1-Mavzu: Badminton o‘yinining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi


-yilda badminton olimpiada o‘yinlari oilasiga qabul qilinadi


Download 25.78 Kb.
bet2/4
Sana07.10.2023
Hajmi25.78 Kb.
#1695074
1   2   3   4
Bog'liq
1-Mavzu Badminton o‘yinining kelib chiqishi va rivojlanish tari

1992-yilda badminton olimpiada o‘yinlari oilasiga qabul qilinadi.


Sobiq Sovet Ittifoqida badminton 1957-yilda rasmiy maqomga ega bo‘ldi, desak xato qilmaymiz. Shu yili Moskvada o‘tkazilgan yoshlar va talabalarning Butunjahon festivalida Ittifoq vaqillari V.Dyomin, I.Sokolov, S. Zamuruyeva, N. Kalashnikov mazkur halqaro forumga tashrif buyurgan xorijlik sportchi- badmintonchilar bilan kuch sinashganlar.
1959-yilda birinchi marta Moskva shahri shaxsiy chempionati o‘tkaziladi (g‘oliblar: V.Dyomin va S.Zamuruyeva), 1960- yilda esa ilk shaharlararo musobaqada Moskva va Lvov shaharlari badmintonchilari kortda kuch sinashadilar.
1961-yilda Moskva, Leningrad, Xarkov, Lvov va boshqa bir qator shaharlar badmintonchilari o‘rtasida shaharlar turniri bo‘lib o‘tadi. Final o‘yinida Moskva shahrining “Mehnat” jamiyati sportchilari (M.Seminas, M.Goncharova, N. Sokolov, N.Goncha- rov, N.Oreshkin) hamshaharlari - “Burevestnik” sport jamiyati vaqillari (T.Dorofeyev, T.Chistyakova, V.Xolodov, M.Shtilman, Postnikov, V.Mixeyev) ustidan g‘alaba qozonishdi. o’sha yili “Kosmonavtlar kubogi” deb nomlangan tumir ham tashqil qilinadi. Bu bejiz emasdi. Chunki dunyoning birinchi kosmonavti Yu.Gagarin o‘zining tarixiy parvozidan keyin jumalistlarga bergan intervyusida shunday degandi: “Badminton o'ynashni yoqtiraman. Bu juda ajoyib o‘yin”.
1963-yilda Moskva shahrida birinchi SSSR chempionati bo‘lib o‘tadi.
1974-yilda sobiq Sovet Ittifoqi Halqaro badminton federatsiyasi a’zoligiga qabul qilinadi. XXI asr boshlarida Halqaro badminton federatsiyasi o‘z nomini o‘zgartirdi. Hozirda u Butunjahon badminton federatsiyasi (BWF) deb nom olgan.
Joriy yilning 27 oktabr kuni Toshkentda yangi badminton markazining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Markaz nafaqat professional sportchilarni, shuningdek, badminton bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan havaskorlarni ham qabul qiladi.
KUN.UZ o‘z o‘quvchilariga mazkur sport turining tarixini tanishtirish maqsadida u haqidagi qiziqarli faktlarni to‘pladi.
Badminton boy tarixga ega, uning kelajagi esa yorqin bo‘yoqlarda akslanadi.

Download 25.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling