1-Mavzu. Axloqshunoslik fanining tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari Reja


Download 4.7 Mb.
bet36/44
Sana04.11.2023
Hajmi4.7 Mb.
#1746956
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   44
Bog'liq
etika,estetika,mantiq

11-Mavzu: Xulosa chiqarish.
REJA

    1. Xulosa chiqarishning umumiy tavsifi, tuzilishi, turlari. Deduktiv xulosa chiqarish, uning turli xil shakllari.

    2. Qat’iy hukmlardan bevosita xulosa chiqarish: aylantirish, almashtirish, predikatga, qarama-qarshi qo’yish, «mantiqiy jadval» bo’yicha.

    3. Qat’iy sillogizm, uning tarkibi, aksiomasi va umumiy qoidalari. Sillogizmning figura va moduslari Sillogizmning turlari.Murakkab hukmlar asosida xulosa chiqarish. Shartli va ayiruvchi xulosa chiqarishlar.



Darsning qiskacha mazmuni:
Xulosa chiqarish malakasiga ega bo’lish to’g’ri fikr yuritishning’ zaruriy sharti bo’lib, bu orqali kishi o’zi o’rganayotgan obyekt haqida yangi bilimlar hosil qiladi, chin bilim, haqiqatlarga erishadi. Xulosa chiqarish malakasiga ega bo’lish kishidan hulosa chiqarishning mantiqiy usul sifatidagi tuzilishini, uning qonun-qoidalarini yaxshi bilishni va ularni muhokama yuritish jarayonida qo’llay bilishni talab etadi.
Natija chinligining darajaga ko’ra xulosa chiqarish ikki turga ajratiladi: zaruriy va ehtimoliy;
3aruriy xulosada natijaning chinligi keltirilgan asoslarning chinligi va ularning bog’lanishidan bevosita kelib chiqadi. Masalan: «Agar tuman qalin bo’lsa, yurish qiyinlashadi. Tuman qalin tushdi, demak yurish qiyinlashadi”. Ehtimoliy xulosa chiqarishda esa natija asoslardan bevosita kelib chiqmaydi, balki ularning chinligi bilan qisman shartlangan bo’ladi. Masalan, «Agar tuman qalin tushsa, yurish qiyinlashadi. Yurish qiyinlashdi». Lekin keltirilgan asoslardan «Tuman qalin tushgan» degan xulosa aynan kelib chiqmaydi. Chunki boshqa sabablarga ko’ra ham yurish qiyinlashgan bo’lishi mumkin.
Asoslardan xulosaga mantiqiy o’tishga ko’ra xulosa chiqarish uch turda bo’ladi: deduktiv, induktiv va analogiya (tamsil) bo’yicha xulosa chiqarish.
Bevosita deduktiv xulosa chiqarish.
Deduksiya o’z tabiatiga ko’ra zaruriy xulosa hisoblanadi.«Deduksiya» so’zi lotincha deductic- keltirib chiqarish degan ma’noni anglatadi. Deduktiv xulosada umumiylikdan yakkalik, juz’iylikka fikran o’tish bo’yicha natija keltirilib chiqariladi. Bunda natija asoslardan zaruran kelib chiqadi. Chunki bunda xulosa umumiylik uchun xos xususiyag, belgi uning turlari uchun ham taalluqlidir, degan tamoyilga asoslangan holda chiqariladi. Masalan:
Hamma metallar o’zidan elektr toki o’tkazadi.
Temir – metall.
Demak, temir o’zidan elektr toki o’tkazadi.

Deduktiv xulosa chiqarish ikki turda bo’ladi: 1. Hukmlarning subyekt va predikat tuzilishiga asoslangan xulosa chiqarish. 2. Hukmlarning o’zaro mantiqiy bog’lanishlariga asoslangan xulosa chiqarish.


Hukmlarning subyekt va predikat tuzilishiga asoslangan deduktiv xulosa chiqarishda natija oddiy(sodda) qat’iy hukmlardan keltirilib chiqariladi va bunda asoslarning tarkibidagi subyekt va predikatlarning o’zaro hajm va mazmun munosabatlari hisobga olinadi. Bunday xulosa o’z navbatida ikki xil yo’l bilan chiqariladi: bevosita va vositali (bavosita).
Bevosita xulosa chiqarishda natija bitta asos – qat’iy hukmning shaklini o’zgartirish va mazmunini saqlab qolish orqali chiqariladi. Mazkur xulosa chiqarishda e’tibor asoslardan butunlay yangi bilimlar hosil qilishga emas, balki ularda ifodalanayotgan mazmunni (ma’noni) chuqurroq ochib berishga qaratilgan bo’ladi. Masalan: «Hamma atov gaplar bir tarkibli bo’ladi» degan hukmning shaklini o’zgartirish bilan hamma bir tarkibli gaplar atov gap emasligi, bunday tuzilishdagi boshqa gaplar ham atov gap emasligi, bunday tuzilishda boshqa gaplar ham bo’lishi mumkinligi haqidagi bilimga ega bo’lamiz.
Shu jihatdan bevosita xulosa chiqarish berilgan har qanday muhokamalarning chin-xatoligi, mantiqiy to’g’riligini aniqlashda muhim rol o’ynaydi. Bevosita xulosada natija to’rt xil usulda chiqariladi:

Download 4.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling