1-Mavzu. Axloqshunoslik fanining tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari Reja
-Mavzu. Mantiq fani predmeti va ahamiyati
Download 4.7 Mb.
|
etika,estetika,mantiq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning qiskacha mazmuni
- Manti q ilmining muammolari
8-Mavzu. Mantiq fani predmeti va ahamiyati.
REJA: 1. Tafakkur mantiq fani o’rganish obyekti sifatida tafakkurning asosiy xususiyatlari.Mantiq - tafakkurining shakllari va qonunlarini o’rganuvchi fan. 2. Tafakkurning shakllari va qonunlari haqida tushuncha. a) tafakkurning shakllari. (tushuncha, hukm, xulosa chiqarish) b) tafakkurning qonunlari. To’g’ri fikrlash (mantiqiy) qonunlari va ularning bilishdagi metodologik ahamiyati. 3. Mantiq fani rivojlanishining asosiy bosqichlari: a) Qadimgi dunyoda mantiq ilmining shakllanishi. (Hindiston, Yunoniston, Rim). b) O’rta asrlarda mantiq ilmi. Yaqin va O’rta Sharq, Markaziy Osiyoda mantiqiy fikr taraqqiyoti (Al-Kindiy, al-Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd). v) Yangi davrda (VII-XIX asrlar) mantiq ilmi. 4. Mantiq fanining nazariy va amaliy ahamiyati (F.Bekon, R.Dekart, I.Kant, G.F.Gegel). Darsning qiskacha mazmuni: Bugungi kunda har bir kishida o’zligini anglash, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish eng muhim vazifalardan birihisoblanadiki, bu eng avvalo ularda milliy g’oya, mafkuraga asoslangan tafakkur madaniyatini shakllantirish orqali amalga oshiriladi. Prezidentimiz I.Karimovning bu jihatdan quyidagi so’zlari dasturilamaliy ahamiyatga egadir: «Fikr qaramligi, tafakkur qulligi har qanday iqtisodiy yoki| siyosiy qaramlidan ko’ra dahshatlidir». Shuning uchun bugungi kunda mantiqnio’rta va oliy ta’lim tizimida zaruriy fan sifatida o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Mantiq fani amaliy falsafa fan bo’lib, kishilarda to’g’ri fikr, tafakkur yuritish, ya’ni tafakkur madaniyatini shakllantirish uning asosiy vazifasi hisoblanadi. Shuning uchun ham mazkur fan yunoncha "logika" (logos - fikr, tafakkur) va arabcha "mantiq" (aql, fikr) so’zlari bilan ataladi. Tafakkur mantiq fanining predmeti, bahs mavzuidir. Lekin u tafakkurni jarayon sifatida qanday paydo bo’ladi, rivojlanadi, degan masala doirasida o’rganmaydi. Tafakkurning ushbu jihatlari falsafa (gnoseologiya), psixologiya, fiziologiya kabi fanlar tomonidan o’rganiladi. Mantiq tafakkurni uning shakli va qonunlari asosida o’rganuvchi falsafiy fandir. Bundan maqsad-obyektiv olam hodisalari haqida chin bilimga erishishdir. To’g’ri fikr yuritish yo’l-yo’riklari, usullarini bilmasdan chin bilim, haqiqatlarga erishish mumkin emas Bunga tafakkur shakl, qonunlari tamoyillarini yaxshi bilish va ularni muhokama yuritishda qo’llay bilish orqali erishiladi. Tafakkurning shakl va mazmunlari masalasiga to’xtalishdan oldin tafakkur, uning xususiyatlari haqida umumiy tushunchaga ega bo’lishimiz zarur. Xo’sh, tafakkur nima? Tafakkur- bu kishilarning moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish faoliyati jarayonida shakllanadi va rivojlanadigan bilishning yuksak bosqichidir. Bilish esa ijtimoiy, moddiy va ruhiy borliqning inson ongida qayta ishlab chiqariladigan in’ikos etishi jarayonidir. Masalan: idrok tufayli kishi sezgi organlarida aks etilgan gul xususiyatlari yaxlitlashadi. Boshqacha qilib aytganda, idrok sezgi organlariga ta’sir etish natijasida hosil bo’luvchi predmetning yaxlitlashgan obrazidir. Idrok orqali predmetning konkret obrazi haqida tasavvur hosil qilinadi. Tasavvur - idrok etilgan predmetning kishi ongi va xotirasida saqlangan obrazi. Shuning uchun qam xotirlash bilan kishi mazkur obrazni qayta ko’z oldiga keltira oladi. Masalan, kishi qachonlardir o’zi o’qigan maktabini xotiralash bilan uning qiyofasini qayta gavdalantira oladi. Lekin kishining bevosita idrok etilmagan predmetlar haqida ham tasavvuri bo’lishi mumkin. Bunga misol qilib, Hindistonda umuman bo’lmagan kishining u mamlakat haqidagi tasavvuri yoki fantast yozuvchining xayolan yaratgan obrazlarini keltirish mumkin. Hissiy bilish shakllari insonning amaliy faoliyati jarayonida o’z-o’zini bilishi, anglashi darajasida yuzaga keladiki, ular mohiyatan bahoviy xarakterga egadir. Agar hayvonlardagi sezgi, idrok, tasavvur qanchalik takomillashgan bo’lmasin, bajaradigan funksiyalari ularning faqat yashashi uchun kurashiga qaratilgan bo’ladi. Insondagi hissiy bilish esa uning mushohadasi bilan yo’g’rilgan bo’lib, uning axloqiy, estetik tuyg’ularini ham ifodalaydi. Bunday tuyg’ular go’zallik, ezgulik kabi mezoniy, tushunchalarning mazmunini tashkil etuvchi muhim jihatlar hisoblanadi. Demak, hissiy bilish- bu bevosita bilish bo’lib, bunda obyektning tashqi, zohiriy tomonlari aks etadi. O’rganilayottan obyektning mohiyati esa aqliy bilish (tafakkur) orqali bilib olinadi. Aqliy bilishning bunday xususiyati quyidagilar bilan izohlanadi: 1.Tafakkur voqyelikning inson miyasida umumlashgan, vositali in’ikosidir. Umumlashtirish - bu predmet, hodisalarni eng muhim belgilariga ko’ra muayyan jinslarga birlashtirish va ularni nomlarda ifodalashdir. Masalan, biz «uy» tushunchasida uning muhim belgilari (kishilarning umrguzaronligi, oila bo’lib yashashlari kechadigan maskan ekanligi) asosidagi umumlashgan bino obrazni tasavvur qilamiz. Va bunda uning muhim bo’lmagan, ikkinchi darajali belgilarini (qachon va qanday materiallardan qurilganligi, katta-kichikligi va b.) fikran soqit qilamiz. Vositali aks ettirish - bu chin «bilimlarga tayangan holda xulosalar chiqarish, ilmiy taxminlarni ilgari surishdir. Masalan, boshqa sayyoralarda hayotning borligi haqidagi ilmiy gipoteza Yer planetasi haqidagi mavjud bilimlarga tayanilgan holda ilgari suriladi. Arxeolog topilgan u yoki bu ashyo orqali ma’lum bir tarixiy davr madaniyati, uning tarakqiyot darajasi haqida fikr yuritadi. Shuningdek, huquqshunos jinoyat sodir etilgan joydan topib olingan ashyoviy dalillar yordamida qidiruv, tergov ishlarini olib boradi. 2.Tafakkur til bilan uzviy bog’liqdir. Ularning birinchisi ikkinchisisiz mavjud bo’lolmaganidek, fikrdan ajralgan «sof» tilning ham bo’lishi mumkin emas. Tafakkur voqyelikning inson ongidagi umumlashgan, vositali aks etishining mahsuli - ma’naviy hodisa bo’lsa, til uni yuzaga chiqaruvchi, ifodalash vositasidir. Til orqali kishilar o’zaro ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatiga kirishadilar, aloqa qiladilar. Shu ma’noda u moddiy xislatga ega. 3.Tafakkur muayyan g’oya-maksadga yunaltirilgan faoliyat hisoblanadi. Chunki har qanday maqsad, faqat tafakkur mushohada yuritish natijasida yuzaga kelib, uning doimiy ishtirokida ro’yobga chiqariladi. Zotan inson yashashining maqsadini tirik mavjudotlar yashash tarzidan faqat g’oya bilan yo’g’rilganligi bilan farqlaymiz. Shunday kilib, tafakkur mantiq fanining o’rganish obyekti hisoblanadi. Lekin, aytganimizdek, mazkur fan umuman tafakkurni emas, balki uning asosiy shakllari va qonunlarini o’rganadi. Tafakkurning mazkur jiqatini o’rganish to’g’ri, mantiqiy fikr yuritishning zaruriy shartidirki, busiz haqiqat, chin bilimlarga erishib bo’lmaydi. Mantiq ilmining muammolari uning falsafiy fan ekanligi bilan belgilanadi. Shu bois falsafaning azaliy muammosi hisoblanmish odam va olam munosabati bilan bog’liq bilish, haqiqat, unga erishish masalasi mantiq fanining ham asosiy muammolaridan biri hisoblanadi. «Haqiqat nima, unga qanday qilib erishiladi?», «Haqiqatning mezoni nima?» degan savollarga javob topish uchun barcha davrlarda faylasuf, mantiqshunoslar bosh qotirib kelganlar va bunda, asosan, masalaning yechimiga idealistik va materialistik qarashdan turib yondashganlar. Obyektiv idealizmning asoschisi Platon (Aflotun) haqiqatni fikrning «g’oyalar dunyosi»ning «soya»si bo’lgan buyum, predmetlarga muvofiq kelishidir, deb tavsiflaydi. «Kim agar buyum qanday bo’lsa, shunga -muvofiq gapirsa,- deb yozadi faylasuf,- u haqiqatni aytgan va aksincha bo’lsa, yolg’on, xato gapirgan bo’ladi».61 Aristotel(Arastu) o’z salafining fikrini yanada konkretlashtiradi: «Kimki yo’q narsaning mavjudligi haqida gapirsa yolg’onni, lekin majud narsani bor, mavjud bo’lmagan narsani yo’q, deb tasdiqlasa, haqiqatni aytgan bo’ladi”.62 Platon va Aristotel tomonidan berilgan haqiqatning (mumtoz) ta’rifi to hozirgacha falsafa, mantiqda o’z ahamiyatini yo’qotmasdan tayanch ta’rif sifatida qo’llanilib kelinmoqda. Olmon faylasufi I. Kant o’z vaqtida haqiqatga Platoncha va Aristotelchaarastucha qarashning cheklanganligi va bu bo’yicha uning (haqiqatning) eng umumiy, ishonchli mezonini belgilab bo’lmasligini ta’kidlagan edi. Chunki, uningcha, bunday qarash haqiqat mezoni deb qabul qilingan amaliyotni faqat tajribaviy-empirik bilimlarga nisbatan qo’llash mumkin bo’lgani holda, uni aprior, (lot. arriori- boshlang’ich), tajribadan tashqari bilimlarga nisbatan qo’llab bo’lmaydi. «Haqiqat nima?- deb yozadi u, - bu- faylasuflarni boshi berk ko’chaga kiritgan, ularni mantiqan bir doirada aylantirgan ko’hna va azaliy savol. Haqiqatning nominal ta’rifiga ko’ra (platoncha, arastucha ta’rif- izoh bizniki) u bilimning predmetga mos, muvofiq kelishidir. Lekin eng muhim masala- bu har qanday bilim uchun eng umumiy va ishonchli mezonni topish bo’lmog’i kerak".63 E’tirof etish kerakki, garchi Kant masalaga o’zining subyektiv idealistik qarashidan turib yondashgan bo’lsa-da, lekin u ko’p jihatli haqiqat fenomenining mohiyatini platoncha, arastucha ta’rif to’liq ochib beraolmasligini anglab yetgan edi. Hozirgi globallashuv davrida umumjahon va mintaqaviy miqyosdagi ijtimoiy muammolar yechimi haqiqatning mohiyatini, uning mezoniy o’lchovlarini qadriyatlilik doirasida hal etishni taqozo etmoqda. Zotan haqiqat ma’naviy-axloqiy o’lchovlarda baholanilmasa, qadrlanmasa, o’z vazifasini bajaraolmaydi, haqiqiy ijtimoiy mazmunini namoyon qilaolmaydi»64. Haqiqatning qadriyatlilik (aksiologik) jihati uning ezgulik, go’zallik, axloqiy-estetik mezoniy tamoyillar bilan o’zaro birlikda ma’naviyat tizimining tarkibiy qismi sifatida amal qilishi jarayonida namoyon bo’ladi. Tafakkur murakkab, ko’p jihatli jarayon bo’lib, uni tadqiq etish bilan bir qator fanlar (gnoseologiya, tilshunoslik, psixologiya, kibernetika, fiziologiya va b.) shug’ullanadi. Formal mantiq boshqa fanlardan farqli ravishda tafakkurning shakllarini va ularning o’zaro muayyan tamoyillar asosida bog’lanish - qonunlarini o’rganadi. Aniqroq qilib aytganda, nazariy-mantiqiy bilishning shakllari, usullari va ularning asosini tashkil etuvchi qonunlar formal mantiqning predmetidir. Tafakkurni bunday, ya’ni formal tuzilishi jihatidan o’rganish to’g’ri muhokama, fikr yuritishning zaruriy shartidirki, bu esa chin bilimlarga, haqiqatga erishishning dastlabki bosqichi hisoblanadi. Nazariy bilish, haqiqat muammosi dialektik va matematik mantiqning ham tadqiqot obyekti bo’lib, ushbu umumiylik mazkur fanlarning formal mantiq bilan o’zaro munosabatini belgilaydi. Arastu asos solgan formal mantiq negizida XUIII-X1X asrlarda yuzaga kelgan matematik va dialektik mantiq fanlarida nazariy bilish, haqiqat masalasi yangicha usul, tamoyillar bo’yicha talqin qilinadi. Va bu formal mantiqning rivojlanishi uchun muhim rol o’ynaydi. Gegel tomonidan ishlab chiqilgan dialektik mantiq tafakkurni paydo bo’lish, rivojlanishda, uning shakllari va qonunlarini mazmun birligida o’rganadi. Nemis faylasufi, matematigi G.Leybnis (1646-1716) matematik hisoblash metodini ishlab chiqadi, va uni mantiqqa tadbiq qiladi. Hisoblash - bu belgi-simvollar bilan fikrlash qoidalarining tizimi bo’lib, Leybnis ular orqali tafakkur shakllariga (tushuncha, hukm, xulosa chiqarish) nisbatan qo’llaydi va maksimal aniqlik darajasida mantiqiy | muhokama yuritish usullarini aniqlashga muvaffaq bo’ladi. Bu o’rinda shu narsani ta’kidlash joizki, aslida matematik mantiqning ilk asoschisi IX asrlarda yashab ijod etgan yurtdoshimiz, mutafakkir Muhammad al-Xorazmiydir (780-850). U «Al-jabr va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob» nomli asarida hisoblashning algebraviy (algoritmli) usullarini ishlab chiqadiki, bu oradan ming yildan ziyod vaqt o’tib (1848) kibernetika fanining yuzaga kelishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. XIX asrning o’rtalariga kelib matematik mantiq mustaqil fan sifatida to’liq shakllanadi, bunga ingliz matematigi, mantiqshunosi J.Bul (1815-1864) va nemis faylasufi, matematigi G.Frege (1848-1925)lar katta hissa qo’shadilar. J.Bul «Mantiqning matematik tahlili», «Fikr qonunlarining tadkiqi» nomli asarlarida "mantiq algebrasi" deb ataladigan matematik mantiq sistemasini ishlab chiqadi. G.Frege birinchi bo’lib mulohazalar va predikatlar mantig’ining aksiomatik tuzilishining formallashgan arifmetik sistemasini tuzadi. Va buni u ikki tomlik «Arifmetikaning asosiy qonunlari» degan asarida bayon etadi. Bul, Fregelarning matematik mantiqqa oid qarashlari, keyinchalik ingliz faylasuf, mantiqshunoslari B.Rassel (1872-1970) va A.Uaytxed (1861-|1947)lar tomonidan yanada rivojlantiriladi. XX asrning oxirlariga kelib ularning qarashlari negizida intuitiv, konstruktiv, ko’p mohiyatli, modalli mantiq kabi matematik mantiq yo’nalishlari yuzaga keladi. Matematik mantiqning yuzaga kelishi formal mantiqning ilmiy bilish metodologiyasi vazifasini o’tash imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiladi. Download 4.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling