1-Mavzu bilim inson manaviy kamoloti omili


-mavzu globallashuv_sharoitida_antropologik_inqirozning_oldini_olishning


Download 103.12 Kb.
bet6/12
Sana27.12.2022
Hajmi103.12 Kb.
#1068243
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
7-mavzu globallashuv_sharoitida_antropologik_inqirozning_oldini_olishning
Global jarayonlar va global muammolar
Global muammolar butun er kurrasini, uning nafaqat odamlar bevosita yashaydigan qismini, balki Erning qolgan yuzasi, er osti bo’shliqlari, atmosfera, gidrosfera va hatto inson faoliyati doirasiga kiruvchi kosmik fazoni qamrab olishi bilan izohlanadi.
Hozirgi zamondaglobal muammolarni tasniflashga nisbatan har xil yondashuvlar orasida ayniqsa keng e’tirof etilgan tasnifga muvofiq global muammolarning barchasi ularning keskinlik darajasi va echimining ahamiyatiga, shuningdek real hayotda ularning o’rtasida qanday sababiy bog’lanishlar mavjudligiga qarab uch katta guruhga ajratiladi.
Birinchi guruh eng katta umumiylik va muhimlik darajasi bilan tavsiflanadigan muammolar. Ular turli davlatlar o’rtasidagi munosabatlardan kelib chiqadi. Ayni shu sababli ular interijtimoiy global muammolar deb ataladi. Bu erda jamiyat hayotidan urushni bartaraf yetish va adolatli dunyoni ta’minlash; Yangi xalqaro iqtisodiy tartib o’rnatish kabi ikki o’ta muhim muammo farqlanadi:
Ikkinchi guruh jamiyat va tabiatning o’zaro ta’siri natijasida yuzaga keladigan muammolar bo’lib, ular odamlarni energiya, yonilg’i, chuchuk suv, xom ashyo resurslari va shu kabilar bilan ta’minlash kabilardir. Bu guruhga ekologik muammolar, shuningdek Jahon okeani va kosmik fazoni o’zlashtirish ham kiradi.
Uchinchi guruhni «inson – jamiyat» tizimi bilan bog’liq muammolar ya’ni demografiya muammosi, sog’liqni saqlash, ta’lim, xalqaro terrorizm tahdidi ma’naviyat masalalari va shu kabilardir.
U yoki bu muammoning muayyan guruhga kiritilishi ma’lum darajada shartli xususiyat kasb etadi va muhim omillarga, ularni ajratish asoslariga bog’liq bo’ladi. SHu sababli har qanday tasnif masala echimining uzil-kesil varianti sifatida emas, balki murakkab tizimni qayta tuzishning global muammolar o’zaro aloqasi tabiatini yaxshiroq tushunishga ko’maklashadigan usullaridan biri sifatida qaralishi lozim.

Endi butun insoniyatga jiddiy xavf tug’dirayotgan eng muhim muammolarga qisqacha tavsif beramiz.


Global muammolarni yechishda falsafaning roli. Og’ir va murakkab vazifalarni yechishda insonga fan doim yordam bergan. Bir paytlar erishib bo’lmaydigan, inson imkoniyatlari darajasidan tashqarida bo’lib tuyulgan narsalarning aksariyatiga aynan fan yordamida erishilgan. Ayni shu sababli global muammolar xavf solayotgani haqidagi ilk ogohlantirishlarning o’ziyoq odamlarni fanga o’z e’tiborini qaratishga, olimlarni esa bu muammolarni yechish yo’llarini izlashga majbur qildi.
Yuzaga kelgan vaziyatning o’ziga xosligi va Yangiligi shundan iboratki, har qanday muayyan muammolarni ayrim fan yoki bir necha fanlar majmui doirasida o’rganish mumkin bo’lsa, inson, jamiyat va tabiatni ularning ko’p sonli o’zaro aloqalari va o’zaro bog’liqliklarida qamrab oluvchi murakkab tizimdan iborat global muammolarni tadqiq yetishga ayrim fanlar qodir emas. Zero o’z tadqiqoti ob’ekti – u yoki bu ayrim muammoni boshqa global muammolar kontekstida talqin qilishga muayyan fanlar doirasi torlik qiladi. SHu sababli u yoki bu fan qaysi muayyan vazifalarni yechishidan qat’iy nazar, ular bilan bog’liq jarayonlar va hodisalarga, ya’ni butun vaziyatga, shu jumladan oxir-oqibatda olingan natijalarga nisbatan falsafiy yondashuv doimo tadqiqotning zaruriy sharti hisoblanadi.
Har qanday ayrim fanlar muayyan bosqichda o’z tadqiqot predmetini falsafiy jihatdan anglab yetishga u yoki bu darajada muhtoj bo’ladi. Muayyan fan predmetiga va insoniyat oldida turgan muammolarga nisbatan bunday keng yondashuvsiz fundamental kashfiyotlar qilish ham, umuman fanning rivojlanishi ham mumkin emas.
SHunday qilib, ayni holda, bir tomondan, masalalarning falsafiy echimi to’g’risida, boshqa tomondan esa – falsafa fanlarning keng doirasi o’zaro aloqa qilishini rag’batlantirishi, bunda ularning fanlararo birlashuvi muhim o’rin tutishi to’g’risida so’z yuritiladi.
Garchi falsafa odamlarning kundalik hayoti va amaliyotidan ancha uzoqda bo’lgan haddan tashqari umumiy masalalarni o’rganadi, degan fikr mavjud bo’lsa-da, u (falsafa) global muammolarni yechishda muhim rol o’ynaydi. Zero, umumiy nazariyalar ba’zan bilimning aksariyat muayyan sohalariga qaraganda ko’proq samara berishi mumkinligi yaxshi ma’lum.
Global muammolarni falsafiy anglab yetishning o’ziga xos xususiyatlarini tavsiflar ekanmiz, falsafaning asosiy funksiyalaridan kelib chiqadigan va bilishning shu shakligagina xos bo’lgan xususiyatlarni qayd etib o’tamiz.

Globallashuv jarayonlarining ijobiy natijalari

va salbiy oqibatlari.


Ushbu mavzuni yoritishda falsafa insoniyat tarixidagi eng qadimgi ilmlardan biri ekanligiga, falsafiy mulohaza yuritish, fikrlash inson tabiatiga xos tushuncha ekanligiga, u olam va uning yashashi, rivojlanishi va taraqqiyoti, hayot va inson, umrning mohiyati, borliq va yo`qlik kabi ko`plab muammolar haqidagi fan ekanligiga e'tiborni qaratish lozim. «Falsafa» atamasi yunoncha «filosofiya» so`zidan olingan bo`lib, «donishmandlikni sevish» ma'nosida ishlatiladi. Qadimgi dunyoda fanlarning barchasini, ular qanday ilmiy maslalar bilan shug`ullanishidan qat'iy nazar, filosofiya deb ataganlar. U ham ijtimoiy borliq, ham tabiat to`g`risidagi ilm hisoblangan. Shu ma'noda, dastlabki filosofiya olam va unda insonning tutgan o`rni haqidagi qarashlar tizimi ekanligini talabalar anglab etishlari zarur bo`ladi. Shu bilan birga talabalar bir narsani yaxshi anglashlari zarur bo`ladiki, u ham bo`lsa falsafa fanining birinchi bo`lib, sharqda paydo bo`lganligini, ya'ni falsafa fanining vatani Osiyo ekanligini anglab etishlari zarur, holbuki «filosofiya» yunonchadan olingan bo`lsada, bu falsafaning vatani Yunoniston, ya'ni Evropa emasligini anglab etishlari muhimdir. Falsafa Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida «donishmandlikni sevish» degan mazmun bilan birga, olam sirlarini bilish, hayot, insonni qadrlash, umr mazmuni haqidagi qarash va hikmatlarni e'zozlash ma'nosida ishlatilgan. Masalan, Abu Nasr Forobiyning «filosofiya» so`zini «hikmatni qadrlash», deb talqin etganligiga talabalar e'tiborini qaratish zarur bo`ladi. Shu bilan bir narsani anglab etish lozimki, falsafiy bilimlar rivoji uzluksiz jarayon bo`lib, u insoniyatning tafakkur bobida ilgari erishgan yutuqlarini tanqidiy baholashni taqazo etadi. Bu 12 ham bo`lsa tanqidiy yondoshuv va vorislik fasafaning muhim xususiyatlaridan ekanligini anglashdir. Har bir falsafiy g`oya, mafkura, bilimlar tizimi asosan o`z davri xususiyatlarini aks ettiradi. Shuning uchun Aflotun, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy va boshqalar o’z davri ruhidan kelib chiqib falsafiy g’oyalarni ilgari surganlar. Bir vaqtlar falsafa «fanlarning fani» mavqeini olganligiga e'tiborni qaratib, talabalarga shuni ta'kidlash lozimki, falsafa hech qachon da'vogar bo`lmagan. Gap shundaki, fanlar klassifikatsiyasiga ko`ra, xususiy va umumiy fanlarga bo`linadi. Barcha fanlar xususiy fanlar yoki spetsifik fanlar deb ataladi. Falsafa esa, umumiy fanlar majmuasini tashkil etadi. Shuning uchun falsafa fani barcha fanlar uchun metodologik asos rolini bajaradi. Demak, falsafa fani tabiat, jamiyat va inson tafakkuri taraqqiyotining eng umumiy qonuniyatlarini o`rganadi. Shu jihatdan olganda, falsafa fani barcha fanlar, xususan ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan dialektik birlik va aloqadorlikdadir. Ijtimoiy - gumanitar fanlarsiz falsafani to`liq tushunib bo`lmaganidek falsafasiz ham bu fanlar taraqqiyotini bilish, tushunib etish mumkin emas. Falsafaning boshqa fanlarga ta'sirini bilmoq uchun, metodologiya sifatidagi ahamiyatini anglamoq uchun dunyoqarash tushunchasining mohiyatini anglamoq zarur. Dunyoqarash - kishilarning olam va uning o`zgarishi, rivojlanishi haqidagi ilmiy, falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy qarashlari va tizimlaridan iborat. Dunyoqarash ayrim kishilar, ijtimoiy guruh, sinf yoki umuman jamiyatining faoliyati yo`nalishini va voqelikka munosabatini belgilaydi. Dunyoqarash o`zining tub mohiyatiga ko`ra mifologik, diniy, falsafiy turlarga bo`linadi. Mifologiya - kishilik jamiyati taraqqiyotining ilk bosqichida bo`lgan dunyoqarashning dastlabki shaklidir. Voqelikni bilishning, dunyoga qarashning o`ziga xos usuli bo`lgan mifning xususiyati shuki, hamma narsa va hodisalar unda bir-birining ishtirokchisi sifatida tasvirlanadi. Buning natijasida bir xil buyumlarning sifatini ikkinchi xil buyumlarga bemalol ko`chirish mumkin bo`ladi. Mifologik dunyoqarash tabiat kuchlarini hissiy qiyofalar, alohida vujudlar shaklida jonlantirib tasvirlab ko`rsatishga asoslangan. Mifologiyada bir xil narsalarning xossalari ikkinchi xil narsalarga osonlik bilan ko`chirilganligi sababli u xayolga keng maydon ochib beradi va bu maydonda mifologik tarzda fikr qiluvchi kishi har qg`anday o`zgarishlar qilishi va jasoratlar ko`rsatish mumkin bo`ladi. Har qanday mifologiya tabiat kuchlarini tasavvurida va tasavvur yordamida engadi, o`ziga bo`ysundiradi va shakllantiradi.

Globallashuv sharoitida antropologik inqirozning oldini olish
Hozirgi davr haqida aniqroq tasavvur hosil qilish uchun XX asr boshigacha jahon tarixi asosan mustaqil rivojlangan va bir-biriga jiddiy ta’sir ko’rsatmagan sivilizatsiyalardan iborat bo’lganini nazarda tutish muhimdir. Hozirgi zamonda dunyo so’nggi yuz yillik ichida yuz bergan jamiyat hayoti barcha jabhalarining faol integratsiyalashuvi natijasida sezilarli darajada o’zgardi va yaxlit bir butun organizmga aylandi. Buning oqibati o’laroq, ayrim xalqlar va butun insoniyatning ijtimoiy ongida global jarayonlar va ularning ta’sirida yuzaga kelgan umumiy (dunyo miqyosidagi) muammolar bilan belgilangan jiddiy o’zgarishlar yuz bera boshladi. Jahon hamjamiyati o’z rivojlanishining Yangi bosqichiga qadam qo’ygani, u avvalgi bosqichlardan nafaqat o’zgarishlar miqyosi, balki faollik darajasi va universal xususiyati bilan ham farq qilishi ayon bo’ldi.
Bu o’zgarishlarning butun majmui, shuningdek ularning sabablari 1990-yillarda globallashuv (lot. globus – er kurrasi) deb nomlandi. Globallashuv jamiyat hayotining turli jabhalarida butun Er sayyorasi uchun yagona bo’lgan tuzilmalar, aloqalar va munosabatlarning shakllanishi, universallashuv jarayonidir. SHuningdek globallashuv global makonning tutashligi, yagona jahon xo’jaligi, umumiy ekologik o’zaro aloqadorlik, global kommunikatsiyalar va shu kabilar bilan tavsiflanadi.
Globalistika. Jahon rivojlanishining eng Yangi tendentsiyalarini anglab yetish borasidagi ko’p sonli sa’y-harakatlar globallashuv jarayonlarining mohiyati, tendentsiyalari va sabablarini, ular ta’sirida yuzaga kelayotgan global muammolarni aniqlash va bu jarayonlarning oqibatlarini anglab yetishga qaratilgan fanlararo ilmiy tadqiqotlar sohasi – globalistika paydo bo’lishiga olib keldi. Kengroq ma’noda «globalistika» atamasi globallashuvning turli jihatlari va global muammolarga oid ilmiy, falsafiy, madaniy va amaliy tadqiqotlarni, jumladan ularning natijalarini, shuningdek ularni ayrim davlatlar darajasida ham, xalqaro miqyosda ham iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jabhalarda amalga joriy yetish borasidagi amaliy faoliyatni ifodalash uchun qo’llaniladi.
Globalistika mustaqil ilmiy yo’nalish va ijtimoiy amaliyot sohasi sifatida 1960-yillarning oxirlarida shakllana boshladi, lekin uning paydo bo’lishi uchun ob’ektiv asoslar ancha oldin yuzaga kelgan edi.
Global jarayonlarning shakllanish tarixi. Hozirgi globallashuv jarayonlarining ilk nishonalariga XV asr oxirlaridan boshlab duch kelish mumkin, XIX asr boshiga kelib esa u amalda real shakl-shamoyil kasb etdi. Bu pirovardida yagona geografik, ma’lum darajada iqtisodiy va siyosiy jahon maydoni shakllanishiga olib kelgan Buyuk geografik kashfiyotlar yuz bergan davr edi. Ayni shu davrda dunyoni tushunishga nisbatan geotsentrik yondashuvlar geliotsentrik yondashuvlarga o’rin bo’shatdi, insoniyat esa, nihoyat, kun va tunning almashishini to’g’ri talqin qilishga muvaffaq bo’ldi. Fan falsafadan ajralib chiqib, bilimlar to’planishi va texnikaning rivojlanishiga kuchli turtki berdi, fan-texnika taraqqiyoti va sanoat inqilobi yuz berishiga sabab bo’ldi. So’nggi zikr etilgan voqealar pirovard natijada insonning tabiatni o’zgartiruvchi imkoniyatlari va uning atrof muhit bilan munosabatini butunlay o’zgartirdi.
Er kurrasi shar (globus) ko’rinishida ekanligini nazariy va amaliy jihatdan isbotlab insoniyat o’z tarixida birinchi bo’lib savdo-sotiq sohasida dunyo darajasiga chiqdi va dunyo miqyosida xalqaro munosabatlarga asos soldi. Ayni shu davrda ilk transmilliy savdo kompaniyalari vujudga keldi. Tez orada ularning faoliyati sof savdo chegarasidan tashqariga chiqdi va ular qullarni qo’lga kiritish va ularni ekspluatatsiya qilish, bosib olingan hududlarda plantatsiyalar va manzilgohlar barpo yetish jarayonida ishtirok eta boshladi, nihoyat, o’z davlatlari amalga oshirayotgan mustamlakachilik siyosatining asosiy ijrochisiga aylandi.
Fundamental globallashuv dunyo miqyosidagi aloqalar, tuzilmalar va munosabatlar yuzaga kelishi bilan bog’liq. Mazkur jarayonlar natijasida dunyo o’zining deyarli barcha jihatlarida yaxlit bir butun organizm sifatida uzil-kesil shakllandi. Fundamental deb nomlanuvchi bunday globallashuvning ilk alomatlari XIX asrning ikkinchi yarmida paydo bo’ldi, XX asr o’rtalariga kelib esa u to’la darajada borliqqa aylandi.
Ayni shu davrda dunyoni iqtisodiy bo’lib olish yakunlandi va buning natijasida turli mamlakatlar va xalqlarning kuchayib borayotgan o’zaro bog’liqligidan kelib chiqadigan mutlaqo Yangicha tusdagi keskin xalqaro muammolar yuzaga keldi. Bu jarayonlar nafaqat iqtisodiyot, siyosat va ijtimoiy hayotni, balki aloqa va kommunikatsiya vositalarini, shuningdek ma’naviy jabha – madaniyat, fan va falsafani ham qamrab oldi. Turli-tuman xalqaro tashkilotlar, forumlar, s’ezdlar, kongresslar vujudga kela boshladiki, bunga o’sha davrda aloqa va ommaviy kommunikatsiya vositalarining faol rivojlanishi ham imkoniyat yaratdi.

8
8-mavzuINSONNING MA'NAVIY KAMOLOTIDA FALSAFIY DUNYOQARASHNING ROLI
Falsafa insoniyatning bir necha ming yillik tarixiy taraqqiyoti davomida yaratilgan madaniyatining ajralmas tarkibiy qismi bolib, ilmiy bilimlar orasida muhim orin tutadi. U borliqning umumiy rivojlanish qonuniyatlarini organib, kishilarda olam haqida yaxlit ilmiy tasavvur hosil qiladi.

Falsafa dunyoqarash xarakteridagi fan hisoblanadi. Dunyoqarash esa kishilarning olam va uning ozgarishi, rivojlanishi haqidagi ilmiy, falsafiy, siyosiy, huquqiy, ax-loqiy, estetik, diniy qarashlari va tasavvurlari majmui-dan iborat.

Odatda, falsafani organishga kirishuvchi har bir kishida, qanday bolmasin, falsafa togrisida oziga xos biron bir tasavvur mavjud boladi. Bu tasavvurni u oz hayoti davomida: oilada, maktabda, kundalik turmushda, oz atrofidagi kishilar, narsalar, buyumlar bilan bolgan munosa-batlari asosida, u yoki bu manbani oqishi, boshqa kishi-lardan eshitishi, kinofilmlarni korishi orqali hosil qilgan boladi. Kishi bunda ozining hayoti, yashashi, hayotdagi orni, kundalik ishlari haqida, hayotdagi quvonch va sevinch-lar, gam-tashvishlar, baxt va baxtsizlik haqida, kishilarning dunyoga kelishi, yashashi va olamdan otishi haqida malum ta-savvurga ega bolib boradi. Shu asosda u dunyo haqida, undagi predmet va hodisalar haqida, ozining ularga va ularning oziga munosabatlari haqida oz ongida muayyan tasavvurlar va tushunchalarni hosil qila boradi. Bu tasavvur va tushunchalar uning ozi yashayotgan dunyoni qanday tushunishi, ozining kim-ligi, uning dunyoga va oz atrofidagi kishilarga munosabat-larini ifodalaydi. Bular dunyo togrisidagi oddiy ong, oddiy qarashlardir. Aslida mana shu oddiy qarashlardayoq falsafa-ning ilk kurtaklari mavjud boladi.

Kishilarning dunyoni va unga bolgan oz munosabatlarini organishi ularning oz turmush tajribalari aso-sida ongli va ongsiz ravishda yuzaga kelgan tasavvurlari va qarashlari oz miyalarida qayta ishlanib, chuqur oylagan, nazariy ozlashtirilgan, ularning etiqodlariga aylangan oziga xos dunyoqarashning paydo bolishiga olib kelgan.

Dunyoqarash, bu avvalo, insonning zaruriy ravishda dunyoni anglashi, tushunishi, bilishi natijasida yuzaga keladigan qarashlar sistemasidir. Dunyoqarash dunyoning inson ongida oziga xos inikosi bolib, u insonning dunyoni va oz-ozini anglashining alohida shaklidir. Dunyoqarash inson-ning uni qurshab turgan dunyoga bolgan munosabatlarini ifodalaydigan muayyan konikmalari, bilim-laridir. Dunyoqarash, shu bilan birga, insonning dunyoni malum darajada tushu-nishi, anglashi, bilishi, baholashi va shular asosida dunyoni amaliy ozlashtirishi hamdir. U insonning dunyoni bir butun yoki turli-tuman holda korishi, idrok etishi, tasavvur qilishi, tushunishi, insonning dunyodagi oz orni va rolini belgilashi hamdir.

Dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy xarakterga ega. Bu jihatdan har bir davrning, har bir avlodning, har bir kishining, har bir jamoaning, har bir sinfning oziga xos dunyoqarashi boladi. Shunga kora dunyoqarash oziga xos alo-hida, maxsus va umumiy xususiyatlarga ega. Dunyoqarashning ijtimoiy oz-ozini anglash sifati-dagi oziga xos xususiyati shundaki, u hayotiy mu-him hodisa va voqealarga kishi va kishilarning, ularning oz hayotiy maqsad va manfaatlari asosida shaxsiy mavqelaridan kelib chiqqan holdagi munosa-batlarining ifodalanishidir. Shunga kora dunyoqarash insonning dunyoni oddiy umumlashtirib aks ettirishi bolmay, balki u dunyoni insonning amaliy qayta ozlashtirishining natijasi sifatidagi bilimlaridir. Dunyoqarashning oziga xos xususiyatlaridan biri haqiqat, yani olamning haqiqiy manzarasini, holatini bilishdan iborat.

Dunyoqarash bir butun uyushma bolib, ozida uch asosiy holatni: bilish - baholash - hatti-harakatni birlashtiradi. Xuddi shuning uchun ham dunyoqarash individual, jamoaga xos, ommaga xos boladi. Dunyoqarashning 3-ta eng muhim tomoni mavjud. Ular qoyidagilardan iborat:

Dunyoni his qilish;

Dunyoni tasavvur qilish;

Dunyoni tushunish.

Kishilarning aqliy va hissiy tajribalari dunyoqa-rashning turli shakllarida turli tarzda oz ifodasini topadi. Uning hissiy-ruhiy tomonini dunyoni his etish deb atasak, kishining olam haqidagi tasavvurlarini dunyoni id-rok qilish deymiz. Dunyoqarashning intellektual tomonini dunyoni tushunish tashkil etadi.

Dunyoqarashning 2 ta eng muhim qutbi mavjud:

1. Aqliy (aql),

2. Hissiyot (hissiy).

Turli dunyoqarashlarning «aqliylik koeffitsienti» tur-licha boladi. Shuning-dek, ularning his-tuygularga asoslanganligi darajasi ham farq qiladi. Biroq bundan qatiy nazar, har qanday dunyoqarash ikkala qutbni ham oz ichiga oladi. hatto eng yetuk dunyoqarash ham faqat aqliylik kompo-nentidan iborat emas va aksincha hatto eng rivojlanmagan dunyoqarash ham faqat his-tuygulardan iborat emas, chunki dunyoqarash birgina aql mahsuli emas, u inson his-tuygulariga asoslanadi va aksincha.

Dunyoqarashning 2 ta darajada namoyon boladi:

1. Kundalik ong;

2. Nazariy ong.

Dunyoqarash integral tuzilma bolib, uning barcha eleme-ntlari ozaro aloqadordir. Dunyoqarash strukturasida eng asosiy orinni umumlashtirilgan bi-limlar egallaydi. Ushbu bilimlar hajmi qanchalik katta bolsa, inson dunyoqarashi ham shunchalik keng boladi.

Umuman, dunyoqarash-bu kishilarning faqat dunyo togrisidagi hozirgi aniq tasavvurlari va tushunchalari hamda bi-limlarining yigindisidan iborat bolmay, balki u butun insoniyat hayoti sharoitining anglab olinishini ham, butun qadriyatlar sistemasini ham, otmish obrazlari, hozirgi realliklarni, kelajakning moljallarini ham oz ichiga oladi. Dunyoqarash, shu bilan birga, ozida kishi-larning u yoki bu turmush tarzini moljallashi yoki rad qilishi, ularning axloqiy yurish-turish meyorlaridan tortib, bir butun madaniyatgacha bolgan hamma manaviyliklarni mujassam-lashtirgan boladi. Dunyoqarashda butun insoniyat hayotiga oid manaviylik bilan bahramandlik, kishilarning insoniyat hayotining mazmunini anglash tajribasi, oz taraqqiyotida nimalarnidir butunlay uloqtirib tashlash, nimalarnidir juda avaylab asrash kabi xususiyatlar ham boladi.

Jamiyatning rivojlanib borishi bilan insonning amaliy bilish faoliyati ham rivojlanib boradi. Bu oz navbatida dunyoqarashning ham rivojlanishini taqozo qiladi. Insonning dunyoni amaliy ozlashtirishining ozgarib bo-rishi bilan uning ongidagi inikos bolgan dunyoqarash ham ozgarib, rivojlanib, yangi-yangi tarixiy shakllari paydo bolib boradi.

SHunday qilib dunyoqarash-bilim va baho; aql va his-tuygu, dunyoni tushunish va uni his qilish, aql-farosat bilan isbotlash va ishonch, etiqod va etiqodsizlik, shaxsiy va ijtimoiy, individual va ommaviy, ananaviy va noana-naviy (ijodiy) fikrlashning murakkab qarama-qarshi to-monlarining yigindisidir.

Dunyoqarashning 3 ta asosiy turi yani tarixiy tiplari bor:

a) mifologik dunyoqarash;

b) diniy dunyoqarash;

v) falsafiy dunyoqarash.

Dunyoqarashning dastlabki tarixiy tipi mifologik dunyoqarashdir.

Mifologik dunyoqarash (mifologiya-yunoncha: mitos-naql, rivoyat; lagos-fikr, talimot degani) ijtimoiy taraqqiyot-ning eng boshlangich bosqichlariga xos bolgan insonning dunyoni tushunishining oziga xos usuli sifatida paydo bolgan dunyoqarashning dastlabki shaklidir. Mifologik dunyoqarash odatda oz ifodasini osha qadimgi davr kishilari tomonidan yaratilgan, toqilgan naqllarda, rivoyat va afsonalarda topgandir.

Har bir xalqda ozining uzoq tarixiy otmishiga xos rivoyatlar va afsonalar mavjud. Ularda bu xalqlarning ijtimoiy hayoti, turmush va fikr tarzlari, ijtimoiy-iqti-sodiy va madaniy munosabatlari hayoliy tarzda xudolar, ilohiy kuchlar va afsonaviy qahramonlar obrazlarida gay-ritabiiy, yovuz kuchlarga qarshi kurash olib boradilar. Oqibatda, bu kurashlarda doimo adolat va haqiqat tantana qiladi. Bunday rivoyat va afsonalar dastlabki paytlarda xalq ogzaki ijodi namunalarida, keyinchalik yozuvning paydo bolishi bilan taraqqiy topgan xalqlarda oziga xos adabiy asarlarda oz ifodasini topadi. Bunga misol sifa-tida biz qadimgi yunon eposlari-«Iliada» va «Odessiya»ni, hind eposi «Ramayana»ni, qirgiz xalqining eposi «Manas»ni, ozbek xalqi eposi «Alpomish» va shu kabilarni keltirishimiz mumkin. Bu eposlarda osha xalqlarning ot-mishdagi ijtimoiy-iqtisodiy va manaviy hayoti, ularning madaniyati, urfodatlari, ananalari, axloqiy, diniy, este-tik, huquqiy, siyosiy qarashlari va tasavvurlari oz ifodasini topgandir. Bir soz bilan aytganda, bunday yodgorlik-larda ifodalangan rivoyat va afsonalarda qadimgi jamiyat xalqlari dunyoqarashining shakllanishi oziga xos korinishda oz aksini topgan.

Mifologik dunyoqarashning birinchi xillari asosan olamning paydo bolishi, uning tuzilishi, tabiat, jamiyat hodisalarining yuz berishi, dunyoning boshqarilishi, dunyo-dagi predmet va hodisalarning ozaro boglanishlari va munosabatlari, dunyoning halokati masalalari va muammolariga bagishlangandir.

Afsona va rivoyatlarning ikkinchi xillari esa insonning paydo bolishi, uning yashashi, insonning dunyodagi orni, uning ishlari, tabiat kuchlari bilan olib borgan kurashi, uning manaviy kamoloti sari intilishlari, nihoyat, insonning olimi va shu kabi muammolarga bagishlangan.

Umuman, rivoyat va afsonalar oz tematikasi jihatdan xilma-xil va rang-barangdir. Lekin bu rivoyat va afsonalar, baribir qanday mavzuga, qanday sohaga oid bolmasin, ular mifologik ong darajasidagi qadimgi dunyoqarashning asosiy shakli-mifologik dunyoqarashni ifodalagan. Bu dunyoqarash qadimgi dunyo kishilarining ozlaricha osha davrga xos dunyoni tushunish, idrok qilish va uni izohlashi sifatida turli vazifalarni bajargan. Birinchidan, bu dunyoqarash malum xalqning, malum ijtimoiy jamoaning umumiy qarashlarining shakllanishi bolgan bolsa, ikkinchidan, bu dunyoqarash ozida jamiyatning malum manaviy, madaniy qadriyatlarini (axloqiy, estetik, diniy, badiiy, ilmiy, falsafiy va boshqa-lar) mujassamlashtirgan edi. Uchinchidan, bu dunyoqarashda tabiat va jamiyat-ning, olam va odamning bir butun borligini umumiy birligi, ichki va tashqi aloqadorligi, insonning ichki manaviy dunyosining manzarasi, garchi hali chuqur bolmasa ham, ozining dastlabki ifodasini topadi.

Dunyoqarashning ikkinchi tarixiy tipi diniy dunyoqarashdir.

Diniy dunyoqarashning asosiy va hal qiluvchi belgisi-ilohiy kuchlarga ishonish, butun olam, barcha mavjudot, insoniyat dunyosining Xudo tomonidan yaratilganligini va boshqarilishini etirof etish, Xudoga, ruhlarga siginishdan iboratdir.

Diniy dunyoqarashning oziga xos xususiyati shundaki, u tabiiy va ijtimoiy hodisalar mohiyatini ularning ozidan emas, balki tabiatdan tashqari sabablar, xudoning qudrati bilan tushuntiradi. U hamma narsada va har qaerda ilohiy kuch-larning tasiri, mojizaviy kuch bor, deb pisanda qiladi.

Umuman din oziga xos dunyoqarash bolishi bilan birga, u murakkab manaviy tuzilma sifatidagi ijtimoiy-tarixiy hodisa hamdir.

Din ijtimoiy hodisa sifatida jamiyatda muayyan ij-timoiy vazifalarni ham bajaradi. Dinning ijtimoiy vazifalarini aniqlash va tushunish, birinchidan, uni xayoliy mushohaza sifatida gnoseologik baholashga, ikinchidan, di-niy etiqodlarni zaruriy ravishda keltirib chiqargan ijtimoiy ehtiyojlarni aniqlashga yordam beradi. Bu shuni korsatadaki, biron jamiyatning dinga ehtiyoji, eng avvalo, kishilarning ozlarining amaliy ojizligi, chorasizligini xayolan qondirishga bolgan ehtiyojidan kelib chiqadi. Shunga muvofiq, dinning kishilarni xayoliy taskin toptirish vazifasi kelib chiqadi. Uning kishilar kongliga dalda berishi, ularni sabrli, qanoatli qilishi, ularni azob-uqubatlardan qutqarishi, qiyinchiliklarni bartaraf etishda ruhiy madad bolish vazifasi ham bor. Bu dinning xayoliy-kompensatorlik vazifasi deyiladi.

Din axloqiy meyor va korsatmalar yordami bilan kishilarning xulq-atvorini belgilash va boshqarish vazifasiga ham ega. Bu dinning regulyativ vazifasini tash-kil etadi. Din shu bilan birga, bir dindagi va turli dindagi kishilar ortasida malum munosabatlar va aloqalar orna-tishda ham muhim rol uynaydi. Bu dinning kommunikativ vazifasidir.

Din, bundan tashqari, diniy talimotlar umumiy-ligini mustahkamlash uchun kurash ham olib boradi. U kop hollarda jamiyatdagi ijtimoiy munosabatalarning mavjud sistemasini saqlashga yordam beradi. Bunda dinning integ-rativ vazifasi oz ifodasini topadi.

Din kop vazifali, kop rejali, kop tomonli hodisadir. U jamiyat taraqqiyotining oziga xos qonuniyatlari asosida paydo bolgan, shuning uchun uning mohiyati va taq-dirini ham ayni paytda ijtimoiy jarayonlar belgilaydi.

Hozirgi kunda fan va texnika yuksak rivojlangan bir sharoitda, gayritabiiy kuchlarning mavjudligi goyalari tobora zaiflashayotgan bir sharoitda, dinning, diniy dunyoqarashning, diniy goyalarning butun dunyodagi turli mamla-katlar va regiondagi xalqlarning ijtimoiy ongiga otkazayotgan tasiri hamon yuqoridir. Bu, oz navbatida, dinning «inson dunyosi»da hozirgi insonlar uchun juda zarur bolgan insoniyatning boy hayotiy tajribalarini oziga xos aks ettirishi bilan, ozida emotsional-hissiy obrazlarga asoslangan tasavvurlar va kechinmalarni, hayotiy meyorlarni, axloqiy ideallarni va umuminsoniy qadriyatlarni saqlab kelishi bilan chambarchas bogliqdir. Otmishda din kishilarni manaviy jihatdan yuksal-tiruvchi, ularning manaviy kamolotida oziga xos katta rol oynab kelgan. Bundan tashqari, u insoniyat manaviy madaniyatining ham malum bir qismini tashkil etgan. Shuning uchun dinni ijtimoiy hayot bilan boglab, manaviy hodisa sifatida organish, izohlash va tushuntirish lozim.

Umuman, din dunyoqarash sifatida falsafaga yaqin turadi, diniy duny-oqarash falsafiy dunyoqarash bilan cham-barchas bogliqdir. Ular dunyoqarash-ning shakllari sifatida ozaro umumiy birlikka ega bolib, uning turli ijtimoiy-tarixiy tiplari sifatida bir-birlaridan tubdan farq ham qiladi. Ozining insoniy tash-vishlarga, ishonch va umidlarga, faqatgina etiqodga ustun darajada etiborini qaratuvchi diniy dunyoqarashdan farqli ravishda, falsafiy dunyoqarash insonning dunyoni aql va bilim asosida tushuntiruvchi intellektual tomonlariga koproq etibor beradi.

Dunyoqarashning uchinchi tarixiy tipi falsafiy dunyo-qarashdir. Falsafiy dunyoqarash mifologik va diniy dunyo-qarashlardan farqli olaroq, dunyoni sof ilmiy tushuntiruvchi nazariy qarashlar sistemasidir.

Falsafiy dunyoqarashning oziga xos xususiyati shundan iboratki, u kishi-larga tabiat, jamiyat, inson tafakkuri rivojlanishning umumiy qonuniyatlari haqida bir butun, yaxlit malumot beradi. Shu bilan birga u insonni qurshab turgan moddiy olamning hech kim tomonidan yaratilmaganlgini, abadiyligini uqtiradi. Falsafiy dunyoqarash dunyoni va uning taraqqiyot qonunlarini bilish mumkinligini, bilish murakkab, ziddiyatli jarayondan iboratligini takidlaydi.

Falsafiy dunyoqarash qotib qolgan emas, balki doimiy ravishda ozgarib, rivojlanib, boyib va takomillashib boradigan dunyoqarashdir. Tabiatda, jamiyatda boladigan ozgarishlar tufayli, birinchi navbatda, tabiiy, texnik va ijtimoiy fanlar-dagi kashfiyotlar, ijtimoiy hayotda toxtovsiz roy berib turadigan muhim oz-garishlar natijasida kishi-larning obektiv olam haqidagi ilmiy bilim va tasavvur-lari, xususan falsafiy dunyoqarashlari oldingiga nisbatan ancha rivojlanadi, boyiydi va chuqurlashadi. Ho-zirgi zamon ilmiy-texnika inqilobi tufayli inson bilim-lari doirasi behad kengayib, mazmunan chuqurlashib va murakkablashib borayotgan-ligi bunga yaqqol misoldir. Bino-barin falsafiy dunyoqarash faqat nazariy bilish jihatdangina emas, balki amaliy jihatdan ham katta ahamiyatga egadir.
9
9-mavzu milliy va umuminsoniy qadriyatlar dialektikasi

Milliy va umuminsoniy qadriyatlar mushtarakligini ta‟minlash, uning tarbiyaviy


imkoniyatlarini kengaytirish yo’llari haqida fikr-mulohaza yuritishdan avval,


“qadriyatlar” tushunchasining mazmuni, ushbu tushunchada o’z ifodasini topgan
obyektiv voqelikning o’ziga xos xususiyatlari haqida to’xtalib o’tish maqsadga
muvofiq deb hisoblaymiz.
Avvalo, ta‟kidlash joizki, mamlakatimiz davlat mustaqilligiga erishishi bilan
O’zbekistonda qadriyatlar muammolarini o’rganish yildan-yilga avj olib
bormoqda. Aniqroq qilib aytganimizda, qadriyatlar falsafasi shakllanmoqda. Lekin
keyingi yillarda chop etilgan ilmiy-falsafiy, xususan, ilmiy-publitsiñtik
adabiyotlarda “qadriyatlar” iborasini juda keng ma‟noda ishlatish, hatto uni
“madaniyat”, “ma‟naviyat” tushunchalariga tenglashtirish, ba‟zi hollarda esa
“qadriyatlar” va “an‟analar” iboralarini bir o’ringa, bir qatorga qo’yish,
tenglashtirish holatlari sodir bo’lmoqda. Shuningdek, ba‟zi birovlar “qadriyatlar”
tushuncha-siíi “moddiy-tabiiy boyliklar” kategoriyasiga òyenglashtir-moqdalar.
Yana boshqa birovlar esa qadriyatlarni moddiy va ma‟naviy qadriyatlarga
ajratmoqdalar.
Bunday boshboshdoqliklarning âujudga kelishi “qadriyat-lar” tushunchasining
ìazmuni va mohiyati, shakli va ko’rinish-lari, tarbiyaviy ta‟sirini tahlil qilishda hali ishonchli metodologik asos hozirgacha yaratilmaganligidan dalolat beradi.
qadriyatlarning madaniy meros bilan o’zaro aloqadorlik mexanizmi va uning
tarbiyaviy imkoniyatlarini tiniqroq tasavvur etmoq uchun ushbu ijtimoiy-madaniy
voqeani o’rganishga faqat sotsiologik yoki fenomenologik yondashuvning ûzi
kifoya qilmaydi. Ushbu murakkab ijtimoiy-madaniy voqeani tahlil etishda
kulturologik yondashuvga asoslanishi-miz ñamarali natija beradi deb hisoblaymiz.
Kulturologik yondashuvga asoslanib, “qadriyatlar” tushunchasining ìazmuni va
mohiyatini, uning tarbiyaviy imkoniyatlarini kengroq tadqiq etsa bo’ladi. Ayniqsa
“ìadaniyat-ma‟naviyat-qadriyatlar” kontekstining òahlil qilinishi qadriyatlar
xususida fundamental tasavvurlar hosil qiladi.
Madaniyat falsafiy mushohada obyekti sifatida 2-3 ming yildan buyon
o’rganilib kelinmoqda. Xuddi shuning uchun ham hozirgacha madaniyatga 200
ortiq turlicha ta‟rif berilgan. Bizning fikrimizcha, qadimda madaniyat deganda
inson bilan tabiat orasidagi aloqadorlik, insonni tabiatni o’zgartirish ya‟ni
“ikkinchi tabiat”, “sun‟iy muhit” yaratish borasidagi malakasi, mahorati
tushunilgan bo’lsa, bizning zamonamizda madaniyat deganda insonning kundalik
amaliy faoliyati tufayli yaratilgan barcha moddiy va ma‟naviy boyliklari
tushuniladi. Xullas, qayerda inson mavjud bo’lsa, qayerda u faoliyat ko’rsatsa,
qayerda odamlar biri-ikkinchisi bilan muloqotda bo’lsa, o’sha yerda madaniyat
sodir bo’ladi. Madaniyat deganda faqat odamlarning savodxonligi yoki savodsizligini
tugatish tushunilmaydi. Balki kishilarning ìyehnat qilishi, o’qishi, yashashi,
ishlashi, maishiy turmushi, bir ibora bilan aytganda, turmush tarzining barcha
jabhalaridagi faoliyatining holati, darajasi tushuniladi. Xuddi shuning uchun ham
madaniyat inson ongi va faoliyatining ûzaro aloqadorligi darajasini ham ifodalaydi.
Insonning kunda-lik amaliy faoliyati moddiy va ma‟naviy sohàlarda sodir bo’lgani
uchun madaniyat ham shartli ravishda moddiy va ma‟naviy madaniyatga bo’linadi.
Moddiy madaniyat moddiy ishlab chiqarish sohàsida mehnat qilayotgan kishilar
faoliyatini xarakterlasa, ma‟naviy madaniyat odamlarni ma‟naviy ishlab chiqarish
borasidagi faoliyatini ifodalaydi. Lekin shuni alohida ta‟kidlash zarurki, har
qanday moddiy madaniyatda ma‟naviy madaniyatni, har qanday ma‟naviy
madaniyatda moddiy madaniyatning òa‟siri bo’ladi. Boshqacha aytganimizda.
moddiy va ma‟naviy madaniyat biri-ikkinchisiñiz yashay olmaydi, biri-ikkinchisi
bilan dia-lektik aloqadorlikda namoyon bo’ladi.
Ma‟naviy madaniyatning ìag’zini (yadrosini) qadriyatlar tashkil etadi. qadriyat
allaqanday hodisa, voqea yoki narsaning o’ziga xos xususiyati yoki xossasi emas,
balki uning mohiyati, o’z navbatida, borliqning u yoki bu obyektining yashashi,
mavjud bo’lib turishi uchun tom ma‟nodagi zaruriy shartidir. qadri-yatlar inson
bisotida turli-tuman ehtiyojlarning va his-tuyg’ularning mavjudligidan dalolat
beradi, atrofida sodir bo’layotgan voqealarni, hodisalarni turlicha baholashlari
uchun zamin yaratadi. Chunonchi, birovlar uchun o’ta qadrli, o’ta muhim
ahamiyatga ega bo’lgan u yoki bu hodisa boshqa birovlar uchun qadrsiz, sariq
chaqalik ahamiyatsiz bo’lishi mumkin. Xuddi shuning uchun ham qadriyatlarni
oddiy qilib ijobiy yoki salbiy (ahamiyatsiz, ahamiyati kamroq, qadr-qimmati
sezilmaydigan), absolyut va nisbiy, obyektiv va subyektiv qadriyatlarga bo’lish
mumkin. 2. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar mushtarakligini ta‟minlash yo’llari
O’zbekiston Respublikasi milliy mustaqillikka erishga-nidan keyin milliy va
umuminsoniy qadriyatlarning mushta-rakligini ta‟minlashga alohida e‟tibor berila
boshlandi. Bu hol qator tadbirlar, sa‟y-harakatlarda o’z ifodasini top-moqda.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlar mushtarakligini ta‟minlashda
ko’ppartiyaviylikning qàror topayotganligi real shart-sharoit vazifasini o’tayotir.
O’z navbatida, ko’ppar-tiyaviylik jamiyatimiz turmush tarziga demokratik tamoyillarni kirib kelayotganligining muhim alomatidir. Ko’ppartiya-viylikning qàror
topishi fuqarolar uchun tanlash, saralash, musobaqalashish imkoniyatlarini vujudga
keltiradi. Fikrlar, mulohazalar rangba-rang bo’lishi uchun qulay shart-sharoit
yaratadi. Chunki siyosiy partiyalar xalqning muayyan qismini o’z atrofida
birlashtiradi. Siyosiy partiyalarning diqqat marka-zida davlat hokimiyatini
demokratik saylovlar orqali egallash turadi. Xuddi shuning uchun ham siyosiy
partiyalar davlatni idora qilish vakolatiga ega bo’ladi. Davlat hokimiyatini egallash
esa, o’z navbatida, siyosiy partiyaning dasturiy maqsadlari, xalqqa bergan
saylovoldi va‟dalarini bajarish uchun rasmiy muruvvat bo’lib xizmat qiladi.
O’zbekistonda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni mushtarakligiga
asoslangan yangi jamiyat qurilishi boshlanishi bilan turli partiya va harakatlarning
paydo bo’layotgani ijo-biy hol qarashlarni rangba-rangligi to’g’ri yo’lini tanlab
olishga yordam beradi. qaysi g’oya insoniy bo’lsa, odamlarga foydasi tegsa, o’sha
g’oya jamiyatga kerak.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlar mushtarakligini ta‟minlashda
mamlakatlararo madaniyat kunlarining ûtkazi-lishi katta ahamiyatga ega
bo’layotir. Chunonchi, 1994 yil 23 mayda O’zbekistonda qozog’iston kunlari,
1995 yil may oyida qozo-g’istonda O’zbekiston kunlari, 1996 yil aprel oyida
O’zbekis-tonda Tojikiston kunlarining ûtkazilishi o’zbek, qozoq, tojik xalqlari
orasidagi qadimiy do’stlik, birodarlik, yaxshi qo’shnichilik aloqalarini
mustahkamlashda salmoqli hissa qo’shdi. Shuningdek, davlatlararo madaniy-ilmiy
aloqalar, xususan xalqaro ilmiy anjumanlar, kongresslar, konfe-rensiyalarni
hamkorlikda o’tkarilishi ham milliy va umumin-soniy qadriyatlarning
ìushtarakligini ta‟minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, 1995 yil 18-
CAPut!‟ sentabr kunla-ri BMT rahbarligida Nukusda o’tkazilgan Orol dengizi
havza-sidagi davlatlarning barqaror rivojlanishi muammolariga bag’ishlangan;
1995 yil 2-3 oktabrda Toshkentda “Germaniya va O’zbekiston: tarixiy, siyosiy va
strategik jihatdan qiyoslash muammolari” mavzuida o’tkazilgan xalqaro
konferensiyalar ana shunday ahamiyatga ega edi. §3.Milliylikka asoslangan baynalmilal
tarbiya milliy va umuminsoniy qadriyatlar mushtarakligini
taminlashning muhim sharti.
Ko’p millatli mamlakatimiz sharoitida milliylikka asos-langan baynalmilal
tarbiya milliy va umuminsoniy qadriyat-lar mushtarakligini ta‟minlashning eng
muhim shartdir. Respublikamizda insonparvar, demokratik jamiyat qurish uchun
kurash avj olgan hozirgi sharoitda baynalmilal tarbiyani yangi bosqichga
ko’tarmoq uchun, eng avvalo, milliylik va baynal-milallik orasidagi dialektik
aloqadorlik mexanizmini to’la tushunib olmoq darkor. Milliylik va baynalmilallik
tuyg’ulari inson faoliyatida o’z ifodasini nimalarda topadi? Milliylikning
baynalmilallikka o’sib o’tish jarayoni qanday sodir bo’ladi? Insondagi milliy va
baynalmilal his va tuyg’u-larning mustahkamligini ifodalovchi mezonlar
nimalardan iborat? Odamlarda chinakam baynalmilal qadriyatlarni shakl-lantirish
uchun qanday tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish zarur?
Milliylik deganda, eng avvalo, o’z millatini ulug’lash va uni himoya qilish,
milliy g’urur va nafsoniyat tuyg’usi, o’zining tili, adabiyoti, madaniyati va san‟ati,
dini, tarixi va urf-odatlari, barcha ma‟naviy qadriyatlarini qadrlash, o’zi tug’ilib,
voyaga yetgan ona diyorini ardoqlash, uning tabiati, daryolari, ko’llari, musaffo
osmoni bilan faxrlanish tushuniladi. Baynalmilallik deganda boshqa millat va
elatlar manfaatini hamisha e‟tiborga olish, ularning tili, adabiyoti, madaniyati,
san‟ati, tarixi, dini, urf-odatlarini hurmat qilish, qadrlay bilish demakdir.
Boshqacha aytganda, bisotida baynalmilallik tuyg’usi bo’lgan inson dastlab o’z
millati yoki elatining milliy qadriyatlarini o’zlashtirib oladi. Milliy qadriyatlarni
o’zlashtirish orqali boshqa millat va elat yaratgan umuminsoniy qadriyatlarni,
ya‟ni insoniyat yaratayotgan barcha ilg’or progressiv qadriyatlarni o’zlashtiradi.
Milliylik va baynalmilallik inson faoliyatidagi biri ikkinchisi bilan dialektik
aloqador bo’lgan eng muxim his va tuyg’ulardir. Insonning insoniy fazilatlarini
xarakterlovchi ikki holat, ikki darajadir. Bu ikki holat, ikki daraja biri ikkinchisisiz
yashay olmaydi, mavjud ham bo’lmaydi. Agar uning biri shikastlansa, ikkinchisi
ham darhol shikastlanadi. Boshqacha aytganimizda, inson faoliyatidagi bu ikki
tuyg’uning biri kuchsizlansa, ikkinchisi ham darhol zaiflashadi. Lekin shuni
alohida ta‟kidlash zarurki, baynalmilallikning zami-nida milliy ong yotadi. Chunki
insonda milliylik tuyg’usi bo’lmasa, u o’zining qaysi millat, elatga mansubligini
his qila olmasa, o’sha millat yoki elatning iqtisodiy, siyosiy, madaniy manfaatlarini
tushinib yetmasa, uni himoya qila bilmasa, urf odatlariga rasm-rusmlariga amal
qilmasa, madaniyati, ada-biyoti, tili va tarixidan yiroq bo’lsa, bunday kishi
chinakam baynalmilalchi bo’la olmaydi. Shoirlar aytganidek, milliy zamindan
uzilgan odam vaznsizlik holatida ish ko’rayotgan kosmonavtga o’xshaydi. U na
osmonining yiroqligini, na ona yerning azizligini biladigan “manqurtga”
aylanadi.
Sovet hokimiyati yillarida amalga oshirilgan tarbiyaviy-mafkuraviy
ishlarimizda baynalmilallik milliylikdan ajratib qo’yildi. Zo’r berib baynalminallik
haqida gapirdiku, milliy ong, milliy g’urur haqida lom-mim demadek. Umumta‟lim maktablarining dasturlarida milliy madaniyatni, millat tarixini, milliy tilni
o’qitishga e‟tibor berilmadi. Natijada yigit va qizlarimizning ko’pchiligi milliy
qadri-yatlarimizdan benasib bo’lib voyaga yetdilar.

10

Download 103.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling