Tarbiya fani 9-sinf III chorak test
1)Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev fikrini davom ettiring: Eng katta boylik – bu…..
J: aql-zakovat va ilm
2)Farzandlariga obod va ozod Vatan qoldirish –…..
J: Har bir insonning oliy maqsadi
3)”Hayot yo‘lida birinchi masala maktab masalasidir “.Bu so’zlarning muallifi kim?
J:Abdurauf Fitrat
4)Insondagi qanday ehtiyoji oilani, atrofdagilarni hurmat qilish hissini uyg‘otadi va imkoniyatlarni kengaytiradi?
J:O‘z-o‘zini qadrlash va munosib bilish ehtiyoji
5)Faol fuqarolik Vatan taqdiriga …..tuyg‘usi sabab paydo bo‘ladi.
J:daxldorlik
6)O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi qanday jinoyat ishi nazarda tutilgan?
J: tovlamachilik
7)Tovushni yozib oladigan va qayta eshittiradigan asbob nima deyiladi?
J: fonograf
8)O‘rta yoshda insonni baxtsiz qiladigan omillar nima bilan bog‘liq?
J: Oiladagi notinchliklar
9)Maqsadni amalga oshirish algoritmini ketma-ketlikda belgilang?
1.Ilk qadamni tashlash 2.Amalga oshirish muddatini belgilash 3.Maqsadni aniqlash 4. Qat’iyat bilan harakatlanish 5. O‘z ustida ishlash
J:3,2,5,1,4
10)«Aqlning chinakam belgisi bilim emas, tasavvurdir». Bu so’zlarning muallifi kim?
J: Albert Eynshteyn
11)«Bilimga asoslangan jamiyat» deganda nima tushuniladi?
J: zamonaviy dunyoning o‘zgaruvchan iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida raqobatlasha olish va muvaffaqiyatga erishish
12)Sundar Pichai eng sevimli mashg‘ulot nima edi?
J: elektronika mahsulotlarini titkilash
13)Fikrini davom ettiring: Avlodlarga qoldirish mumkin bo‘lgan eng munosib meros – Vatan erkinligi, zaminni sevish tuyg‘usi hamda…..(Sharq hikmati)
J: go‘zal tarbiyadir
14)12-betdagi hikoyani qanday nomlagan bo‘lar edingiz?
J: yaxshilik
15)Insonlarni yaxshilikg‘a chaqirguvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilmdur.Bu jumla nimani nazarda tutyapti?
J: axloq
16)Kamolot hosil qilishdan chetlangan kishi – odamlarning eng…..( Abu Ali ibn Sino)
J: qo‘rqog‘idir.
17)Anzirat buvi kim?
1. suyunchi filmining bosh qahramoni 2. qishloqdagi barchaning issiq-sovug‘idan xabardor buvi 3. hashar ishlariga bosh-qosh buvi 4.qishloq muammolarga yechim topishda faol buvi
J:1,2,3,4,
18)”Wikipedia”elektron ensiklopediyasida qancha maqolalar mavjud?
J: 4,7 million
19 Yangi uyga ko‘char ekan, Tomas bolaligi o‘tgan uyning har qarichini oxirgi marta ko‘zdan kechirdi. Xizmatkorlardan o‘ziga qadrdon jihozlarni mashinaga avaylab yuklashlarini iltimos qildi.Bu so’zlar qaysi hikoyadan olingan?
J:Onaning oqilaligi
20)Mahmudxo’ja Behbudiy 1904-yildan…..
J:Yangi maktablar uchun darsliklar tuzishga kirishdi.
21) Olti jildlik «Tafsiri Hilol» asari muallifi kim?
J:Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
22)Eynshteynning fikricha, inson har kun, muayyan paytda idrok qilish bilan band bo‘lishi lozim. Bu jarayon nima deb nomlanadi?
J: ijodiy tafakkur
23)-….. maqsadga yetish yoki muvaffaqiyatsizlikka uchrash faoliyatni boshqarishning ajralmas qismidir.
J: Qaror qabul qilish
24)Sundar Pichai qaysi yilda «Google» kompaniyasining rahbariga aylandi?
J: 2015-yilda
25)Zahiriddin Muhammad Bobur Vatanga murojaat qilib nima deb yozadi?
J: «Behad vafo-u mehr sanga ko‘rsatib edim, Sen ham sog‘ing‘aysen mehr-u vafo bila»
Do'stlaringiz bilan baham: |