Reja: kirish budjet tashkilotlarini moliyalashtirishda budjetdan tashqari mablag’larning o`rni


Download 0.51 Mb.
bet1/5
Sana21.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1640824
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Budjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag’larni jalb qilish


Budjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag’larni jalb qilish va ulardan foydalanish
Reja:
KIRISH
1. Budjet tashkilotlarini moliyalashtirishda budjetdan tashqari mablag’larning o`rni
2. Budjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag’larni jalb qilish va ulardan foydalanish holati tahlili.
3. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘larini jalb qilishni kengaytirish yo‘nalishlari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI

KIRISH
Bugungi iqtisodiy islohotlar davrida davlat moliyasini, shu jumladan davlat byudjetini boshqarishda moliyaviy nazorat muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunda moliyaviy intizomini mustahkamlash uchun amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning yo’nalishini byudjet mablag’laridan samarali va maqsadli foydalanish, byudjet intizomini mustahkamlash uchun byudjet tashkilotlari rahbarlarining iqtisodiy mustaqilligini kengaytirish va mas’uliyatini oshirish; byudjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlarni mablag’ bilan ta’minlash mexanizmini soddalashtirish va byudjet mablag’laridan foydalanishda mavjud mablag’larni oqilona taqsimlash uchun shartsharoitlar yaratish; byudjet tashkilotlari xodimlari mehnatini rag’batlantirish, ular faoliyatining samaradorligini oshirish va kadrlar qo’nimsizligini kamaytirish uchun shart-sharoitlar yaratish kabilar belgilamoqda. Byudjet mablag’larini taqsimlovchilar, byudjet muassasasi rahbarlari, bosh hisobchilari, moliya organlari xodimlari tomonidan yetarli darajada nazoratni o’rnatilmasligi va ularning ma’suliyatsizliklari natijasida byudjet ijrosi borasida bir qator kamchiliklarga yo’l qo’yilmoqda. Bu esa byudjet tashkilotlarini faoliyatini, ularni xarajatlarini rejalashtirishni va uni nazorat qilishni dolzarb masalalardan qilib qo’ymoqda. Byudjet nazorati byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlarining moliyaviy nazorat ob’ektlari tomonidan buzilishi hollarini aniqlash, bartaraf etish va unga yo’l qo’ymaslik maqsadida davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Ularni faoliyatini takomillashtirish maqsadida bir qator me’yoriy hujjatlar qabul qilinmoqda. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida erigilgan yutuqlarlar bilan bir qatorda bu sohada o’z yechimini kutayotgan muammolar mavjud. Jumladan, moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan yakuniy nazorat natijasida budjet mablag’laridan maqsadsiz foydalanish holatlari doimiy ravishda aniqlanmoqda. Budjet tashkilotining rivojlantirish jamg’armasiga budjet tashkilotlarining tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlari tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar va ularni ishlab chiqarish bo’yicha xarajatlar o’rtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi. Budjetlarni tuzish, ijrosini amalga oshirish va nazorat qilish mablag’larni samarali va maqsadli sarflanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Shu sababdan budjet ijrosi jarayonida ishonchli axborotga extiyoj vujudga keladi. Bunda, buxgalteriya hisobi eng asosiy axborot manbai bo’lib, uni tashkil etish iqtisodiy jihatdan muhim hisoblanadi. Iqtisodiy islohotlar sharoitida budjet mablag’laridan oqilona va samarali foydalanish, budjet tashkilotlarini moliyalashtirishni samarali tashkil etish dolzarb masalalardan biri sanaladi.


«O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablag‘ bilan ta‘minlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo‘yicha qoidalar‖ va boshqa shu kabi me‘yoriy hujjatlar qabul qilindi. Davlat budjeti ijrosining ushbu me‘yoriy hujjatlar doirasida amalga oshirilishi budjet daromadlari va xarajatlari o‘zaro muvofiqligini ta‘minlab kelmoqda.
Ushbu yo‟nalishdagi islohotlarni davom ettirilgan holda, istiqbolda davlat byudjetini o’rta muddatli muddatga rejalashtirish, byudjetdan mablag‟larni ajratishda natijaga e’tibor qaratish, 2022-2026 yillarga mo’ljallangan taraqqiyot strategiyasida mahalliy byudjetlar daromadlar qismini mustahkamlash, davlat byudjeti xarajatlarining ijtimoiy yo’naltirilganligini saqlab qolgan holda turli darajadagi byudjetlar mutanosibligini ta’minlash kabi vazifalar nazarda tutilgan1.
Budjet mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanish, budjet taqchilligini oldini olish dolzarb masalalardan biri sanaladi. «Albatta, Davlat budjeti o‘lchovsiz emas, mablag‘larni qattiq tejash, belgilangan maqsad uchun va oqilona ishlatishni ta‘minlash zarur. Bu – hammaga ravshan va rad etib bo‘lmaydigan haqiqat» –deydi Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev o‘z nutqlarida2.
Budjet tashkilotlari budjet mablag‘larining asosiy iste‘molchisi hisoblanib, Davlat budjeti xarajatlarini tashkil etadi va xarajatlar smetasi asosida budjetdan moliyalashtiriladi. Shuningdek, budjet tashkiloti qonunchilikka muvofiq budjetdan tashqari mablag‘lar yuzasidan tashkil bo‘lish manbalari va foydalanish yo‘nalishlari ko‘rsatilgan holda budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalar doirasida xarajatlarni amalga oshiradi. Oxirgi yillarda davlat moliyasini isloh qilish loyihasini amalga oshirish doirasida so‘nggi natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish tamoyillarining joriy qilinishi, o‘rta muddatli byudjet istiqbollarini belgilash siyosatining ilgari surilishi, davlat budjetining g‘azna ijrosiga o‘tilishi hamda budjet siyosatidagi boshqa o‘zgarishlarning amalga oshirilishi budjet tashkilotlarida o‘z xarajatlarini aniqlash va smetalarni ishlab chiqish, budjetdan tashqari mablag‘larni safarbar qilish tartiblarini takomillashtirishni talab etmoqda.

1. Budjet tashkilotlarini moliyalashtirishda budjetdan tashqari mablag’larning o`rni


Davlat budjeti ijrosining G‘aznachilik tizimi joriy qilinib, bujet daromadlari va xarajatlarining ijrosi kassa usulida amalga oshirilishi mablag‘larni samarali va maqsadli sarflash hamda nazorat qilish imkoniyatini bermoqda. Budjet tashkilotlari xarajatlarining to‘lovi g‘aznachilik orqali amalga oshirilib, budjet mablag‘larini ortiqcha band qilmaslikni ta‘minlamoqda. Islohotlarni amalga oshirish davomida budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari ham g‘aznachilikka qamrab olinib uning kassa ijrosi ham g‘aznachilik tomonidan amalga oshirilmoqda. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘larining tashkilot shaxsiy hisobraqamiga kelib tushishi va sarflanishi kassa usulida g‘aznachilikda hisobga olinadi. Budjet tashkilotlarida esa budjetdan tashqari mablag‘larning tashkilot shaxsiy hisobraqamiga kelib tushishi va sarflanishi kassa va hisob usulida aks ettiriladi.
Budjet tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414 sonli «Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta‘minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga asosan budjetdan tashqari mablag‘larni shakllantirishlari mumkin.

1-rasm. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari3.


Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari g‘aznachilikka qamrab olinib, ular bo‘yicha alohida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlar ochiladi. Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochiladigan quyidagi budjetdan tashqari mablag‘lar mavjud:

  • to‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablag‘lar, ta‘lim muassasalarida to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar, rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, boshqa budetdan tashqari mablag‘lar, boshqa hisobvaraqlardagi pul mablag‘lari, valyuta hisobvarag`i, budjet tashkilotining vaqtincha ixtiyorida bo`ladigan mablag‘lar.

Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli «Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta'minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq budjet tashkilotlarini budjetdan tashqari mablag‘lari Moliya vazirligining G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalarida ochilgan hisob raqamlarida hisobot choragining oxirgi ish kuni oxirida budjet mablag‘lari bo‘yicha tejab qolingan mablag‘lar, faoliyati turiga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan olingan daromadlar, balansida bo‘lgan davlat mulkini ijaraga berishdan qonun hujjatlariga muvofiq olingan mablag‘larning bir qismi, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan beriladigan homiylik yordami (beg‘araz yordam) hisobidan shakllantirilishi belgilangan. Shuningdek, budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga birinchi navbatda kreditorlik qarzlarni tugatish, moddiy texnika ba'zasini mustaxkamlash, xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltirilishi belgilangan.
Ta'lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1999 yil 6 avgustda 795-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan «O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi haqida» Nizomga ko‘ra o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan mablag‘lar tushimi amalga oshiriladi va ular hisobiga xarajatlar amalga oshiriladi.
Budjet tashkilotlarining boshqa budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha boshqa tushumlar ikkilamchi xom ashyoni topshirishdan tushgan tushumlar, keraksiz va eskirgan moddiy qiymatliklarni sotishdan tushgan tushumlar, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan shakllanadi va ular hisobiga xarajatlar amalga oshiriladi.


Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari manbalarini quyidagicha tavsiflash mumkin:


Budjetdan tashqari mablag’lar

Maqsad uchun mo‘ljallangan mablag‘lar
Budjetdan tashqari daromadlar


Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi
mablag‘lari
Umumta‘lim maktablaridagi darsliklar ijarasi chun kelib tushga mablag‘lar
Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari
Ta‘lim muassasalaridagi to‘lov-kontrakt mablag‘lari


O‘tgan yillar debitorlik summalarini kelib tushishi


Davolash muassasalarida pulli ovqatlanish- dan kelib tushgan mablag‘lar


Tibbiyot muassasalarini moddiy


rag‘batlantirish va rivojlantirish

jratmalar hisobig shakllanadigan idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari




Xodimlardan ovqatlanganligi uchun kelib tushgan


mablag‘lar
Boshqa mablag‘lar
(turlari bo‘yicha)

Ta‘lim muassasalarida ota-onalarning mablag‘lari


Grantlar, insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish vositalari








Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling