"Biznes jarayonlarini loyihalash" fanining vazifasi - konkret firma va korxonalarni rivojlantirish darajasini o‘rganish, istiqbollarini ko‘rsatish, undagi hodisa va jarayonlarini taxlil qilish, ijobiy tajribalarini O‘zbekiston Respublikasi sharoitida ko‘llash imkoniyatlarini aniqlashdan iboratdir. Hodisa va jarayonlarni taxlil qilish raqobatchilik sharoitida amal qilayotgan xo‘jaliklarning xatti-harakatlarini foydali bo‘lish yo‘llarini o‘rgatish, tadbirkorlikning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini, lizing va lizing operatsiyalarini, biznesni rejalashtirish, kichik va xususiy korxonalarning iqtisodiy samaradorligi hamda bu sohadagi nazariy va amaliy bilimlar bilan talabalarni qurollantirishdan iboratdir.
"Biznes jarayonlarini loyihalash" fanining o‘rganish obyekti bo‘lib,nodavlat mulk shakllariga asoslangan firma yoki korxonalar hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayonidagi munosabatlar va resurslarni taqsimlanishi, ulardan foydalanishni tashkil etish, va pirovard natijada iste’mol bozorini tovarlar bilan to‘ldirib, maksimal foydaga erishish yo‘llarini topish hisoblanadi. Albatta foydaga erishish uchun birinchi galda kimga nima ishlab chiqarish zarurligi to‘g‘risida bir qarorga kelish zarur. Firmalarning faoliyat yuritish muhitini taxlili asosida o‘sish imkoniyatlarini tanlash, rivojlanish strategiyasini belgilash va uni rejalatirishni tashkil etish hamda boshqa strategik ahamiyatga molik bo‘lgan savollar va muammolarga javob berish ham ushbu fanning obyektlari jumlasiga kiradi.
Fanni o‘rganishda biznesning nazariy va amaliy tomonlarini bog‘lab olib borish zarur. Biznes sohasidagi bilimlarni kengaytirish, takomillashtirish uchun AQSH, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi iqtisodiy rivojlangan davlatlarning mashxur firmalari faoliyatidan va to‘plagan tajribalaridan misollar keltirib o‘rganiladi.
Hozirgi vaqtda biznesni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar va sohalar tobora kengayib bormoqda. Ular: «Bozor iqtisodiyoti asoslari», «Biznes asoslari», «Biznesni boshqarish», «Xalqaro biznes», «Biznes etikasi», «Mikroiqtisodiyot», «Makroiqtisodiyot», «Iqtisodiy nazariya», «Mikroiqtisodiy statistikasi», «Bank statistikasi», «Korxona iqtisodiyoti» «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi» va boshqa fanlar. Bir-biriga tutash, bog‘lik fanlar sohasidagi bilimlarni egallash, kichik biznes va tadbirkorlik fanini chuqur egallashga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |