1-Mavzu Axborotni kodlash turlari
-Mavzu Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal
Download 398.31 Kb.
|
1-Mavzu Axborotni kodlash turlari
23-Mavzu
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Yagona Portal) davlat organlari tomonidan, shu jumladan, pulli asosda ko‘rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan erkin foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi. Yagona portalning asosiy vazifalari: — foydalanuvchilarga davlat organlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish uchun imkoniyat berish; — foydalanuvchilarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa loyihalar bilan integratsiyalash; — foydalanuvchilarning davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirish; 2019-yil iyun oyi holatiga ko‘ra, Yagona portal orqali 150 dan ortiq davlat interaktiv xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda va interaktiv davlat xizmatlari orasida eng ommabop bo‘lgan xizmatlar TOP-10 ligi to‘g‘risida ma’lumot berildi. Ma’lumotlar 2019-yil 19-iyun sanasi uchun ko‘rsatilgan. Demak: 10-o‘rin: Sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni olish uchun elektron ariza yuborish – xizmat yarimavtomat tarzda, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladi. Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Xizmatni ko‘rsatish muddati 2 ish kuni. 9-o‘rin: O‘zbekiston Respublikasi hududiga temiryo‘l transport vositasi orqali olib kirilayotgan yuk haqida ma’lumot olish – xizmat avtomatik tarzda, tadbirkorlik subektlari — jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladi. Mazkur xizmat O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan yuk ortilgan temir yo‘l transporti vositasining bojxona postlaridan o‘tish vaqti va joyi haqida ma’lumotlarni olish imkonini beradi. 8-o‘rin: O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini avtomobil transportida olib o‘tishda yuk tashuvchilar tomonidan Davlat bojxona xizmati organlariga oldindan elektron ma’lumot taqdim etish – xizmat yarimavtomatik tarzda ko‘rsatiladi va jismoniy va yuridik shaxslarga O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali avtomobil transportida olib o‘tilayotgan tovarlar va transport vositalari to‘g‘risida davlat bojxona xizmati organlariga o‘z vaqtida oldindan ma’lumot taqdim etish imkoniyatini yaratadi. 7-o‘rin: Yuridik shaxslar, jismoniy shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq qarzi mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma – xizmat avtomatik tarzda ko‘rsatiladi. Soliq to‘lovchi yuridik va jismoniy shaxslarga, davlat soliq xizmati organlariga tashrif buyurmasdan mustaqil ravishda soliq qarzi mavjud emasligi haqida elektron ma’lumotnomani shakllantirib chop etib olish imkoniyati yaratilgan. Mazkur ma’lumotnoma o‘zining unikal raqamiga ega bo‘lib, barcha so‘ralgan korxona va tashkilotlarga taqdim etilishi mumkin. Ushbu tashkilotlar elektron ma’lumotnomaning haqiqiyligini soliq organlarining ma’lumotlar bazasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tekshirib olish imkoniyatlari ham mavjud. 6-o‘rin: Tashqi iqtisodiy faoliyatga tegishli kontrakt (shartnomalar) ma’lumotlarini Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritish – xizmat avtomatik tarzda ko‘rsatiladi. Tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha ma’lumotlar, tadbirkorlik subektlari tomonidan kontraktga tegishli ma’lumotlar asosida «E-Kontrakt» maxsus bepul dasturiy ta’minotlar yordamida shakllantirilgan va Davlat xizmatlari agentligi tomonidan berilgan Elektron Raqamli Imzo bilan tasdiqlangan faylni, Yagona portal orqali yuklash yo‘li bilan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga taqdim etiladi. Dasturiy ta’minot foydalanuvchilari uchun yo‘riqnomani quyidagi havolalar («E-Kontrakt» havolasi) bo‘yicha yuklab olish mumkin. 5-o‘rin: Tovarlarni elektron deklaratsiyalash – xizmat yarimavtomatik tarzda jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladi. Mazkur xizmat orqali tadbirkorlar bojxona yuk deklaratsiyasini yoki bojxona qiymatiga tuzatishlar (BQT) kiritish shakllarini elektron taqdim etishlari mumkin. 4-o‘rin: Fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimiga hisobga olish – xizmat jismoniy shaxslarga avtomatik tarzda ko‘rsatiladi va Elektron raqamli imzo bo‘lishini talab etadi. Xizmat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Fuqaroni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida» 2018-yil 26-martdagi 238-son qaroriga asosan ko‘rsatiladi.3-o‘rin: STIRni aniqlash — Mazkur xizmat orqali soliq to‘lovchi jismoniy shaxslar davlat soliq xizmati organlariga tashrif buyurmasdan Davlat soliq qo‘mitasida ro‘yxatga olinganligi hamda STIR berilganligi to‘g‘risida guvohnomani avtomatik tarzda, elektron ko‘rinishda yuklab olishlari mumkin. 2-o‘rin: Ko‘chmas mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish – xizmat yarimavtomatik tarzda ko‘rsatiladi va Elektron raqamli imzo talab etadi. Ko‘chmas mulk obekti mulkdorlari yoxud ushbu obekt bo‘yicha ashyoviy huquqlar egalari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning vakolatli vakillari ko‘chmas mulk obektiga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelgan, boshqa shaxsga o‘tgan, cheklangan yoki bekor bo‘lgan yoki ko‘chmas mulk obektining huquqiy holati o‘zgargan kundan boshlab bir oy muddatda ko‘chmas mulk obektiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishlari shart.1-o‘rin: Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha elektron ariza yuborish – xizmat yarimavtomatik tarzda ko‘rsatiladi. Ushbu xizmat orqali bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha navbatga qo‘yish yoki yo‘llanma olish uchun ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar elektron ariza yuborishlari mumkin. Download 398.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling