1-mavzu. Biznes huquqi tushunchasi va manbalari Reja


Download 205.99 Kb.
bet5/7
Sana26.03.2023
Hajmi205.99 Kb.
#1298373
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu

Bozor iqtisodiyoti shakllanishi sharoitida biznes huquqining roli. Rejali iqtisodiyot vaqtida barcha munosabatlar, shu jumladan tovar ishlab chiqarish yuqoridan beriladigan buyruqlar, topshiriqlar va qarorlar asosida amalga oshirilar edi. Buning oqibatida respublikamizda xalq xoʻjaligining faqat bir sohasi, yaʼni xom ashyo yetkazib berish tuzilmasigina rivojlangan edi. Maʼmuriy buyruqboz- likka asoslangan xoʻjalik huquqi tizimi mukaddam faqat davlatga tegishli boʻlgan korxona, tashkilotlarga doir xoʻjalik munosabatlariga, shuningdek kooperativ va boshqa tashkilotlar bilan bogʻliq xoʻjalik munosabatlariga xizmat qilgan edi.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan soʻng oʻz iqtisodiyo- timiz asoslarini juda noqulay sha- roitda boshlashga toʻgʻri keldi. Bun- da eng asosiy masala ichki iqtisodiy siyosatni inson manfaatlariga qara- tish, mehnatni ragʻbatlantirish, aholi- ning ijtimoiy nochor qatlamlarini davlat yoʻli bilan himoya qilishga qaratilgan bozor iqgisodiyotini qurishdan iborat boʻldi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida rejaga asoslangan hamma uchun majburiy tartib oʻz kuchini yoʻqotdi. Ammo reja faqat alohida olingan holatlarga, yaʼni davlat ehtiyojlarini taʼminlashga qaratilgan topshiriqlarni bajarishga tadbiq etiladigan
boʻldi.
Biznes faoliyati – iqtisodiy faoliyatning tarkibiy qismidir.

Mamlakatimiz iqtisodiyotida bozor munosabatlarining tobora


ildiz otib borishi biznes huquqining ham rivojlanishiga sabab boʻlmokda. Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga oʻtish xoʻjalik munosabatlari toʻgʻrisidagi va tegishli xoʻjalik huquqi predmeti haqidagi tushunchaning ham oʻzgarishiga olib kelmoqda. Hozirgi kunda xilma-xil shakldagi mulk, fuqaro mulklarining kichik korxona shaklida, dehkon xoʻjaligi, xususiy biznes faoliyati shaklida ishlab chiqarishga jalb etilishi xoʻjalik munosabatlarining shakli, hajmi, xarakteri va mazmunini oʻzgartirmokda. Bozor munosabatlari korxo- nalarning2 oʻzaro shartnomaviy munosabatlari bilan oʻzviy bogʻliqdir. Bozor munosabatlari davrida tovar ishlab chiqarish va uni isteʼmol- chilarga yetkazib berish bilan bogʻliq jarayonlar respublikamizning bir qator qonunlari, jumladan, Fuqarolik kodeksi, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”, “Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”, “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi kabi qonunlar bilan huquqiy tartibga solindi. Ana shu va shunga oʻxshash boshqa qonunlar bozor munosabatlarini tartibga soluvchi muhim huquqiy hujjatlar boʻlib hisoblanadi. Biznes huquqi esa ushbu qonunlarga tayanib rivoj- landi va rivojlanib bormoqda, bozor iqtisodiyotining shakllanish va rivojlanish jarayonida muhim huquqiy vosita boʻlib xizmat qilmoqda.
Bozor munosabatlariga oʻtish sharoitida xoʻjalik munosabatlarini huquqiy tartibga solish bozor uchun tovar ishlab chiqarishga (ishlarni bajarishga, xizmatlar koʻrsatishga) ixtisoslashgan faoliyati bilan bogʻliq boʻladi. Shu sababli har qanday subyekt oʻziga tegishli mulk yuzasidan ishlab chiqarish faoliyatiga kirishadi va uni amalga oshirish jarayoni xoʻjalik (biznes) huquqi bilan tartibga solinadi. Xoʻjalik huquqi davlatning ishlab chiqarish faoliyatiga taʼsir etishi boʻyicha kelib chiqadigan munosabatlariga ham tadbiq etiladi. Bu davlat bilan boshqa subyektlarning oʻzaro vertikal boʻyicha xoʻjalik yuritish munosabatlaridir. Yurtimizda tadbirkorlarga borgan sari keng



2 Korxona muassasa, tashkilot, birlashma va shu kabilarni bir so'z bilan «korxona” deb atadik.
imkoniyatlar va imtiyozlar yaratilmoqda. Tadbirkorlarga yaratilayot- gan keng imkoniyatlar borasida 2015-yilda qonunchiligimizda amalga oshirilgan oʻzgartishlarga ham eʼtiborni qaratish muhimdir. Bunda amalga oshirilgan oʻzgartishlarning quyidagi oʻrinlariga eʼtibor beraylik:
Birinchidan, nazorat organlarining rejali tekshirishlari masa- lasida. “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi OʻzR Prezidentining 2015-yil 15-maydagi PF-4725-sonli farmoni asosida barcha nazorat organlari uchun rejali tekshirishlar davriyligi birxillashtirildi. Bu qoida bitta tadbirkorlik subyektida ketma-ket, yaʼni
1 yilda 2-3 bor tekshirishlar oʻtkazishga chek qoʻydi. Nazorat organlarining rejali tekshirishlari bitta tadbirkorlik subyektida har yili yoki 2 yilda 1-marta oʻtkazilardi. Bu hol korxona faoliyatiga salbiy taʼsir etmay qolmasdi. Mazkur farmon masalaga oydinlik kiritdi. 2015- yilning 1-iyulidan eʼtiboran, mikrofirma, kichik korxona va fermer xoʻjaliklari faoliyati bilan bogʻliq barcha rejali tekshirishlar koʻpi bilan 4 yilda 1-marta, boshqa biznes subyektlari uchun esa 3 yilda 1-marta, xususiy banklar uchun 5 yilda 1-marta qilib belgilandi. Yana bir muhim jihat shundaki, endi nazorat qiluvchi organlar rejali tekshirishlar oʻtkazish toʻgʻrisida 30 kalendar kun avval tadbirkorlik subyektiga yozma xabar berish orqali maʼlum qiladi. Bunda tekshirish oʻtkazish muddati 30 kalendar kundan koʻp boʻlishi mumkin emas. Moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish DSX organlari tomonidan oʻtkaziladi. Agar tekshiruvda soliq va valyutaga oid jinoyatlar alomatlari aniqlansa, tekshiruv OʻzR Bosh prokuraturasining maxsus departamenti tomonidan oʻtkaziladi. Prezidentimiz farmonida belgilan- gan normalar 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunda ham oʻz ifodasini topdi. Aytilganlarga koʻra, davlatimiz rahbarining mazkur farmoni biznesni yanada keng taraqqiy etishida muhim omillardan biri boʻlib xizmat qiladi. Ikkinchidan, OʻzRning Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻri- sidagi kodeksiga kiritilgan oʻzgartishga koʻra, birinchi marta hu- quqbuzarlikni sodir etgan shaxs noqonuniy biznes faoliyatidan olingan daromadni davlatga ixtiyoriy ravishda toʻlasa, shuningdek biznes subyekti davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan taqdirda, huquqbuzarlik
ashyolari musodara qilinmasdan tadbirkor javobgarlikdan ozod qilinadi. OʻzRning Jinoyat kodeksiga kiritilgan oʻzgartish(184-m.)ga koʻra, agar shaxs birinchi marta jinoyat sodir etgan boʻlsa, DSX organining qarorini olgan kundan eʼtiboran 30 kun ichida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar, penyalar, boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini toʻliq qoplasa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
Uchinchidan, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartishga koʻra, biznes subyektiga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha tekshiruvlarda advokatlar albatta ishtirok etadilar. Tadbirkorga advokatni ishga jalb etish huquqi berildi. Tadbirkor bu huquqni rad etishga haqli. Tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs tadbirkorga advokatni yollash yoki uni rad etish huquqi borligini yozma ravishda tushuntiradi. Agar tadbirkor advokatni rad etsa, bu uning advokatni istalgan vaqtda yollash huquqiga molelik qilmaydi.
Toʻrtinchidan, xususiy tadbirkorlarga Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-iyuldagi 219-sonli qaroriga asosan 1 nafardan 3 nafargacha miqdorda xodimlarni yollash huquqi berildi. Tadbirkor va xodimlar oʻrtasidagi munosabatlar mehnat qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Bunda yozma mehnat shartnomasi tuziladi. Mehnat shartnomasida xususiy tadbirkorning imzosi muhr bilan tasdiqlanishi shart emas. Ishga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq rasmiylashtirilmaydi. Mehnat daftarchasi yuritilmaydi. Xodimning mehnat stajini hisoblash toʻlangan sugʻurta badallari asosida amalga oshiriladi. Bunda Byud- jetdan tashqari pensiya jamgʻarmasining maʼlumoti asos hisoblanadi.

  1. Download 205.99 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling