1-Mavzu: Biologiya fan sifatida


-Mavzu Organik olamdagi moslanishlar-evolyutsiya natijasi


Download 1.03 Mb.
bet31/39
Sana11.11.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1765733
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39
Bog'liq
Ma\'ruza matni biologiya

23-Mavzu Organik olamdagi moslanishlar-evolyutsiya natijasi. Amaliy mashg’ulot.Organizmlarniyashashmuxitiga moslanishlarini o’rganish.
Reja
1 Organik olamdagi moslanishlar-evolyutsiyasi


Evolutsiya, biologiyada tirik organizmlarning tarixiy oʻzgarishi. Evolutsiyada tabiiy tanlanish taʼsirida mutatsiyalardan organizmlarning tashqi muhit sharoitiga moslanishiga olib keladigan belgilar va xususiyatlar kombinatsiyasi shakllanadi. Evolutsion oʻzgarishlar dastlab yoʻnaltirilgan oʻzgarishlar tarzida populyatsiyalarda namoyon boʻladi. Evolutsiyaning elementar omillari qatoriga mutatsiya va tabiiy tanlanish bilan birga populyatsiyalardagi individlar sonining oʻzgarib turishi va populyatsiyalarning alohidalanishi (qarang Genlar dreyfi), shuningdek, meyotik drayv (geterozigotalarning ajralishida genlar chastotasiga nisbatan tasodifan taqsimlanishning buzilishi) ham kiradi. Populyatsiyalardagi evolutsion oʻzgarish yangi turlarning hosil boʻlishiga (qarang Tur hosil boʻlishi) yoki turining oʻzgarishiga olib keladi. Evolutsiya sabablari, harakatlantiruvchi kuchlari, mexanizmlari, tezligi va uning umumiy qonuniyatlari evolutsion biologiya oʻrganadi (qarang Evolyutsion taʼaimot). Baʼzan "Evolutsiya" terminining filogenez termini sinonimi sifatida ham qoʻllaniladi. "Evolutsiya" soʻzi birinchi marta Shveysariya tabiatshunosi va faylasufi Sh. Bonne (1762) tomonidan embriologiyaga oid ishlarda qoʻllangan.
oslanish bu – organizmlarning ichki va tashqi tuzilishi, organlar
funksiyasi, xulq-atvori va hayot tarzining muayyan yashash muhiti sharoitiga
mos kelishidir. Barcha tirik organizmlarda mavjud bo‘lgan o‘ziga xos moslanish
belgilari ularning o‘zi yashab turgan muhitda yashab qolishi, yashash uchun
kurashda g‘olib chiqishi, normal nasl qoldirib o‘z belgilarini kelgusi avlodlariga
uzatishlari uchun imkon tug‘diradi. Moslanish organizmlarning yashovchanligi,
raqobatchanligi va normal nasl qoldirishi bilan uzviy aloqadordir. Yashov-
chanlik deganda organizmlarning o‘zi tarqalgan muhitda genotipini keskin
o‘zgartirmagan holatda normal yashashi tushuniladi. Raqobatchanlik organizm-
larning o‘lik va tirik tabiat, shu jumladan, oziq topish, boshqa jins bilan qo‘shi-
lish, yashash joyini egallashdagi qarshiliklarni yengishidir. Nasl qoldirish esa
organizmlar urchishining normal kechishi bilan bog‘liq. Moslanishning bu
uch komponenti o‘zaro bog‘liq bo‘lib, tabiiy tanlanish orqali tarkib topgan
evolutsion natija hisoblanadi. Tashqi muhit sharoitlari turli-tuman bo‘lganligi
sababli, organizmlardagi moslanish belgilari ham xilma-xil bo‘ladi.
Morfologik moslanishlar. Tashqi muhit omillari ta’siri natijasida orga nizm lar
tana tuzilishida shu muhitga mos xususiyatlar paydo bo‘ladi. Masalan, qushlarda
tana shakli havo muhitida, baliqlarning tana shakli suv muhitida yashashga yordam
beradi. Hayvonlardagi morfologik moslanishlarga himoya rangi, maskirovka,
mimikriya, ogohlantiruvchi rang, chalg‘ituvchi rang misol bo‘ladi.
Himoya rangi. Ko‘pchilik hollarda hayvonlarning tashqi rangi o‘zi ya-
sha yot gan muhit rangiga mos bo‘lgani uchun ko‘zga kam tashlanadi (99-rasm).
Odatda cho‘lda yashaydigan toshbaqa, kaltakesak, ilonlar qum rangida,
shimoliy o‘lka hayvonlari – ayiq, kuropatka, tulkilar oq rangda, kvaksha, be-
shik tervatar, ninachilar yashil barglar orasida yashagani, karam kapalagi qurti
uning barglari bilan oziqlangani sababli yashil rangda bo‘ladi. Agar muhit
rangi fasllarga qarab o‘zgarsa, u holda hayvonlar rangi ham o‘zgaradi.
Masalan, Yevropaning o‘rta mintaqasida yashovchi tulki, tovushqon,
kuropatka, gornostay qishda bir, yozda ikkinchi xil rangda bo‘ladi.
Maskirovka. Ayrim hollarda hayvonning tana shakli va rangi atrofi dagi
barg, novda, kurtak, o‘simliklarga o‘xshash bo‘ladi. Chunonchi, chupchik
degan hasharot rangi va shakli ingichka novdani, ninabaliq suvo‘tlarini,
99-rasm. Hayvonlarda
himoya rangi:
1 – yashil chigirtka;
2 – odimchi qurt;
3 – kvaksha baqasi;
4 – kuropatkaning
yozgi qiyofasi;
5 – kuropatkaning
qishki qiyofasi;
6 – tentakqush;
7 – gornostayning
yozgi qiyofasi;
8 – qishki qiyofasi.
dengiz paxmoq otchasi deb ataluvchi ba liq suv o‘simliklarini eslatadi
(100-rasm). Ayrim ikki pallali molluskalar shakli suv o‘sim liklarining kurtak-
lariga o‘xshash bo‘ladi. Malayada tarqalgan kallima kapalagining qanotlari
shakli, naqsh va tomirlari bargga o‘xshash bo‘ladi.
Ogohlantiruvchi rang. Ba’zi hayvon lar ning tashqi ko‘rinishi rang-barang
bo‘lib, ko‘zga yaqqol tashlanadi. Tillaqo‘ng‘iz, tugmachaqo‘ng‘iz, qovo g‘ari,
tukli ari, ko‘pgina kapalaklar, «do‘st-dushman» ko‘ zi ga yaqqol tashla nib, o‘z
ranglari bilan ularni «ogohlantiradilar». Odatda bunday ogoh lanti ruvchi rangga
ega hay vonlar ning dushmanlardan himoya qiladigan qo‘shim cha vositalari
mavjud. Ularning xususiy himoya vositalariga tanada ishlab chiqarila digan
qo‘lansa hidlar, zaharli suyuqliklar, tananing tuklar bilan qoplanganligi,
185nayzalar va hokazolar kiradi. Masalan, xonqizi qo‘ng‘izi zaharli suyuqlik ajrat-
gani uchun qushlar ularni cho‘qimaydilar..

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling