1-Mavzu: Biologiya fan sifatida


Download 1.03 Mb.
bet3/39
Sana11.11.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1765733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
Ma\'ruza matni biologiya

Modellashtirish metodi. Biologik tadqiqotlarda tobora keng qo‘lla- nilayotgan modellashtirish metodining mohiyati tirik tabiatdagi hodisalar va ularning jihatlarini matematik belgilarga aylantirib, model tarzida qayta tiklab o‘rganishdan iborat. Biologik jarayonlarni, evolutsiyaning turli yo‘nalishlarini, ekosistemalar hamda biosferaning rivojlanishini kompyuterda modellashtirish orqali ro‘y berishi mumkin bo‘lgan voqea-hodisalarni oldindan bilish imkoni yaratildi.
Biologiya fanining muammolari. Biologiya fanida hali o‘z yechimini
topmagan bir qancha muammolar mavjud. Hayotning, odamning paydo bo‘lishi, bosh miya faoliyati mexanizmlarini o‘rganish orqali tafakkur va xotira qonuniyatlarini anglash, embrional taraqqiyotda genetik axborot asosida to‘qima, organlar va organizm rivojlanishini o‘rganish shular jumlasidan. Dunyo aholisining soni yildan yilga ortib bormoqda. Binobarin, biologiya fani oldida turgan muhim vazifalardan biri insonlarning oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan nazariy va amaliy muammolarni hal etishdan iborat. Bu sohada seleksiyada ko‘p yillardan beri qo‘llanib kelinayotgan duragaylash, tanlash metodlaridan tashqari, gen muhandisligi – genlarni sintez qilish, ko‘chirib o‘tkazish, somatik hujayralarni duragaylash, allofen – organizmlar yetishtirish va boshqa metodlardan foydalanish nihoyatda samarali bo‘ladi. Insonlardagi irsiy kasalliklarni o‘rganish, ularning oldini olish choralarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish nihoyatda muhim sanaladi. Bu muammoni ijobiy hal etish gen muhandisligi va biotexnologiya sohalarining rivoji bilan uzviy bog‘liq. Hozirgi vaqtda eng xavfl i hodisalardan biri ekologik muhitning
yomonlashayotganligi hisoblanadi. Bu ayniqsa, inson uchun nihoyatda foydali bo‘lgan o‘simlik va hayvon turlarining yildan yilga kamayib ketayotganligida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Biologiya fani oldida turgan muammolardan biri hayvonlar, o‘simliklar genofondini saqlash usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishdan iborat. Ilmiy-texnika taraqqiyoti, qishloq xo‘jaligi va shaxsiy hayotda turli kimyoviy moddalardan foydalanish natijasida tobora ortib borayotgan sanoat, transport va maishiy chiqindilarni qayta ishlash, tabiat ifl oslanishining oldini olish muhim vazifa hisoblanadi.
Tayanch so‘zlar: tibbiyot, seleksiya, agronomiya, psixologiya, farmokologiya, biotexnologiya, mikrobiologiya, mikologiya, gidrobiologiya, paleontologiya,
bionika, ekologiya, kuzatish, taqqoslash, tarixiy, eksperimental, modellashtirish.
Savol va topshiriqlar:
1. Zamonaviy biologiya fanining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlang.
2. XXI asrda biologiya fani hal etishi lozim bo‘lgan muammolarni sanang.
3. Biologiya fanining asosiy maqsad va vazifalarini tushuntiring.
4. Biologiya rivojida taqqoslash va kuzatish metodining ahamiyati nimalardan
iborat?
5. Tarixiy metodning ilmiy ahamiyati nimada?

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling