1-Mavzu. Axloqshunoslik fanining tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari Reja


Download 4.7 Mb.
bet41/44
Sana04.11.2023
Hajmi4.7 Mb.
#1746956
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
etika,estetika,mantiq

Induktiv xulosa chiqarish deb yakka narsa, hodisalarning xususiyat belgilari tajriba yo’li bilan o’rganilib, ular muayyan sinf-jins uchun taalluqlidir, deb chiqariladigan xulosaga aytiladi. Mazkur xulosa fikrning yakkalikdan umumiylikka o’tishidagi quyidagi ikki tamoyil bo’yicha chiqariladi.
Birinchidan, yakka predmet, hodisalarning xususiy va muhim belgilari aniqlaniladi. Ikkinchidan, umumlashtirish asosida ularning sinfi, jinsi aniqlanilib, mazkur belgilar ana shu sinfga taaluqli ekanligi ko’rsatiladi.
Masalan:
«Insonparvarlik jamiyat tomonidan shaxsga qo’yiladigan talabdir. Erkparvarlik – shaxs tomonidan jamiyatga qo’yiladigan talabdir. Vatanparvarlik – jamiyat tomonidan shaxsga qo’yiladigan talabdir.
Insonparvarlik, erkparvarlik, vatanparvarlik axloqiy tamoyillardir.
Demak, axloqiy tamoyillar jamiyat tomonidan shaxsga va shaxs tomonidan jamiyatga qo’yiladigan talablardir».
Misolda yakkaliklarning: insonparvarlik, vatanparvarlik, erkparvarliklarning muhim belgilari ko’rsatilib, bu belgilar shu yakkaliklarning sinfi – jinsiga (axloqiy tamoyillarga) taalluqli ekanligi ko’rsatilmokda.
Shunga ko’ra induktiv xulosa chiqarish bilishning muhim jihati- konkretlikdan mavhumlikka o’tishning mantiqiy asosi hisoblanadi.
Induktiv xulosaning tamoyillari ijtimoiy bilishda o’tmishdan hozirga va undan kelajakka fikran o’tish usuli tarzida qo’llaniladi. Buning klassik misoli tarzida Prezidentimizning milliy g’oya, mafkura haqidagi hamda bugungi kunda islohotlarni demokratlashtirish jamiyatimizda barqarorlikni ta’minlash uchun asos bo’lib xizmat qilishligi haqidagi xulosalarini keltirish mumkin.67
O’rganilayotgan sinf elementlarining qay miqdorda tajribada tekshirilishi va chiqarilgan xulosalar ehtimolliligi darajasiga ko’ra induktiv xulosa to’liq va to’liqsiz induksiyaga ajratiladi.
To’liq induksiya
To’liq induksiya tur elementlarining soni aniq va ularning har birini tajriba yo’li bilan o’rganib chiqish imkoniyati bo’lgan sinflarni o’rganishda qo’llaniladi. Shuning uchun bunda chiqarilgan xulosaning chin, xatoligi aniq bo’ladi. Masalan:
Olmosh kelishikda turlanadi.
Son kelishikda turlanadi.
Sifat kelishikda turlanadi.
Ot kelishikda turlanadi.
Fe’l kelishikda turlanadi.
Olmosh, son, sifat, ot, fe’l mustakil so’z turkumlaridir.
Demak, hamma mustaqil so’z turkumlari kelishikda turlanadi.
Bunda xulosaning chinligiga hech qanday shak-shubha yo’q, chunki u muayyan jinsning (mustaqil so’z turkumlarining) birorta turi qoldirilmasdan o’rganilib chiqish asosida chiqarilgandir. To’liq induksiya sxemasi:
Asoslar:
S1 – R belgiga ega.
S2 – R belgiga ega.
S3 – R belgiga ega.
S1, S2, S3 turlari K sinfni tashkil etadi.
Demak, K sinfi R belgiga ega.
Shu narsani alohida ta’kidlash kerakki, to’liq induksiya ayrim buyum, hodisalarning belgilarini umumiy sinfga yoyish- bu shunchalik yakkaliklarning belgi, xususiyatini umumiylikka mexanik tarzda ko’chirish emas. Induksiya bo’yicha chiqarilgan xulosalar yakka, juz’iylikka xos bo’lmagan umumiy bilimlarni ham ifodalaydi.
Boshqacha qilib aytganda, to’liq induksiya bo’yicha chiqarilgan umumiy xulosalarda tekshirilayetgan narsa, hodisalarning mohiyatli, qonuniyatli jihatlari ochib beriladi. Masalan, faylasuflar konkret individlarning ongi, uning amal qilishining xususiyatlarini o’rganish va ularni umumlashtirish asosida ijtimoiy ong fenomeni haqida fikr yuritadilar.
Lekin ijtimoiy ong jamiyat ma’naviy hayotining ifodalanish shakli bo’lib, uning mohiyatini konkret individlar ongining shunchalik mexanik yig’indisining hususiyati tarda izohlab bo’lmaydi.
Buni inobatga olmaslik oqibatida to’liq induksiyada ba’zan xatolikka yo’l qo’yiladi. Ushbu xatolikning mohiyati shundan iboratki, yakka asoslarda turlar (elementlar)ning xususiy belgilari umumlashtirilgani holda, juz’iy xulosalar chiqariladi va bunda tadqiq etilayotgan sinfning mohiyatli jihati nazardan chetda qoldiriladi.
Shuning uchun to’liq induksiyaning fan, ilmiy bilish sohasida qo’llanilishini kundalik, oddiy muhokama yuritish jarayonida yakkalikdan umumiylikka o’tishdan farqlay bilmoq kerak. Keyingisida to’liq induksiyaga ko’pincha u yoki bu muhokamalarning chin yoki xatoligini alohida qayd etish, ta’kidlash, shuningdek, ularni tekshirib ko’rish maqsadini ko’zlab murojaat qilinadi. Masalan, «Guruhimizning hamma talabalari reyting nazoratlarini muvaffaqiyatli topshirdilar», degan muhokamaning haqiqatga qay darajada mosligini ko’rsatish va uni alohida ta’kidlab o’tish uchun o’quv predmetlari qaydnomalarini ko’rib chiqish yetarli.
Ijtimoiy fikrni o’rganish, referendum, saylovlar to’liq induksiya tamoyili asosida o’tkaziladi.

Download 4.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling