1-mavzu. Biznes huquqi tushunchasi va manbalari Reja
Download 205.99 Kb.
|
1-mavzu
Biznes huquqi manbalari“Manba” soʻzi arab tilidan kirib kelgan soʻz boʻlib, ilmiy tadqiqot ishlari uchun asos boʻlgan asar, hujjat va shu kabilarni anglatadi3. Huquq manbai deganda, huquqiy normalarning mustah- kamlanish, yaʼni tashqi ifodalanish shakli tushuniladi. OʻzRdagi huquq tizimining manbai – bu vakolatli organlar tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinadigan qonunlar va 3 Qarang: O’zbek tilining izoxli lug’ati. Z.M.Ma’rufov tahriri ostida. – M.: “Russkiy yazik” nashriyoti, 1981. 1-jild, 445-bet. chiqariladigan huquqiy hujjatlardir4. Har bir huquqiy fan uchun ana shu qonunlar va huquqiy hujjatlarning qaysi biri yoki uning qaysi huquqiy normasi manba ekanligini ajratib olish kerak boʻladi. Bu masala, ayniqsa, biznes huquqi uchun muhimdir. Chunki biznes huqu- qiy normalarini yagona tizimga soluvchi alohida huquqiy hujjat hozir- cha mavjud emas. Lekin shunday boʻlsa-da, respublikaning vakolatli organlari tomonidan qabul qilingan qator qonunlar va huquqiy hujjatlar borki, ularning deyarli katta qismi bevosita biznes huquqining manbai boʻla oladi. Ulardan tashqari, oldingi yillarda amalda boʻlgan va xoʻjalik-protsessual harakatlarni huquqiy tartibga solishda katta rol oʻynagan “OʻzRning Xoʻjalik protsessual kodeksi”ni ham taʼkidlab oʻtish lozimHar bir huquqiy fan uchun ana shu qonunlar va huquqiy hujjatlarning qaysi biri yoki uning qaysi huquqiy normasi manba ekanligini ajratib olish kerak boʻladi. Bu masala, ayniqsa, biznes huquqi uchun muhimdir. Chunki biznes huquqiy normalarini yagona tizimga soluvchi alohida huquqiy hujjat hozircha mavjud emas. Lekin shunday boʻlsa-da, respublikaning vakolatli organlari tomonidan qabul qilingan qator qonunlar va huquqiy hujjatlar borki, ularning deyarli katta qismi bevosita biznes huquqining manbai boʻla oladi. Ulardan tashqari, oldingi yillarda amalda boʻlgan va xoʻjalik-protsessual harakatlarni huquqiy tartibga solishda katta rol oʻynagan “OʻzRning Xoʻjalik protsessual kodeksi”ni ham taʼkidlab oʻtish lozim5. Biznes huquqi manbai deb, xoʻjalik subyektlari oʻrtasida kelib chiqadigan xoʻjalik faoliyatiga doir munosabatlarni huquqiy tartibga soluvchi qonun normalarining yigʻindisiga aytiladi. OʻzR Konstitutsiyasi huquqning barcha sohalarida boʻlgani kabi xoʻjalik huquqining ham asosiy manbaidir. Konstitutsiyaning 36- moddasida belgilanganidek, “har bir shaxs mulkdor boʻlishga haqli. Banka qoʻyilgan omonatlar sir tutilishi va meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi”. 4 Normativ xujjatlarning turlari bo’yicha qarang: O’zbekiston Respublikasining “Normativ huquqiy xujjatlar to’g’risida”gi Qonuni. – www.lex.uz. 5 Xoʻjalik protsessual kodeksi 1993-yilning 2-sentyabrida qabul qilingan edi. 1997-yilning 30-avgustida OʻzR Oliy Majlisi tomonidan yangi tahrirdagi “Xoʻjalik protsessual kodeksi” qabul qilindi va u 1998- yilning 1-yanvaridan eʼtiboran amalga kiritildi. Keyingi yillarda mazkur kodeksga bir qator tuzatish va qoʻshimchalar kiritildi. Biroq 2018-yil 24-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi tasdiqlanishi va 2018-yil1-apreldan eʼtiboran kuchga kiritilishi munosabati bilan Xoʻjalik protsessual kodeksi oʻz kuchini yoʻqotdi. Oʻz ichiga uchta moddani (53, 54 va 55-moddalar) qamrab olgan Konstitutsiyaning XII bobi “Jamiyatning iqtisodiy negizlari” deb nomlangan. Bu bobda, xususan bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan Oʻzbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etishi, davlat isteʼmolchilar huquqining ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, biznes va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab- baravar muhofaza etilishini kafolatlashi, mulkdor mulkiga oʻz xohishicha egalik qilishi, undan foydalanishi va uni tasarruf etishi va shu kabilar belgilangan. Konstitutsiyadan tashqari biznes huquqining manbai boʻlib OʻzR Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan qonunlar, parlament palatalari tomonidan qabul qilingan qarorlar, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda tegishli vakolatga ega boʻlgan mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar hisoblanadi. Download 205.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling