1-Mavzu. Axloqshunoslik fanining tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari Reja


Download 4.7 Mb.
bet25/44
Sana04.11.2023
Hajmi4.7 Mb.
#1746956
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44
Bog'liq
etika,estetika,mantiq

Estetiklik (nafosatlilik) — mushtarak kategoriyadir, u o’zida barcha boshqa estetik mezoniy tushunchalarni birlashtiradi.
Mazkur kategoriyada insonning estetik subyekt sifatida borliqqa, voqyelikdagi narsa, hodisalarga bo’lgan munosabati ifodalanadi. Shunga ko’ra u falsafiy mazmunga ega bo’lib, bu estetik bilishning xususiyatlari orqali anglashiladi. (O’tgan mavzuning birinchi savoliga qarang).
Estetiklik (nafosatlilik) kategoriyasining mohiyati quyidagi nisbiy, mezoniy tushunchalar tizimi mazmuni orqali anglashiladi, zuhrlanadi. Bular: go’zallik, ulug’vorlik, fojiaviylik va hajviylik.
Mazkur tushunchalar estetik bilishning o’zaro bir-birini mazmunan taqozo etadigan va bir-biriga o’tib turadigan jihatlar tarzidagi aloqadorlikdagi xususiyatlarini ifodalaydi. Buni quyidagi sxemada ifodalash mumkin.
A-estetiklik (nafosatlilik)
B -go’zallik
V-ulug’vorlik
G-hajviylik, fojiaviylik

-o’zaro mazmunan bir-birini taqozo etishi, bir-biriga o’tishi




Go’zallik, estetika fanidagi asosiy masalalardan biridir. Chunki undagi deyarli barcha boshqa muammolar ana shu mezoniy tushuncha mazmuni orqali tahlil qilinadi va anglashiladi. Kishilik estetik fikr taraqqiyotiga nazar tashlaydigan bo’lsak, mazkur masala asosiy bah mavzularidan biri bo’lib kelgan va uning qanday hal etilishiga qarab turli falsafiy-diniy qarashlar, ta’limotlar yuzaga kelgan.
Masalan, quyoshga sig’ingan qadimgi ajdodlarimiz ayni paytda unga go’zallik ma’budasi — timsoli sifatida qaraganlar va shu asosda zardushtiylik ilk natur falsafiy-diniy ta’limoti shakllangan. Mazkur ta’limot umuminsoniy, falsafiy-estetik g’oyalarini o’zida mujassamlashtirgan bo’lib, u dunyo xalqlarining fan, madaniyat rivojiga katta ta’sir ko’rsatadi. “Aytish mumkinki,-deb ta’kidlaydi Islom Karimov zardushtiylikning muqaddas kitobi haqida fikr yuritar ekan,- “Avesto”da bayon etilgan ilmiy va hayotiy tushuncha- tasavvurlar nafaqat Markaziy Osiyo va Yunoniston, balki butun G’arb ilmu fani va falsafasi rivojiga salmoqli hissa bo’lib qo’shilgan”.46
Zardushtiylik ta’limoti mohiyatan tabiat va inson go’zalligining falsafasidir. Qadimgi yunon natur faylasuflarining inson (mikro olam) va tabiat (makro olam) uyg’unligi haqidagi qarashlari ana shu falsafiy g’oya ta’sirida yuzaga keladi, deb aytish mumkin. Ana shunday yunon natur faylasuflaridan biri Geraklit (e.o. 554- 483) fikricha, doimiy harakatdagi ibtido unsur -substansiya — olov (Quyosh — izoh bizniki) olamning asosini tashkil etadi. U “Tabiat haqida” nomli asarida go’zallikning mohiyatini o’zining ana shu umumiy fikridan kelib chiqqan holda tushuntiradi. Uningcha olov (Kuyosh) mangu harakat oqimi bo’lgan hayotni yuzaga keltiradi. Go’zallik ana shu okimning mohiyatidir.
Yana bir yunon natur faylasufi Empedokl (e.o. 490-30 y) uqdirishicha, olam asosini to’rtta ibtido unsur tashkil etadi. Bular: har biri alohida- alohida mavjud olov, havo, cyv, tuproqir. Ularning o’zaro birikishi va ajralishishini faylasuf ikki bir-biriga qarama-qarshi tortilish (muhabbat) va itarilish (dushmanlik — qahr, g’azab) kuchlarining amal qilishi bilan izohlaydi. Mazkur kuchlarning bir-biriga nisbatan ustun kelishi bo’yicha amal qilishi koinot taraqqiyotining davriy (sikllik) tarzda qyechishini belgilaydi, deb hisoblaydi faylasuf. Qayd etilgan unsurlarning o’zaro birlashishi — o’yg’unlashishi tabiat, uning bo’lagi- inson go’zalligini yuzaga keltiradi.
Pifagorchilar (qadimgi yunon faylasufi Pifagor — e.o. 580-500 va uning izdoshlari) miqdoriy munosabatlar narsa, hodisalarning mohiyati hisoblanadi, deb tushunadilar. Boshqacha qilib aytganda, butun olam sonlarning doimiy, o’zgarmas katorlaridir. Ular o’zlarining ushbu umumiy fikrlaridan kelib chiqqanlari holda go’zallikning mohiyatini matematik nuqtai nazardan turib tahlil qilishga harakat qiladilar. Pifagorchilar tasavvuricha, osmon jismlari tovush chiqarganlari holda harakatlanadilarki, uning past-balandligi (tembri), harakat tezligi mikdoriy munosabatiga bog’liq.
Boshqa bir yunon faylasufi Suqrot (Sokrat — e.o. 469-399y) narsa, hodisalarning go’zalligi ularning faqat foydalilik jihati bilan belgilanadi, deb ko’rsatadi. U bu haqida shunday deb yozadi: “Agar chiroyli bezatilgan qalqon jangchini dushmandan himoya qilmasa, go’zal emas. Aksincha bezatilmagan qo’pol qalqon o’z vazifasini bajarsa, u go’zaldir”.
Suqrotning shogirdi Aflotun (Platon e.o. 428-348y) go’zallikning mohiyatini mazmundan tashqaridagi mavhumiy shaklda ko’radi. Shunga ko’ra u go’zallikni narsa, hodisalar xususiyati sifatida emas, balki makon va zamondan tashqaridagi mutlaq mavhumiy (umumiy) shakl-g’oya tarzida olib qaraydi. “Men buni (shakl — g’oyani- izoh bizniki) u yoki bu narsaga nisbatan emas, balki u o’z tabiatiga ko’ra va mangu shunday bo’lganligiga ko’ra go’zal deb atayman”, -deb yozadi “Katta Gippiy” nomli asarida.
Aflotun birinchilardan bo’lib go’zallik bu - faqat narsa, hodisalarning “sof” obyektiv xususiyatlarini emas, balki insonning ruhiy borlig’i, dunyosini ifodalovchi tushuncha ekanligini ko’rsatib berishga harakat qiladi.
Faylasuflarning mazkur masalaga bo’lgan qarashidagi qimmatli jihati shundaki, u go’zallik narsa, hodisalarning tashqi tomoni, shaklida emas, balki mohiyatida yashiringan bo’ladi, uni idrok eta bilish talab etiladi, degan fikrni ilgari suradi.
Arastu (Aristotel — e.o. 384-322) mazkur masalada o’z ustozi Aflotunga nisbatan muqobil qarashni ilgari suradi. Uningcha, go’zallikning mohiyati narsa, hodisalarning tabiiy mutanosiblik, uyg’unlik, hamohanglik va boshqa shu kabi xususiyatlarni ifodalashligida anglashiladi, deb tushuntiradi.
Go’zallik masalasi nemis faylasuflari I. Kant va G.V. Gegellar tomonidan atroflicha tahlil qilinadi. Kant (1724-1804) go’zallikni har qanday foydali, manfaatdorlikdan holi munosabatdir, deb ta’riflaydi.
Gegel (1770-1831) “Estetika haqida ma’ruzalar” nomli asarida go’zallik xususida batafsil fikr yuritadi va uni mutlaq ruhning hissiy ifodalanish shaklidir, deb ta’riflaydi. Go’zallikni bunday shaklda ifodalashning vositasi san’at, deb hisoblaydi faylasuf.
Estetik fikr tarixida go’zallik masalasiga bo’lgan turlicha qarashlar uning mohiyatini aniqlashda nisbiy bilim — haqiqatlar majmui bo’lib xizmat qiladi.
Go’zallik — bu markaziy mezoniy tushuncha bo’lib, unda borliqdagi narsa, hodisalarning shakl va mazmun uyg’unligi va estetik qimmatga ega bo’lgan mukammalligi va insonning unga bo’lgan munosabati ifodalanadi. Obyektning xususiyat, jihat, munosabatlari qayd etilgan birlik o’lchovida idrok etilgan paytda u kishida (subyektda) shodlik, zavqlanish va ma’naviy lazzatlanish his-tuyg’ularini uyg’otadi. Go’zallikning mohiyati borliqning barcha sohalarida (tabiat, jamiyat, inson, san’atda) turlicha shakllarda namoyon bo’ladi.
Tabiatdagi go’zallik har bir turning uzoq evolyusion, tadrijiy taraqqiyoti natijasi o’larok, shakllangan o’zaro uyg’unlik, maqsadga muvofiqlik kabi xususiyatlari bilan belgilanadigan mukammalligida namoyon bo’ladi.
Bizni qurshab turgan jonli va jonsiz tabiat, tabiiy muhitning o’zini shu nuqtai nazardan olib qaraydigan bo’lsak, ular uchun umumiy mukammallik qonuniyati xosdir. Tabiat barcha tirik va notirik turlarning uzaro uyg’un, mutanosibligidan tashkil topgan mutlaq mukammalligidir. Va bunda ularning (turlarning) hech biri ortiqcha emas, ya’ni biri ikkinchisiz yashay olmaydi. Mazkur qonuniyatni anglab yetmaslik XX asr oxirida mavjud sivilizasiyaga xavf soluvchi umumbashariy ekologik muammolarni keltirib chiqardi.
O’tgan asrning boshida bir rus faylasuf yozuvchisi o’zining va o’zga yurtlarga xavf solayotgan ma’naviy qashshoqlikdan tashvishlanib: “Dunyoni go’zallik qutqaradi” deb bashorat qilgan edi. O’sha yozuvchining hikmatli iborasini qo’llagan holda “Bugungi kunda umumbashariy ekologik xavfdan go’zallik qutqaradi” deb aytish mumkin.
Jamiyat go’zalligi uning taraqqiyoti yo’nalishi, iqtisodiy va ma’naviy sohalarining o’zaro uyg’unlikda rivojlanishida namoyon bo’ladi. Taraqqiyotning yo’nalishi, har bir shaxs, fuqaroning kamolotiga qaratilgan jamiyatnigina mukammallik darajasiga ko’tarila oladi. Jamiyat, tabiat va inson o’rtasidagi uyg’unlik ana shunday mukammallikni ifodalaydiki, bu uning ma’naviy hayoti, ma’naviyati rivoji darajasi bilan belgilanadi. Bu o’rinda faylasuf, estetik olim T.Maxmudovning quyidagi fikrlarini keltirish o’rinlidir: “Ma’naviyat shaxs va millatning “aqlli qalbi”ni ifoda etadigan, tarix taqozasiga binoan uning turli tomonlari namoyon bo’ladigan, tabiat, jamiyat va insonning insoniylashuv darajasini bildiradigan ruhiy idrok, ziyrak qalb olamidir”.47
Bugungi kunda mamlakatimizda qurilayotgan demokratik, fuqarolik jamiyati maqsad va mohiyatiga ko’ra ana shunday mukammal ijtimoiy tuzum tipi hisoblanadi.
Shaxs (inson) go’zalligi keng ma’noda uning ma’naviy-ruhiy dunyosining faoliyati, hatti-harakatlarida namoyon bo’lishligi bilan belgilanadi. Shunga ko’ra konkret shaxs go’zalligi uning ijtimoiy-siyosiy faolligi, xulq atvori, axloqi va kundalik amaliy faoliyati bilan chambarchas bog’liq jihat hisoblanadi. Lekin ayni paytda mazkur jihat quyidagi mezoniy o’lchovlariga ega.
1) Obyektga estetik subyekt sifatida munosabatda bo’lishi. Boshqacha qilib aytganda, narsa, hodisalarning estetik qimmatini baholay olish qobiliyatiga ega bo’lishi. Masalan, u yoki bu siyosat mafkurasini estetik ideallar mezonida turib baholay olmaydigan shaxsning ijtimoiy faolligi manqurtlik darajasida bo’ladi. Bugungi kunda terrorizm va boshqa turli siyosiy oqimlarning ta’siriga tushib qolgan ba’zi yoshlarning ijtimoiy faolligi ana shunday manqurtlik — siyosiy qo’rlikdir.
2) San’at asarlarini idrok eta bilish, estetik qadriyatlar sifatida baholay bilish va ulardan ma’naviy g’izolanish (oziqlanish), lazzatlana bilish malakasiga ega bo’lishi.

  1. Inson ichki ma’naviy-ruhiy dunyosining uning tashqi dunyosi (hatti- harakati, husni, chiroyi) bilan uyg’unligi va bunda birinchisining belgilovchi mavqyeiga ega ekanligi. Masalan, kishining husni, chiroyi qanchalik jozibali bo’lmasin, agar ichki dunyosi ma’naviyatdan oziqlanmagan bo’lsa, u go’zallik fazilatidan mahrumdir.

Bu o’rinda taniqli yozuvchi Mirzakalon Ismoiliyning: “Go’zallikning yaprog’i axloq, ildizi — ichki dunyo, mevasi — insoniy fazilatdir”, degan hikmatli gapi yodga keladi.
Inson go’zalligining qayd etilgan mezoniy o’lchovlarini hisobga olmasdan turib bugungi kunning asosiy vazifalaridan hisoblanmish komil insonni shakllantirish masalasini hal qilish mumkin emas.
San’atda vokelik shakl va mazmun uyg’unligida badiiy obrazlarda aks ettiriladi. Shunga ko’ra hap qanday yuksak darajada yaratilgan san’at asarlari go’zallikning konkret shakldagi ifodasidir. Bunda estetik ideal badiiy asar yaratishning o’lchovi — go’zallikni tasvirlashning mezoni bo’lib xizmat qiladi. Bu o’rinda Cho’lpon va Abdulla Oripovlarning “Go’zallik” deb nomlangan she’rlarini olib qaraylik. Ularda o’quvchi inson go’zalligining o’zi uchun notanish jihatlarini inkishof etadi.
Qorong’u kechada ko’kka ko’z tikib,
Eng yorug’ yulduzdan seni so’raymen
Ul yulduz uyalib, boshini egib,
Aytadir: men uni tushda ko’ramen
Tushimda ko’raman shunchalar go’zal,
Bizdan-da go’zaldir, oydan-da go’zal!
Ko’zimni olaman oy chiqqan yoqqa,
Boshlayman andan-da seni so’rmoqqa
Ul aytadir : bir qizil yonoqqa
Mendan-da go’zaldir, kundan-da go’zal!

Download 4.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling