1-Mavzu. Axloqshunoslik fanining tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari Reja


Download 4.7 Mb.
bet30/44
Sana04.11.2023
Hajmi4.7 Mb.
#1746956
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   44
Bog'liq
etika,estetika,mantiq

9- Mavzu: Tushuncha. Hukm.4-soat



  1. Tushuncha tafakkurning shakli sifatida. Predmetlarning belgilari:

umumiy va individual, muhim va nomuhim belgilar.

  1. Tushunchani ta’riflash, bo’lish va ularning turlari.

a). Nominal va real ta’riflash (genetik va yaqin jinsi va tur belgisi orqali ta’riflash).
b). Noaniq ta’riflash.
v). Ta’riflashning qoidalari.
g). Belgilarning o’zgarishi bo’yicha bo’lish.
d).Dixotomik bo’lish.
ye). Bo’lishning qoidalari.
j). Tavsiflash (klassifikasiya).


Darsning qiskacha mazmuni: Tushuncha keng ma’noda insonning asrlar bo’yi erishgan bilimlari majmuini ifodalaydi. Agar inson bilimi organizmga o’xshatilsa, unda tushuncha uning hujayrasidir.
Mantiq ilmida tushuncha tafakkurning shakli sifatida o’rganiladi.
Tushuncha deb predmet, hodisalarning muhim va umumiy belgilarini inson ongida yaxlit tarzda aks ettiruvchi tafakkur shakliga aytiladi.Tushunchalarda faqat tashqi obyektiv borliq emas, balki inson, uning ruhiy-subyektiv borlig’i ham ifodalanadi. Masalan, «imon», «e’tiqod», «vijdon» va b. ana shunday tushunchalardir.
Belgi deb birpredmet, hodisani boshqasidan farq etuvchi va ayni paytda ularning o’xshashligini ifodalovchi xususiyatlariga aytiladi. Har bir buyum, hodisa o’ziga xos xususiyat, xossalarga egaki, ular shu orqali boshqalaridan ajratiladi va ayni paytda muayyan jins, sinfga birlashtiriladi. Masalan,muayyan xususiyatlariga ko’ra demokratik davlatni totalitar davlatdan, ziyolini paxtakordan, falsafani tarixdan va h.k. farqlash bilan bir vaqtda ularni o’xshash, umumiy belgilari bo’yicha “davlat”, «moddiy va ma’naviy qadriyatlarni yaratuvchi», “ijtimoiy fan” kabi tushunchalarda , umumlashtiramiz.
Predmet, hodisalarni farqlantiruvchi va o’xshashligini ko’rsatuvchi belgilar muhim va umumiy belgilar tarzida namoyon bo’ladi. Bu belgilar nisbiy xarakterga ega bo’lib, ma’lum bir vaqtda, munosabatda muhim belgilar muhim bo’lmagan, umumiy belgilar xususiy belgilar tarzda olib qaralishi mumkin. Masalan, insonning jinsi, irqi va boshqa tabiiy-genetik jihatlari uni ijtimoiy tip sifatida olib qaralganda nomuhim, biologik mavjudot deb qaralganda esa muhim belgilar hisoblanadi.
Buyum, hodisalarga sifat muayyanligi bag’ishlaydigan xususiyatlariga muhim belgi deb ataladi. Bu belgi predmetning ichki tabiati, mohiyatini ifodalaydi. Shuning uchun muhim belgining o’zgarishi bilan ushbu predmet ham o’zining sifat muayyanligini yo’qotadi. Masalan, parlament saylovi, saylov va saylanish, hammaning konstitusion hukuqga ega ekanligi demokratik davlatchilikning muhim belgilaridan hisoblaniladiki, bu belgilarsiz yoki ularning muqobilining o’zgarishi uni boshqarishning totalitar, monarxiya va boshqa tipiga aylantiradi.
Muhim bo’lmagan belgilar deb predmetga u yoki bu darajada xos bo’lsa-da, lekin ularning mohiyatini, sifatini belgilamaydigan xususiyatlarga aytiladi. Shuning uchun bunday belgilarning o’zgarishi yoki barham topishi predmetning sifatini o’zgartira olmaydi.
Masalan, davlat va jamoat tashkilotlari tizimi tarkibini har qancha isloq qilish, o’zgartirish bilan bugungi kunda mamlakatimizda erkin, demokratik yo’nalishidagi tub sifat o’zgarishini yasab bo’lmaydi. Buning uchun uchun muhim belgi-mulkchilik munosabatini bozor iqtisodi tamoyillari asosida o’zgartirish zarur. Shuning uchun ham hukumatimiz davlat tasarrufidagi mulklarni xususiylashtirishni bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri, deb hisoblaydi.
Har bir predmet o’zining xususiy (individual) va umumiy belgilariga ham egadir. Agar belgi faqat muayyan predmet, hodisaga xos bo’lsa xususiy belgi, agar predmetlar muayyan guruhlar, sinfga taalluqli bo’lsa umumiy belgi deb ataladi. Masalan, g’azal janriga xos shunday belgilar borki, (qofiyalanish tartibi, turoq, bahr, matla va maqta’ va b.) ular boshqa poetik janrlarda uchramaydi. Ammo ayni vaqtda g’azal hamma poetik janrlar uchun xos bo’lgan umumiy belgilarga ham ega.
Shu narsani alohida ta’kidlash kerakki, yuqorida ta’kidlaganimizdek, muhim va nomuhim, umumiy va xususiy belgilar nisbiy xarakterga ega. Muayyan vaqt sharoitda predmet uchun muhim hisoblangan belgi nomuhimga, umumiy belgi esa xususiy hisoblanishi mumkin. Masalan, sobiq ittifoq davrida shaxsning o’z-o’zini anglashi, diniy e’tiqodi, iymoni uning uchun muhim bo’lmagan belgi sifatida qaralgan bo’lsa, bugungi kunda ular komil insonni shakllantirishning eng muhim jihati hisoblanadi.
Shuningdek, umumiy belgilar ko’pincha muhim belgilar sifatida namoyon bo’lishligi mumkin. Masalan, to’qimalarning hujayrali tuzilishi barcha tirik organizmlar uchun umumiy belgi bo’lib, u ayni paytda inson va boshqa mavjudotlarning genafonini taminlovchi muhim xususiyat hisoblanadi. Shuningdek, xususiy belgilar ham muayyan bir paytda muhim va muhim bo’lmagan belgilar tarzida namoyon bo’ladi.
Buyum, hodisalarning muhim va umumiy belgilarini ajratib olish orqali tushunchalar hosil qilinadi, ya’ni shakllantiriladi. Mazkur murakkab jarayonda bir qator mantiqiy usullar qo’llaniladiki, bular quyidagilardir: 1.Taqqoslash; 2. Analiz va sintez; 3. Mavhumlashtirish (abstraksiyalash»); 4. Umumlashtirish.
Fandagi ilmiy va kundalik fikr yuritishdagi qo’llaniladigan barcha tushunchalar ana shu usullarning dialektik birlikda qo’llanilishi orqali shakllangan, yuzaga kelgandir. Buyum, hodisalarni bir-biridan farqlash va o’xshashligini aniqlash, shunga muvofiq ularning muhim umumiy belgilarini ajratish eng avvalo takqoslash (qiyoslashdan) dan boshlanadi. Darxaqiqat, bilish negizida taqqoslash yotadi. Masalan, «ibtidoiy jamoa», «quldorlik», «feodalizm», «kapitalizm» tushunchalari kishilik jamiyati bosib o’tgan tarixiy davrlarni muayyan bosqichlarda taqqoslash, so’ngra analiz va sintez qilish va umumlashtirish, mavhumlashtirish orqali hosil qilingandir. Taqqoslashda predmetlarning muhim belgilari ajratib olinmaydi, balki ularning o’xshash va farq qiluvchi xususiyatlari aniqlaniladi. Taqqoslanilayotgan predmetlar analiz qilinib, ya’ni fikran tarkibiy qismlarga ajratilib, ularning har birining xususiyatlari aniqlanilib, yana qayta yaxlitlashtirilgandan (sintezlashtirilgandan) so’nggina qanday muhim va umumiy belgilari borligi haqida fikrga kelinadi. Mantiqiy analiz va sintez qilish fikrning konkretlikdan mavhumlikka, yakkalikdan umumiylikka o’tishning muhim shartidir.
Mavhumlashtirish - bu predmet, hodisalarning, konkret belgilaridan uzoqlashishi orqali ularning mohiyatli jihatini aniqlashdir. Masalan, «konus» tushunchasida predmetning qanday materialdan yasalganligi, katta-kichikligi, og’irligi va boshqa konkret belgilari fikran soqit qilinadi, bunda faqat uning mohiyatli tomoni - geometrik figura ekanligi ko’zda tutiladi.
Umumlashtirish - mavhumlashtirish usulining o’ziga xos bir turi, ya’ni uni to’ldiruvchi shakli bo’lib, bunda ayrim predmetlar, ularning to’plami muhim belgilariga ko’ra muayyan sinf, jinsga birlashtiriladi. Masalan, so’zlarning shaxs, son kelishikda tuslanishi kabi muhim belgilariga ko’ra «mustaqil so’z turkumi» degan tushunchada umumlashtiriladi. I . Mavhumlashtirish va umumlashtirish so’z, nomlar vositasida amalga oshadi. Ayni paytda har qanday so’z eng avvalo mavhumlashtirish, umumlashtirish mantiqiy usulining natijasidir. Masalan, har qanday so’z predmetning kelib chiqishi, mavjudligiga nisbatan xech qanday sababiy bog’lanishga ega emas.
Tushunchalar ifodalanish, voqye bo’lishining grammatik shakli so’zdir. Boshqacha kilib aytganda, tushunchalar so’z orqali anglashiladi, lekin har qanday so’zlar tushunchani ifodalamaydi. Chunki tushuncha fikr shakli bo’lib,' predmet, hodisalarning inson ongidagi in’ikosi bo’lsa, so’zlar ularni nomlarda ifodalaydi. Nomlar esa belgilar tizimida (harf, ramziy ishoralar) qayd etiladi. Shunga ko’ra so’zlar yozma bitiklarda ham ifodalanadi. So’zlar faqat fikr shakli tushunchalarni emas, his-tuyg’ularni ham ifodalaydi. Shunga ko’ra ilmiy tushunchalarni ifodalovchi so’zlardan fikr his-tuyg’uni o’zida umumlashtirgan holda aks ettiruvchi so’zlarni, ya’ni poetik (badiiy) so’zlarni farqlay bilish lozim. Masalan, «issiq qor», «kuzning ko’z yoshi», "firoq tog’i" va b.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, so’zlar faqat tushunchalarni ifodalash shakli bo’lmasdan, ayni paytda ularning o’zaro bog’lanishi va mulohaza (gap), tarzida maqomga ega bo’lishida ham muhim rol o’ynaydi. Bu ko’pincha bir so’z va so’z birikmasining tugal fikrni ifodalashligida namoyon bo’ladi.
Mantiqda, shuningdek, tushunchaning hajmiga nisbatan «sinf», «kichik ; sinf», «sinflar elementi» degan atamalar qo’llaniladi.
Har bir fan muayyan mezoniy tushunchalar (kategoriyalar) tizimidan tashkil topgan bo’lib, (masalan, tilshunoslikda «kelishik», «ega va kesim», b., biologiyada «assimilyasiya», «dissimilyasiya», «oqsil», «irsiyat» va b.) ular ayni paytda ta’riflanishni talab etadilar. Shu ma’noda aytish mumkinki, har qanday fan predmeti tushunchalarni tariflash orqali tadqiq etiladi va shunga ko’ra bilimlar muayyan tushunchalar ta’rifi tizimi hisoblanadi.
Fan tushunchalari ta’riflash usuli orqali tadqiq obyektining mohiyati, qonuniyatlari ochib beriladi. Boshqacha qilib aytganda, tushunchalar ta’riflanilgandan so’nggina kategoriyalar, atamalar maqomini oladi va bilishning o’ziga xos bosqichlari bo’lib xizmat qiladilar.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, barcha fanlar, garchi ta’riflashsiz ish ko’rolmasalar-da, lekin ularning birortasi ham qanday qilib tushunchalarga ta’rif berish kerakligi masalasi bilan bevosita shug’ullanmaydi.
Faqat formal mantiq ta’riflashning mohiyati, uning umumiy metodologik tamoyillari, qoidalarini aniqlash, belgilash masalasi bilan shug’ullanadi.
Sharq mutafakkirlari tushunchalarni ta’riflashga bilishning muhim usuli (metodi) sifatida qaraganlar va undan keng ravishda foydalanganlar. Bu jihatdan o’rta asrlarda yashab ijod etgan mashhur arab faylasufi, mantiqshunosi Al Kindiy (801-866)ning «Narsalarni tasvirlash va tariflash haqida traktat» nomli risolasi alohida ahamiyatga egadir.
Shuningdek, yurtdoshimiz Abu Ali Ibn Sino (980-1037) o’zining «Mavjud narsalarni tasniflash haqida traktat» («Risolatun taqsim-ul mavjudot») va «Donishnoma» asarlarida tariflash masalasiga alohida boblar ajratadi.
Tushunchalarning mazmunini ochib beruvchi mantiqiy usul tariflash yoki definisiya deb ataladi. Bizga ma’lumki, tushunchaning mazmunini unda fikrlanayotgan predmetning muhim belgilarining majmui tashkil etadi. Demak, ta’riflashda tushunchaning muhim belgilari aniqlaniladi.
Ta’riflashning tarkibiy qismlarini bilish mazkur mantiqiy usulni amaliyotda qo’llash, malakasiga ega bo’lishning shartlaridan biri hisoblanadi. Tariflash ikki tarkibiy qismdan iborat: ta’riflaniluvchi va ta’riflovchi.
Mazmuni ochilishi talab etiladigan tushuncha ta’riflaniluvchi (bu mantiqda lotincha definiyendum – ta’riflanish so’zining qisqartirilgan Dfd harflari bilan belgilanadi), ta’riflaniluvchining mazmunini ochib beruvchi qism (bu lotincha definiyenis – ta’riflovchi so’zining qisqartirilgan harflari Dfn bilan belgilanadi) ta’riflovchi tushuncha deb ataladi.
Ta’riflaniluvchi tushunchaning xarakteriga ko’ra, ya’ni unda predmet yoki uni ifodalovchi nom (so’z)ining mazmunining ochilishiga ko’ra tariflash ikki xil bo’ladi: nominal va real tariflash.
Tushunchani ifodalovchi so’zning (nomning) lug’aviy ma’nosini ochib berishga qaratilgan hamda fanga kiritilayotgan atamaning qay ma’noda qo’llanishi talabini ifodalovchi mantiqiy usulga nominal ta’rif deb ataladi. Masalan: «Grammatika lotincha so’zdan olingan bo’lib, til qurilishi va uning qonunlari haqidagi fandir». Shuningdek, nominal ta’rif vositasida ma’lum predmetni tasvirlash orqali yangi atama (nomlar)lar ham kiritiladi. Masalan: «Tabiat va jamiyat o’rtasida yuzaga kelgan ziddiyatlar va ularni hal etish muammosi bilan shug’ullanuvchi fan sohasi ekologiya deb yuritiladi».

Download 4.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling