1-mavzu. Biznes huquqi tushunchasi va manbalari Reja


Download 205.99 Kb.
bet3/7
Sana26.03.2023
Hajmi205.99 Kb.
#1298373
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu

Xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq munosabatlar. Xoʻjalik munosabatlarining mazkur guruhi bevosita mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatidir. Maʼlumki, sobiq Ittifoq davrida, yaʼni rejali iqtisodiyot hukmron boʻlgan sharoitda xoʻjalik munosabatlari faqat korxonalar hamda ularning boʻlimlari oʻrtasida vujudga kelar edi. Xoʻjalik faoliyatini alohida fuqaro emas, balki fuqarolarning jamoasi olib borar edi. Fuqaro esa xoʻjalik faoliyatini yuritish jarayonida tashkilot jamoasi tarkibida ishtirok etar edi. Uning bu munosabatlari

esa mehnat huquqi bilan tartibga solinar edi. Hozirgi paytda, yaʼni bozor iqtisodiyoti munosabatlariga bosqichma-bosqich oʻtilib, demok- ratik huquqiy davlat qurilayotgan vaqtda yakka shaxs – tadbirkorning xoʻjalik faoliyati biznes huquqining predmetini tashkil etadi. Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga oʻtish mulkning davlat tasar- rufidan chiqarilishi va xususiy mulkning shakllantirilishidan boshlandi. Alohida fuqaroning xususiy mulk egasi sifatida eʼtirof etilishi uning biznes faoliyati bilan shugʻullanishi uchun imkoniyat yaratdi. Fuqa- roning bu faoliyati uchun yetarli huquqiy asoslar yaratildi. Endilikda alohida fuqaro daromad (foyda) olish maqsadida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan vaqtdan eʼtiboran tadbirkor maqomiga ega boʻlgach, xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻldi. Bunda uning xoʻjalik yurituvchi boshqa subyektlar bilan huquqining tengligi kafolatlangan. Respublikamizning bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich oʻtib borishi jarayonida biznes faoliyati ishti- rokchilarining ham ahamiyati tobora oshib bormoqda. Bu faoliyatning oʻziga xos xususiyatlari ishlab chiqarishni tashkil etish, biznesni roʻyxatga olish, hisob-kitob olib borish, soliq toʻlash, bozorga tovar, ish va xizmat bilan chiqish tartib-qoidalarini belgilash, boshqa korxona va tashkilotlar bilan boʻladigan oʻzaro munosabatlar va shu kabilarni huquqiy boshqarishda namoyon boʻladi.
Demak, korxonalar va tadbirkorlarning ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq iqtisodiy munosabatlari bir butun holda biznes huquqiga oid qonun-qoidalar bilan tartibga solinadigan xoʻjalik munosabatlarining birinchi guruhini tashkil etadi.


  1. Download 205.99 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling