1-Mavzu. Axloqshunoslik fanining tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari Reja


Jadidchilik harakati va uning ta’limoti


Download 4.7 Mb.
bet22/44
Sana04.11.2023
Hajmi4.7 Mb.
#1746956
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44
Bog'liq
etika,estetika,mantiq

Jadidchilik harakati va uning ta’limoti XIX asr oxiri va XX asrning birinchi choragida turkiy-musulmon o’lkalarida (Qrim, Kavkaz, Volgabo’yi, Turkiston) milliy-ozodlik harakatining mafkurasi sifatida yuzaga keladi.
Jadidlarning asosiy maqsadi, orzusi millatni ma’rifatli qilish, uni ma’naviy uyg’onish orqali mustaqillikga erishtirish hisoblanadi.
Jadidlarning estetik qarashlari, ideali ana shu maqsad bilan izohlanadi. Bu Abdulla Avloniy Maxmudxuja Behbudiy, Munavvar Qori, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho’lpon, Abdulla Qodiriy kabi nomlari zikr ma’rifatparvarlar tomonidan yaratilgan ilmiy va san’at asarlarida o’z aksini topgandir. Ular san’atni millatni uyg’otish, tarbiyalash vositasi deb biladilar.
Shuning uchun ham jadidlarning asosiy maqsadi, orzusi xalqni, millatni ma’rifatli qilish, uni ma’naviy-uyg’otish orqali mustaqillikga erishish hisoblanadi. Shunga ko’ra mazkur ideal (orzu), maqsad sof siyosiy, mafkuraviy g’oyalar majmui bo’lmasdan, u mohiyatdan estetik ideal hamdir.
Jadidchilik ta’limotining asosiy estetik ideali mazkur ta’limotning nomlari qayd etilgan namoyandalarining siyosat, mafkura, axloq, ta’lim,-tarbiya kabi sohalarga oid karashlarida o’z aksini topgandir. Masalan, Maxmudxo’ja Behbudiy istiqlol-mustaqillikga erishtirishning bosh yo’li - bu millatni savodli, maorif va madaniyatli qilishdir,-deb ko’rsatadi. «Makotib – taraqqiyning boshlang’ichi, madaniyat va saodatning darvozasidur. Har millat eng avval makotibga ibtidoysini zamoncha isloh etib ko’paytirmaguncha taraqqiy yo’liga kirib madaniyatdan foydalanmas. Madaniyati hoziradan mahrum qolub, sanoye’ va maorif saloxi ila qurollanmagan millat esa, dunyoda rohat va saodat yuzini ko’rolmas»42
Shuningdek, Fitratning har bir asari milliy merosni qayta tiklash va milliy madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan bo’lib, ularda istiqlol va taraqqiyot konsepsiyasining estetik ideali bayon etiladi va unga tayanadi.
Jadidchilik ta’limotining estetik ideali ayniqsa mazkur ta’limot namoyandalari tomonidan yaratilgan san’at asarlarida to’larok va yaqqolroq o’z ifodasini topgandir. Chunki borliqni badiiy-obrazli, his-tuyg’u va tafakkur birligida aks ettiruvchi san’at o’z tabiatiga ko’ra estetik idealni ifodalovchi ijtimoiy ong shaklidir.
Xuddi shunga ko’ra san’at o’zining tarbiyaviy-mafkuraviy vazifasini bajaradi. Jadidchilar san’atning bunday tabiatini yaxshi anglaganlar va uni millatni ma’rifatli qilishi va o’z-o’zini anglash vositasini deb bilganlar.
Bu o’rinda M.Behbudiyning «Padarkush» pyesasining estetik qimmati va uning o’z vaqtida millatni o’z-o’zini anglashi, mafkuraviy uyg’onishiga qay darajada xizmat qilganligi haqida qisqacha to’xtalib o’tish maqsadga muvofiqdir. Pyesada katta bir boyning o’qimagan Toshmurod ismli o’g’lining buzuq yo’llarga kirib, o’z otasini o’ldirganligi tasvirlanadi. Bolaning buzuq yo’lga kirishining sababi otasining uni o’qitmaganligi, uning tarbiyasiga befark bo’lganligi deb ko’rsatiladi. Chunki boy ilm-ma’rifatdan uzoq, johil, faqat o’z manfaatini o’yladigan shaxsdir. Oqibatda o’g’li o’z otasini o’ldiradi.
Asarning mazmunidan shunday xulosa kelib chiqadi: jaholat va nodonlik, ilm-ma’rifatsizlik, xudbinlik eng katta fojeaga-farzandning o’z otasini o’ldirishiga olib keladi va bunday fojea butun bir millat boshiga tushmasligi zarur. Shunga ko’ra muallif o’z asarini «Milliy fojea» deb ataydi. Behbudiy o’z asarida «Millatning ilm-ma’rifatsizligi, jaholatligi - bu fojeadir» degan estetik g’oyani ilgari suradi. Behbudiy bu bilan millatni ana shu fojeadan qaytarishni asosiy vazifa deb biladi.
Ushbu pyesa muallifning sa’y-harakati tufayli sahnalashtiriladi va joylarda namoyish qilinadi. Ushbu sahna asari kishilarda g’oyat katta qiziqish uyg’otadiki, hatto kishilar uni joy yetishmaganligi sababli 3-4 soatlab tik turib tomosha qilishadi. Bu haqda o’sha paytda chiqadigan «Oyna» jurnalida shunday deb xabar beriladi: «Xalq nihoyat ko’p kelib belat yetmagani va joyni yo’kligi uchun uch-turt kishi qaytib ketdi... Soat yettidan minglab xalq ibratxonaga xujum qilgan (bilet uchun – izoh bizniki)»43[10][12].
Behbudiy o’zining ushbu asarida va boshqa asarlarida ilgari surgan estetik ideallariga sodiq qoladi va shunga ko’ra u o’limga mahkum etiladi. Uning o’limi shunchalik fojea emas, u millat ozodligi yo’lidagi yuksak kahramonlik ramzidir. Bu yerda allomaning o’z o’limi oldidan yozib qoldirgan vasiyatnomasini keltirish o’rinlidir.
«Ey, Turkiston! Maorif ishlaridan bo’lg’on o’rtoq va o’g’lonlarim!... O’rtadan nifoqni ko’taringiz! Turkiston bolalarini ilmsiz qo’ymangizlar! Har ish qilsangiz jamoat ila qilingizlar! Buxoro tuprog’iga tezlik ila yo’l boshlagangizlar! Ozodlikni tezlik ila yuzaga chiqaringizlar! Bizning qonimizni zolim beklardan talab qilingizlar!».
Shunga ko’ra uning o’limi estetik qiymat o’lchovi-fojeaviylik kategoriyasi tamoyili mezoni bilan idrok etiladi. Boshqacha qilib aytganda, vatanparvar, millatparvar alloma Behbudiyning yuksak maqsad-ideali istiqlolga erishish yo’lidagi o’limi, fojeasi bugungi kunda kishilarimiz tomonidan estetik tuyg’u-kahramonlik namunasi sifatida idrok etiladi.
Jadidlik harakatining namoyandalari san’at asarlarida katta ijtimoiy ahamiyatga molik bo’lgan mavzularni badiiy obrzli tarzda tasvirlaydilarki, ular ulug’vorlik estetik kategoriyasining mazmuni orqali anglashiladi, idrok etiladi. Shunga ko’ra ular kishilardan yuksak maqsad, ideal-ozodlik yo’lidagi ijtimoiy faollik, safarbarlikka yo’naltiruvchi his-tuyg’ularni uyg’otadi.
Masalan, Cho’lponning «Xalq» sarlavhali she’ri xuddi shunday estetik qimmatga egadir.
Xalq dengizdir, xalq to’lqindir, xalq kuchdir.
Xalq isyondir, xalq olovdir, xalq o’chdir.44


Download 4.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling