1-mavzu. Bank ishi fanining predmeti va vazifalari reja
Download 152.07 Kb.
|
MAVZU 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- OʻZBEK I S T ONDA BANK T IZ I MINING SH A K LLANISHI V A RIVO J LANISHI
1-mavzu. Bank ishi fanining predmeti va vazifalari REJA. Oʻzbekistonda bank tizimining shakllanishi va rivojlanishi Markaziy bankning tashkil topishi. Tijorat banklarlarining paydo bo’lishi va ularning evolyutsiyasi; Banklarning dastlabki operatsiyalari; Banklarning turlari va shakllari; Bank xizmatlari bozori. Kirish Bozor iqtisodiѐtiga oʻtish sharoitida barcha iqtisodiy jaraѐnlarning amalga oshirishlishi pul mablagʻlari harakatlanishi bilan chambarchas boglanib ketgan. Pul belgilari emissiyasi, pul muomalasi, uning samarali mexanizmlarini amaliѐtga joriy qilish milliy bank tizimi va uning turli darajadagi boʻgʻinlari ѐrdamida ѐrdamida ruѐbga chiqadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida‖gi PF-4947-sonli Farmonida mamlakatda bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitallashuv darajasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, banklardagi davlat ulushini qisqartirish, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish koʻzda tutilgan. Iqtisodiy taraqqiѐtning hozirgi bosqichida jahon miqѐsida sodir boʻlgan koronavirus pandemiyasi mamlakatlarning makroiqtisodiy barqarorligi va iqtisodiy xavfsizligini sinovdan oʻtkazmoqda. Koronavirus pandemiyasi butun dunѐ uchun katta sinov boʻlmoqda. Vujudga kelgan global inqiroz barcha mamlakatlar iqtisodiѐtiga jiddiy ta’sir koʻrsatyapti. Jahon bankining prognozi boʻyicha 2020 yilda yalpi global mahsulot 5,2 foizga, AQSHda yalpi ichki mahsulot 6,1 foizga, Rossiyada 6 foizga, Yevropa Ittifoqida 9,1 foizga tushishi kutilmoqda. SHu bilan birga, Xitoyda 1 foiz, Oʻzbekistonda esa 1,5 foiz iqtisodiy oʻsish boʻlishi taxmin qilinmoqda. Iqtisodiy barqarorlik va oʻsishni ta’minlash uchun mamlakatda yangicha ѐndashuv va instrumentlarni qoʻllashning asosiy yoʻnalishlari sifatida quyidagilar belgilandi: Birinchi – makroiqtisodiy barqarorlikni taminlash, byudjet tushumi shaffofligi, ochiqligi hamda barqarorligini ta’minlash; ikkinchi – kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini oshirish, ayniqsa, qishloq joylarida ѐshlar va aѐllarning bandligini ta’minlash; uchinchi – bank tizimidagi islohotlarni jadallashtirish, ularni bozor talablariga muvofiq transformatsiyalash; toʻrtinchi – toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni koʻpaytirish; beshinchi – eksport salohiyatini oshirish va valyuta tushumlarini ta’minlash; oltinchi – sanoatda raqobatbardoshlikni kuchaytirish, qoʻshimcha qiymati yuqori boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish; ettinchi – kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish, ; sakkizinchi – raqamli texnologiyalarni barcha tarmoqlarda keng joriy qilish ustuvor vazifalar etib belgilandi. Mamlakatimizda keyingi yillarda bank tizimida erishilgan ijobiy natijalarga qaramay oʻz yechimini kutaѐtgan muammolar ham mavjud. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziѐev 2021 yil Oliy Majlisga Murojaatnomasida mazkur muammolar va ularning ildiziga oʻz diqqat e’tiborini qaratgan holda quyidagilarni ta’kidlab oʻtdi1: ―2021 yilda ―Sanoatqurilishbank‖, ―Asaka bank‖, ―Ipoteka bank‖, ―Aloqa bank‖, ―Turon bank‖ hamda ―Qishloq qurilish bank‖ni xususiylashtirishga tayѐrlaymiz. Kamida bitta yirik bankdagi davlat ulushi strategik investorlarga toʻliq sotiladi. Bu borada yetakchi yevropa banklari bilan muzokaralar olib borilmoqda. SHuning uchun kelgusi yilda inflyatsiyaviy targetlash doirasida narx-navo oʻsishini 10 foizdan oshirmaslik Markaziy bank va Hukumatning asosiy vazifasi boʻladi. SHuningdek, 2021 yilda iqtisodiѐtni kamida 5 foizga oʻsishini, byudjet defitsiti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 5,4 foizdan oshmasligini ta’minlash zarur. Iqtisodiѐtimizning xorijiy valyutaga bogʻliqlik darajasini bosqichma-bosqich kamaytirish kerak. SHu maqsadda kelgusi yilda valyuta kreditlari ulushini hozirgi 50 foizdan 45 foizga, ya’ni, kamida 2 milliard dollarga pasaytirish lozim‖. Milliy bank tizimini bozor munosabatlariga muvofiq tarzda isloh qilinishining zaruriyati iqtisodiy tizimda globallashuv va transmilliy investitsiyalarning kuchayishi, axborot-kommunikatsiya tizimlarining shiddat bilan taraqqiy etaѐtganligi, koronavirus pandemiyasi hamda bank xizmatlari bozorida raqobat muhitining rivojlanishi bilan bogʻliq. Kredit bozorida malakali va oliy ma’lumotli kadrlarni tayѐrlash tijorat banklarining xizmatlari sifati, daromadligi va faoliyat samaradorligiga bevosita ta’sir koʻrsatadi. Oliy oʻquv yurtlarida oʻrganiladigan iqtisodiy fanlarning tarkibida "Bank ishi" muhim ahamiyatga ega boʻlib, ushbu fanni chuqur va izchil oʻzlashtirish natijasida iqtisodchilar, moliyachilar, menejerlar xoʻjalik faoliyatini yuritishda, investitsiyalashda banklar bilan oʻzaro manfaatli munosabatlarni tashkil etishga harakat qiladilar. ―Bank ishi‖ kursi amaliy fan sifatida iqtisodiy yoʻnalishda ta’lim olaѐtgan oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarining talabalari uchun moʻljallangan boʻlib, mazkur fanni oʻrganish davomida bank faoliyati bilan bogʻliq aniq masalalar koʻrib chiqiladi. Iqtisodiy fanlar ichida "Bank ishi" Fani oʻziga xos oʻrniga ega. Buni quyidagilarda ham koʻrish mumkin: ―Bank ishi‖ - amaliy fan. ―Bank ishi‖ – haѐtiy fan. ―Bank ishi‖ – kasbiy fan. ―Bank ishi‖ – qiziqarli fan. Ushbu fanni chuqur, har tomondan va izchil oʻzlashtirish natijasida iqtisodchilar xoʻjalik faoliyatini tashkil etish va yuritishda, mablagʻlarini daromadli joylashtirish ѐki investitsiyalashda banklar bilan oʻzaro manfaatli munosabatlarni oʻrnatishga va uni doimo chuqurlashtirib borishga harakat qiladilar. Fanni oʻrganish davomida Oʻzbekistonda banklarning tarkib topishi va ikki darajali bank tizimining vujudga kelishi, tijorat banklarining turlari, vazifalari va ularning rivojlanishi kabi nazariy va amaliy ma’lumotlar bilan bir qatorda asosiy e’tibor bozor iqtisodi sharoitida banklarning faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan masala va muammolarni oʻrganishga qaratiladi. SHundan kelib chiqib, ―Bank ishi‖ fanining predmetini milliy, jahon va xalqaro bank tizimlari tuzilishi, ular tomonidan koʻrsatiladigan bank xizmatlari mazmun-mohiyatini oʻrganish tashkil etadi. Jumladan, mulkchilik shakli turlicha boʻlgan korxona va tashkilotlarni kreditlashning tashkiliy shakllari, kreditlash va va bank resurslarini boshqarish, naqd pulsiz hisoblashuvlarni tashkil etilishi, banklararo hisoblashuvlar va ularni tashkil etish muammolari, banklarni foiz siѐsati va mablagʻlarni jalb qilish, bank tavakkalchiligi va boshqa shu kabi mavzu va masalalar koʻrib chiqiladi, ularni mohiyati va oʻrganish zaruriyati ochib beriladi. SHunday qilib, "Bank ishi" fani banklar faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni oʻrganadi va oʻz vazifasidan kelib chiqib, malakali iqtisodchi va moliyachi xodimlarni tayѐrlashda ixtisoslik fani boʻlib hisoblanadi. "Bank ishi" fanining oʻqitilishidan asosiy maqsad bank tizimida mukammal faoliyat koʻrsata oladigan bakalavr darajasidagi mutaxassislarni tayѐrlashdir. Ushbu kursni oʻrganish pirovardida talabalar bank operatsiyalarini amalga oshira olishi, koʻrsatma va yoʻriqnomalar bilan tanish boʻlishigina talab qilinmay, balki, ular bozor sharoitida kredit-hisob-kitob mexanizmini tashkil etish va amal qilish qonuniyatlarini oʻrganish va aniqlash darajasidagi bilimlarga ega boʻlishi kerak. Kelajakda malakali va puxta bilimga ega boʻlgan moliyachi, iqtisodchi ѐki bank xodimi boʻlish uchun banklarda amalga oshiriladigan aktiv va passiv operatsiyalarda faol ishtirok etish bilan bir qatorda, ularni oʻtkazishda ijodiy ѐndoshish, ularga tanqidiy koʻz bilan qarash, ularni tashkil etilishini takomillashtirishda bevosita ishtirok etishi zarur. Fanni chuqur oʻzlashtirish uchun uning oldiga qoʻyilgan vazifalarni aniqlab olish muhim ahamiyatga ega. «Bank ishi» fanini oʻrganish davomida qoʻyidagi vazifalarni hal etish lozim: - Bank va ikki darajali bank tizimining tarixiy vujudga kelishi va rivojlanishi toʻgʻrisidagi bilimlarni egallash; - Tijorat banklarining turlari, vazifalari va resurlari toʻgʻrisida aniq tushuncha va tasavvurga ega boʻlish; - Bozor sharoitida banklarning oʻz faoliyatini tashkil etishi, yuritishi va holatini baholash usul va vositalarini oʻrganish - Bank bilan bevosita amaliѐt oʻtkazish koʻnikmalariga ega boʻlish; - Bank xizmatlari bozoridagi muammolarni bilish, ularni samarali yechimlari boʻyicha oʻz fikr-mulohazalariga va qaror qabul qilish qobiliyatiga ega boʻlish; - Turli mulkchilikdagi firmalarning kredit buyurtmalarini tuzish, kredit shartnomalarini rasmiylashtira olish koʻnikmalariga ega boʻlish - Naqd pulsiz hisob-kitob va oddiy kassa operatsiyalarini oʻtkaza olish. - Rivojlangan davlatlar va jahonning yirik banklarini mijozlarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq tajribalarini oʻrganish va bank amaliѐtlariga oid boshqa koʻnikmalarni egallash. "Bank ishi" fanini oʻrganish davomida uning nazariy asosi hisoblangan ―Iqtisodiѐt nazariyasi, "Pul va banklar" kursidan olingan bilimlarga tayaniladi hamda boshqa iqtisodiѐt yoʻnalishidagi fanlar bilan uzviy bogʻliqlikda oʻrganiladi. Mazkur fanlar jumlasiga "Tarmoq moliyasi", "Investitsiyalar", ―Buxgalteriya hisobi", "Iqtisodiy tahlil", "Soliqlar va soliqqa tortish" va boshqalarni kiritish mumkin. Nazorat uchun savollar: 1. Iqtisodiy isloxatlar mohiyati va moliyaviy munosabatlar. 2. Bozor sharoitida banklarning oʻrnini izoxlang. 3. Milliy bank tizimi va uning rivojlanishi 4. Banklarni isloh qilishning zaruriyati va ahamiyati 5. «Bank ishi» fanining mazmuni ifodalang. 6. «Bank ishi» fanini oʻqitish zaruriyati? 7. Fanning predmeti deganda nima tushuniladi? 8. Fanning asosiy vazifalarini bilasizmi? 9. Talabalar uchun fanni oʻrganish nimalarda zarurligi namoѐn boʻladi? 10.―Bank ishi‖ fani boshqa fanlar bilan qanday oʻzaro aloqada oʻrganiladi. OʻZBEKISTONDA BANK TIZIMINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI Download 152.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling