1-mavzu. Biznes jarayonlarini loyihalash” fanining dolzarbligi, maqsadi va vazifalari. Biznes jarayonlarini loyihalashning ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy asoslari reja


Tadbirkorlikning me’yoriy-huquqiy asoslarini qonunlar va qonunosti hujjatlar tashkil qiladi


Download 62.01 Kb.
bet9/13
Sana04.04.2023
Hajmi62.01 Kb.
#1326270
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1-maruza

Tadbirkorlikning me’yoriy-huquqiy asoslarini qonunlar va qonunosti hujjatlar tashkil qiladi.Ularni ikki guruhga ajratish mumkin: umumiy va maxsus.

  • Umumiy me’yoriy-huquqiy hujjatlarga quyidagilar kiradi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

  • O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari.

  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari.

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari.

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari.

  • Vazirliklar, Davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari.

  • Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.

Me’yoriy-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining Qonun hujjatlari hisoblanadi va ular qonun hujjatlari majmo‘yini tashkil qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Qonunlar hisoblanadi. Qolganlari qonunosti hujjatlardir. O‘zbekistonda uning Konstitutsiyasi va qonunlarining ustuvorligi so‘zsiz tan olinadi.
Me’yoriy-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining Qonun hujjatlari hisoblanadi va ular qonun hujjatlari majmo‘yini tashkil qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Qonunlar hisoblanadi. Qolganlari qonunosti hujjatlardir. O‘zbekistonda uning Konstitutsiyasi va qonunlarining ustuvorligi so‘zsiz tan olinadi.
Maxsus me’yoriy-huquqiy hujjatlar bevosita tadbirkorlik sohasiga tegishli bo‘lib, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rasmiylashtirish, amalga oshirish, rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash va boshqa masalalarni tartibga soladi. Ularga tadbirkorlikka oid qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik­lar. davlat qo‘mitalari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organla­rining qarorlari kiradi.
Tadbirkorlik sohasining huquqiy asoslarini shakllantirish va tizimli ravishda takomillashtirishga katta e’tibor berilmoqda. Xususiy mulk, kichik biznes va tadbirkorlik sohasining huquqiy asoslarini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi hamda «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun asosida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan, jumladan, Qonunlar, Prezident Farmonlari, Qarorlari va Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, va turli vazirlik va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari tashkil etadi.
Aynan shu maqsadlardan kelib chiqadigan vazifalarni yanada chuqurlashtirish va jadallashtirish maqsadida 2017-yil 5-oktyabr kuni qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni2 tadbirkorlik sohasidagi islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi.
Farmon asosida tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga asossiz aralashishlarga qarshi ishonchli huquqiy kafolatlarni ta’minlashga yo‘naltirilgan davlat nazoratining printsipial jihatdan yangi qator mexanizmlari joriy etilgani deputatlar tomonidan alohida qayd etildi.
Farmon ayniqsa, respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish uchun xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yangidan tashkil etilgan ishlab chiqarish korxonalari uchun alohida dastak va qo‘shimcha imkoniyat bo‘lib xizmat qiladi, chunki ularga barpo etilgandan boshlab besh yil mobaynida ular ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanada amalda bo‘lgan soliq stavkalari va boshqa majburiy to‘lovlarni qo‘llash huquqi beriladi.

  1. Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan xususiy mulkchilikni har tomonlama himoya qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatdan yaxshilash borasida beshta eng ustuvor soha bo‘yicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirilishini nazarda tutuvchi Kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanganligi, xususan, “Korruptsiyaga qarshi ko‘rashish to‘g‘risida”, “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”, “Davlat xaridlari to‘g‘risida” va “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunlarni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktyabrda e’lon qilingan “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4848-son Farmoni. “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi Pf-4725-sonli  Farmoni, “Tadbirkorlik sub’ektlariga «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-sentyabr, PQ-2412-son Qarori, Soliq va byudjet siyosatining 2017-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston respublikasi Qonuni, 30-dekabr 2016-yil, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2017-yil 1-fevral, PQ-2750-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 13.08.2019 PQ-4417-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 14.05.2019 (2), PF-5718-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish,tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni takomillashtirish to‘g‘risida” 13.08.2019, PF-5780-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining mulk huquqi kafolatlanishini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”.03.08.2019, PF-5491-son Farmonini qabul qilinishi soha rivojida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Shu bilan birga, ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda texnik talablar (sanitariya, ekologiya, shaharsozlik normalari va qoidalari, yong‘in xavfsizligi qoidalari, standartlashtirish va boshqalar) kabi maxsus hujjatlarni, samarasiz, eskirgan va bozor mexanizmlarining o‘rnini egallab olgan normalarni bekor qilish yuzasidan tanqidiy qayta ko‘rib chiqish muhim vazifalardan biri etib belgilanganligi alohida ahamiyat kasb etadi.



Download 62.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling