1-Mavzu Axborotni kodlash turlari
-Mavzu Elektron hukumatning modellari
Download 398.31 Kb.
|
1-Mavzu Axborotni kodlash turlari
22-Mavzu
Elektron hukumatning modellari. “Elektron hukumat” bu -davlat organlari faoliyatini yangi shaklda tashkil etish hisoblanib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida tezkorlik sifat darajasini oshirish va tashkilot va fuqarolarning davlat xizmatlari va davlat organlari faoliyati natijalari haqidagi ma’lumotni olish uchun qulay sharoit yaratishni ta’minlashdan iborat. Hukumat elektron vositalar yordamida aholiga, tijorat tashkilotlariga, hukumat tuzilmalari o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni takomillashtirishda samarali xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. “Elektron hukumat”ning turlicha ta’riflari mavjud bo‘lib, uning asl mazmun va mohiyatini bilish maqsadida bu ta’riflardan bir nechtasini keltiramiz: Davlat boshqaruvida axborot kommunikatsiyasi texnologiyalari; Davlat tomonidan xizmat ko‘rsatish jarayonlarini avtomatlashtirish; Davlat boshqaruvida axborotga ishlov berish, uni uzatish va tarqatishni hamda hokimiyatning barcha darajalarida davlat organlarining fuqarolarga xizmat ko‘rsatishini elektron vositalar asosida tashkil etish; Davlat hokimiyati organlari va jamiyat o‘rtasida axborotlashtirish-dagi o‘zaro munosabatlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etish; Quyidagi asosiy xizmat va vazifalarni o‘z ichiga olgan avtomatlashtirilgan davlat xizmati: fuqarolarni kerakli davlat axborotidan erkin foydalanishini ta’minlash; soliqlar yig‘ish, patentlar va transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish; davlat apparati uchun zarur material va jihozlarni xarid qilishni rasmiylashtirish hamda bitimlar tuzish. “Elektron hukumat” tizimi, mutaxassislarining fikricha, davlat boshqaruviga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining kirib kelishi iqtisodiyotning rivojlanishini tezlashtirish imkonini beradi, ma’muriy buyruqbozlik asosida kelib chiqadigan sarf-xarajatlarni kamaytiradi, davlat tashkilotlarining ish unumi va samarasini oshiradi, aholining turli axborotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hisobiga fuqarolik jamiyatini shakllantirish bo‘yicha imkoniyatlarni kengaytiradi, davlat xizmatlarining faoliyatidagi shaffoflikni yaratadi va byurokratik to‘siqlarni kamaytiradi. Shunday qilib “Elektron hukumat” tizimi quyidagi asosiy maqsadlarni o‘z ichiga oladi: aholi va biznesga davlat xizmatlari ko‘rsatishni maqbullashtirish; davlat boshqaruvida aholining ishtirok etish darajasini oshirish; fuqarolarning o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish va qo‘llab-quvvatlash; geografik joylashgan yerdagi omillarning ta’sirini kamaytirish. “Elektron hukumat” tizimini yaratish arzon va samarali ma’muriy boshqaruvga olib kelishi bilan jamiyat va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tubdan o‘zgartiradi, buning natijasida hokimiyatning xalq oldidagi mas’uliyati oshadi. “Elektron hukumat” tizimining asosiy tamoyillaridan biri - har bir fuqaro hukumatga istalgan zamon va makonda murojaat etishi mumkin bo‘lishidir. Ya’ni, “Elektron hukumat” fuqarolarni davlat bilan o‘zaro munosabati va davlat xizmatini sutkasiga 24 soat, haftasiga 7 kun geografik qayerda joylashishidan qat’i nazar, ta’minlashi lozim. Hozirgi vaqtda fuqarolarga axborot etkazish passiv va muntazam bo‘lmagan holda ommaviy axborot vositalari orqaligina amalga oshiriladi. Odamlar yangi qonunlar, hukumat qarorlari va boshqa miyoriy hujjatlar bilan gazeta, televidenie hamda boshqa ommaviy axborot vositalari orqali tanishadilar. Lekin bu hujjatlar bilan ular haqiqatan ham zaruriyat tug‘ilganda tanisha olmaydilar. Masalan, biror davlat idorasiga murojaat etilganda axborot izlash muammosi bilan bog‘liq xizmatlarga duch kelinadi. “Elektron hukumat” tizimi fuqarolar bilan hokimiyat, turli ijtimoiy xizmatlar, qo‘mitalar, tashkilotlar, umuman olganda, istalgan darajadagi rahbar xodim bilan ochiq interfaol rejimda muloqot qila olish imkoniyatini yaratadi. “Elektron hukumat” tizimini yaratishdan asosiy maqsad sub’ektiv faktorlarni kamaytirgan holda davlat xizmatidagi mansabdor shaxslarni fuqarolar bilan yaqinlashtirishni ta’minlashdir. Bundan jamiyat hech bo‘lmaganda poraxo‘rlik va korrupsiyaning kamayishi ko‘rinishida foyda ko‘rishi mumkin.Xullas, “Elektron hukumat” tizimi sarf-xarajat talab qiladigan tizim sifatida emas, balki, davlat boshqaruvini amalga oshirish tamoyilining jamiyatni axborotlashtirishdagi keng ko‘lamli elementi ko‘rinishida qaralmog‘i lozim. Albatta, sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar saylov tizimi, qonunchilik faoliyati, barcha darajadagi hokimiyatlarning fuqarolar oldidagi mas’ulligi nazoratini amalga oshirish tizimlari, ularning birlashmalari va tadbirkorlik faoliyatini qamrab olishi lozim. Download 398.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling