1-Mavzu bilim inson manaviy kamoloti omili
-MAvzu diniy madaniy ananalarning jamiyat taraqqiyotiga tasiri
Download 103.12 Kb.
|
3-MAvzu diniy madaniy ananalarning jamiyat taraqqiyotiga tasiri
VI-XVI asrlar davri tarix fanida o’rta asrlar deyilib, qadimgi va an`anaviy madaniyatlar o’rtasidagi davrni bildiradi. Bu davr madaniyatida mifologik tafakkur va an`analarning kuchli ta`siri hamda yangi davrning texnogen madaniyatidagi aqliy-mantiqiy tafakkur, ilmning amaliy xususiyatlari seziladi. Arab xalifaligi va Evropa mamlakatlari o’rta asrlar madaniyatidagi xususiyatni islom va xristianlik belgilaydi. O’rta asrlar madaniyatining shakllanish qiyofasini islom va xristianlik belgilashi bilan birga, ularning o’zi ham mifologik tushunchalar asosida shakllanib, an`anaviy madaniyatning ko’plab jihatlarini o’zlashtirdi, o’z navbatida o’rta asrlar madaniyati negizida keyingi davrlar madaniyatining shakllanishi uchun yangi madaniyat kurtaklari va yangicha tafakkur tarzi vujudga keldi. Yana shuni ham inkor qilmaslik kerakki, o’rta asrlarda o’zining tafakkur tarzi va dunyoqarashi jihatidan o’tmishda va keyingi davrlarda vujudga kelgan diniy madaniyatdan keskin farq qiluvchi diniy madaniyat yaratildi. Diniy madaniyat ko’p mazmunlidir, negaki uning asosida turli xalqlarning madaniyat merosi mavjud: arab, turk, german, slavyan xalqlarining ibtidoiy (arxaik) madaniyati; antik meros va qadimgi Sharq sivilizatsiyasi meroslarini tanlash va ijodiy qayta ishlab o’zlashtirgan. Bundan tashqari G’arb va Sharqning o’rta asrlar madaniyati tarixning ming yillar davomida doimo muloqot va akkul`turatsiya jarayonini kechirdi, bunda salb yurishlari davri juda shiddatli kechdi (XI-XIII asrlar). Diniy madaniyatning ko’p qirraligi uning tarkibida ko’plab submadaniyatlarning mavjudligidir: xalqona (qishloq madaniyati), shahar, dunyoviy, monastir va so’fiylik madaniyatlari. Shuningdek, din o’sha davrdagi madaniyat va submadaniyatning barcha sohalarini birlashtirib o’z ichiga qamrab oldi. O`rta asrlar davrida yakka xudolikka asoslangan jahon dinlari-xristianlik va islom Yevropa, Osiyo va Afrikaning ko’p joylarida ko’plab kishilar uchun dunyoqarashning ustivor shakli bo’lib, inson va butun jamiyatning tafakkurini, butun turmush tarzini belgiladi. Diniy aqidalar asosida o’sha davrning qiyofasi kishilar ongida shakllanib madaniyatning o’ziga xos xususiyatini belgiladi. Koinot va osmon jismlarini dastlabki va boshlang’ich o’rnini Xudo (Olloh) belgilab, dunyo va insonni yaratuvchisi hamda barcha mavjudot xudoning (Olloh irodasining) ijodiy yaratuvchanlik natijasidir. Insoniyat tarixi davrlarning izchillik bilan takrorlanib turishi kabi namoyon bo’ladi, natijada davrlarning o’rin almashishi navbatdagi payg’ambarning kelishi bilan sodir bo’ladi.
Yevropa va Shimoliy Amerikaning ko’plab mamlakatlarida XIX asrning o’rtalarida industrlashtirish yoki sanoat burilishi nihoyasiga yetdi. Ratsionalizm va utilitarizm (manfaatparastlik) ning madaniyatdagi belgilovchilik o’rni fan va texnika taraqqiyotiga yangi turtki berdi. Oddiy to’quv dastgohi «Jenni» dan J.Uattning bug’ mashinasi (1784yil) va R.Fultonning bug’ kemasi, Stefensonning parovozidan (1814yil) birinchi yer osti temir yo’liga (1863 yil) o’tilishi injenerlik fikrining o’sishini ko’rsatdi. Bug’ va elektrlashtirish, telefon va telegraf davri, astronomiya, geologiya, biologiya, ximiya sohalarida ajoyib kashfiyotlar bo’lgan vaqt insoniyat madaniyatini yangi bosqichga ko’tardi. P.Sorokinning xulosasi bilan aytganda «faqat birgina XIX asrdagi kashfiyot va yangiliklarning o’zi oldingi asrlardagi kashfiyotlarning hammasini jamlagandan ham ko’pdir».1 Xususan, bu asrdan 8527 ta kashfiyot makon, zamon va materiya ustidan texnika hukmronligining cheksiz o’sganligidan dalolatdir. Ispan faylasufi X.Ortegi-i Gassetning yozishicha: «Biz haqiqatdan ham XIX -asrda ro’y bergan inson taqdiridagi radikal o’zgarishlar oldida turibmiz. Zamonaviy inson uchun ham jismonan, ham ijtimoiy jihatdan mutlaqo yangi manzara, yangi faoliyat yaratildi. Bu yangi dunyoning qiyofasini uchta muhim jihat belgilaydi. Bu demokratiya, ekspremental fan va industrializatsiya. Ikkinchi va uchinchi jihatlarni «texnika» nomi bilan umumlashtirish mumkin»2. XX asrda texnika surati haddan tashqari o’sdi. Keyingi yuz yilda yer yuzida sanoat ishlab chiqarishi 50martadan oshdi, bu o’sishning 4g’5 qismi 1950 yildan keyingi davrga to’g’ri keldi. Haqli ravishda XX asr insoniyat tarixiga ilmiy-texnika inqilobi asri bo’lib kirdi. Insonlarning hozirgi vaqtdagi ta`sir kuchini tabiatning eng beshafqat kuchlari bilan teng qo’yish mumkin. Shuning uchun ham xususan XX asrda texnika muammosi va uning madaniyatdagi o’rniga olimlar o’z e`tiborlarini alohida qaratdilar. 4 Download 103.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling