
Davlat boshqaruvi sohasiga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni ko‘plab nufuzli xalqaro tashkilotlar ham qo‘llab quvvatlay boshlashdi. Elektron hukumat (ingl. e-Government) – bu fuqarolar, biznes, davlat hokimiyati boshqa tarmoqlari va davlat amaldorlariga axborot taqdim etish hamda avvaldan shakllangan davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻlib, bunda davlat va fuqaro oʻrtasidagi shaxsiy aloqa minimallashtirilgan boʻladi va axborot texnologiyalaridan maksimal darajada foydalaniladi. Dunyoning taraqqiy topgan mamlakatlarida 318 «Elektron hukumat» milliy tizimini faol tatbiq qilinmoqda. Bu tizim davlat tuzilmalarini boshqarishni, davlat va tadbirkorlar oʻrtasidagi aloqani mustahkamlash orqali biznes-jarayonlarni samarali rivojlantirishni ta'minlabgina qolmay, fuqarolarga davlat xizmatlarini internet orqali hammabop interaktiv shaklda taqdim etish imkonini ham yaratadi.
Mamlakatimizda ham bir necha yillardan buyon, maqsadli ravishda interaktiv davlat xizmatlarini aholi va yuridik shaxslarga davlat organlari vebsaytlari va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat portali orqali taqdim etish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilmoqda. 2007 yildayoq, 49ta Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reestri (BIDXR) tasdiqlangandi. 2009 yilda u 94taga kengaytirilgan boʻlib, hozirda esa BIDXR 195dan ziyod koʻrinishni qamrab oladi. Oʻzbekiston matbuot markazida ―Elektron hukumat tizimi va interaktiv davlat xizmatlarining rivojlanishi‖ mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Sherzod Shermatov OAV vakillariga Elektron hukumat tushunchasi, uning mazmun mohiyati, amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar haqida ma'lumot berdi. Bugungi kunda ushbu yoʻnalishda Korea Respublikasi ekspertlari bilan hamkorlikda ish olib borilayotganiga toʻxtaldi. Qoʻmitaning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi boshligʻi Olimjon Umarov mavzu boʻyicha batafsil ma'ruza qildi. Ma'ruzachi Elektron hukumat tizimining ustuvor vazifalari haqida toʻxtalar ekan, davlat datamarkazini, interaktiv davlat xizmatlarining yagona portali hamda davlat organlari axborot tizimi majmuasini tashkil etish kabi masalalar ustida olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi. Ma'lum qilinishicha, shu yilning 1 iyulidan interaktiv davlat xizmatlarining yagona portali ishga tushiriladi.
Mamlakatning 2012 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari va 2013 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan 2013 yil 18 yanvardagi Hukumat majlisida Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatda 319 «Elektron hukumat» tizimini shakllantirish Konsepsiyasi va kompleks dasturini ishlab chiqish muhimligini qayd etib oʻtgandi.


Download 398.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling