1-Mavzu: Badminton o‘yinining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi


Download 25.78 Kb.
bet3/4
Sana07.10.2023
Hajmi25.78 Kb.
#1695074
1   2   3   4
Bog'liq
1-Mavzu Badminton o‘yinining kelib chiqishi va rivojlanish tari

Tarixidan bir shingil. Badminton — eng qadimiy o‘yinlardan biri. Ayrim faktlar zamonaviy badminton qadimiy volan o‘yinidan kelib chiqqanini tasdiqlaydi. Ikki ming yil muqaddam qadimiy Yunonistonda, Xitoyda, Yaponiyada, Hindistonda va Afrika mamlakatlarida volan o‘ynashgan. Aksariyat tadqiqotchilarning fikricha, badmintonning zamonaviy talqini hindlarning «puna» nomli o‘yinidan kelib chiqqan va uni 1860-yillarda Britaniya armiyasi askarlari o‘zlashtirishgan.
Bu o‘yinning Yevropada tarqalishida Angliya gersogi Bofortning hissasi katta. 1873 yilda gersog o‘ziga tegishli yerda ilk havaskor kort bunyod etgan. O‘yin o‘sha yerdagi qasr — «Badminton haus»ning nomiga atala boshladi. Oradan
20 yil o‘tib Angliya badminton assotsiatsiyasi o‘yin qoidalarini e'lon qildi, oradan yana 5 yil o‘tgach, ilk rasmiy turnir o‘tkazildi.
Olimpiadadagi debyuti. Badminton 1992 yildan buyon olimpiya sport turi hisoblanadi va eng og‘ir jismoniy zo‘riqishlarga sabab bo‘luvchi yangi sport turlari ichida uchlikka kiradi.

O‘yin tasnifiga ko‘ra, badmintonning quyidagi turlari bor:


  1. Yakkalik erkaklar toifasi.

  2. Yakkalik ayollar toifasi.

  3. Juftlik erkaklar toifasi.

  4. Juftlik ayollar toifasi.

  5. Aralash juftlik toifasi.

Sportchilarning imkoniyatlari nuqtai nazaridan:


  1. Badminton.

  2. Parabadminton.

Badminton haqida qiziqarli faktlar:


    • sportchilarning jalb qilinishi bo‘yicha jahonda futboldan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi sport turi hisoblanadi. Sayyoramizning har elliginchi kishisi badminton bilan shug‘ullanadi;

    • sportning energiyani eng ko‘p sarflashga majbur qiladigan turi hisoblanadi va kosmonavtlarni tayyorlash dasturiga ham kiritilgan;

    • sport badmintoni kaloriyani yo‘qotishda a'lo darajada qo‘l keladi. Bir soat o‘ynash 480 qilokaloriyaning yo‘q bo‘lishiga xizmat qiladi — bu barcha sport

turlari ichida eng yuqori ko‘rsatkich;

    • sportning eng tez raketkali turidir. Volanning uchish tezligi 270 km/soatgacha yetadi;

    • agar bir o‘yin davomida sportchining barcha harakatlari yig‘ilsa, uzunlikka u 10 qilometrcha «chopadi», balandlikka esa 1 km sakraydi;

    • yuqori klassdagi sport ustalarining o‘yin davomida zarba almanishuv sur'ati soniyasiga 0,7 zarbani tashqil etadi. Bir match davomida qayd qilingan eng maksimal zarbalar soni — 19725 marta.


Download 25.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling