1-mavzu. Biznes jarayonlarini loyihalash” fanining dolzarbligi, maqsadi va vazifalari. Biznes jarayonlarini loyihalashning ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy asoslari reja


Biznes tushunchasi, maqsadi va vazifalari, rivojlanish tarixi


Download 62.01 Kb.
bet3/13
Sana04.04.2023
Hajmi62.01 Kb.
#1326270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1-maruza

2. Biznes tushunchasi, maqsadi va vazifalari, rivojlanish tarixi.
Barcha yangi mustaqil davlatlarda islohotlardan oldingi davrda mulkchilikning davlat shakli ustunlik qilgan. Xo‘jalikning davlat sektorida mehnatkashlar umumiy sonining 4/5 qismi, kooperativlarda 14-15% (bo‘lardan yarimidan ko‘pi kolxozlarda), xususiy sektorda 3%ga yaqini band bo‘lgan. 80-yillarning ikkinchi yarimida xo‘jalikning kooperativ sektorini yaratish, ijarani rivojlantirishga harakat qilingan. Bu harakat bozor infratuzilmasini rivojlanmaganligi, davlat mulkchiligining hukmronligi, xo‘jalik yuritishning yangicha shakllarini davlat sektoriga qaramligi, xo‘jalik qonunlarining noaniqligi va bir qator sabablar tufayli natijasiz bo‘lgan.
Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish iqtisodiy islohotlarning yetakchi bo‘g‘inidir. Xususiylashtirish natijasida demokratik jamiyatning ijtimoiy zaminini tashkil qiluvchi xususiy mulkchilik qatlami shakllanib bordi.
Iqtisodiyot fanida tadbirkorlik faoliyatiga doir dastlabki tadqiqotlar XVIII asrda R. Kontilon, A. Tyurgo, F. Kene, A. Smit va J.B. Sey asarlarida amalga oshirila boshlandi. Biroq hozirga qadar jamoatchilik fikrida “tadbirkorlik” tushunchasining ko‘p ma’noliligi saqlanib qolmoqda. Ilmiy adabiyotda ushbu tushuncha haqida ko‘pincha bu favqulodda xodisaning iqtisodiy, tashkiliy va ruxiy tavsiflaridan (turli-tuman qarashlar) iborat har xil tasavvurlar mavjud.
Xorijiy adabiyotlarda biznes ta’rifini ko‘p turlari mavjuddir. Inson jamiyatining butun rivojlanish tarixi u yoki bu jihatdan doimo biznes bilan bog‘lik bo‘lgan1.
Dastlabki bosqichlarda tadbirkorlikning eng muhim alomati biron bir shaxs-tadbirkor faoliyatining foydali yoki zararligini belgilovchi noaniqlik omili hisoblangan. Tadbirkorlikning ijtimoiy - iqtisodiy vazifasi turli bozorlarda talab bilan taklif orasida muvozanat o‘rnatishga doir faoliyatidan iborat deb tan olingan.
Keyinchalik “sarmoya egasi” va “Tadbirkor” tushunchalari bir-biridan farqlana boshlandi. Tadbirkor sarmoyaning muomalada yuritishni, ko‘payib borishini ta’minlaydi va bu borada u venchur sarmoyador, ya’ni jalb qilingan moliyaviy mablag‘larni ustalik bilan tasarruf etuvchi shaxs sifatida ishni yuritishga o‘z g‘oyalari, bilimi va ko‘nikmalarini tatbiq qilib, ko‘p foyda olish maqsadida o‘sha mablag‘larni tavakkalli ishlarga sarflaydi.
O‘zbekistonda va MDXda biznes haqidagi maqolalar, adabiyotlar 60-yillarning o‘rtalarida paydo bo‘ldi. Xususiy mulkchilik esa o‘sha davrda bizning mafko‘ramiz uchun butunlay yod narsa edi. Lekin bizda biznesni fan tariqasida o‘rganish faqatgina 90-yillarning boshlarida bozor munosabatlariga asta-sekin o‘tish bilan boshlandi.
“Biznes” - so‘zi inglizcha so‘z bo‘lib, u tadbirkorlik faoliyati yoki boshqacha so‘z bilan aytganda kishilarni foyda olishga qaratilgan tadbirkorlik faoliyatidir.
Xorijiy adabiyotlarda biznes ta’rifini ko‘p turlari mavjuddir. Inson jamiyatining butun rivojlanish tarixi u yoki bu jihatdan doimo biznes bilan bog‘lik bo‘lgan.
Biznesmen (tadbirkorlik) so‘zi birinchi marotaba Angliya iqtisodiyotida XVIII asrda paydo bo‘lib, u “Mulk egasi” degan ma’noni bildiradi. Jumladan, Adam Smit tadbirkorni mulk egasi sifatida ta’riflab, uni foyda olish uchun qandaydir tijorat g‘oyasini amalga oshirish maqsadida iqtisodiy tavakkalchilikka boradigan kishidir, - deb ta’kidlaydi. Tadbirkorni o‘zi, o‘z ishini rejalashtiradi, ishlab chiqarishni tashkil etadi, mahsulotni sotadi va olgan daromadiga o‘zi xo‘jayinlik qiladi.
Biznes- bu avvalo ishlab chiqarishni tashkil etish, iqtisodiy faoliyat va munosabatlar, hayotni o‘zi so‘ngra esa pul ishlash demakdir. Biznes - bu xorijiy so‘zdir. U butun dunyo bo‘yicha tarqalgandir, undan barcha mamlakatlarda foydalanadilar. O‘zbek tilida esa, biznes so‘zi tadbirkorlik, biznesmen esa tadbirkor demakdir. O‘zbekcha so‘z xorijiy so‘zga to‘g‘ri keladi, lekin unga qo‘shimcha ma’no ham beradi. Bu so‘zlarni ortida “ish” ya’ni ish bilan shug‘ullanish yoki korxona tashkil qilish yotadi. Shunday qilib, biznes - bu korxona tashkil qilish demakdir (sanoat korxonasi, savdo do‘koni, xizmat ko‘rsatish korxonasi, auditorlik idorasi, advokat idorasi, bank va h.k.). Demak, biznes bu yo‘q narsadan pul qilish emas, balki murakkab ishlab chiqarishni yoki xizmat ko‘rsatishni tashkil etish demakdir. Tadbirkorlik - bu doimo o‘z ishining fidoiysi, bilimdonidir. Tadbirkorlik uchun o‘qish kerak, nafaqat dastlabki paytlarda, balki tadbirkor bir umr o‘qishi, izlanishda bo‘lishi kerak.
Tadbirkor nimalarni bilishi va qilishi kerak? U eng avvalo, tadbirkorlik faoliyatini qanday amalga oshirishni, qanday sharoitda amaliy harakat qilishni, tadbirkor oldida uchraydigan to‘siqlarni hal qilish yo‘llarini va qanday yutuqlarga erishishni bilishi kerak. Tadbirkor - ishlab chiqarishni tashkil etishni, hamda mahsulotni sotishni bilishi kerak. U bozor munosabatlari sharoitida yuzaga keladigan aniq sharoitlarni baholashni va to‘g‘ri yo‘l tanlashni bilishi kerak. Hech kim, hech qachon tadbirkorga nima qilishni o‘rgatmaydi va og‘ir paytdlarda yordamga kelmaydi. Har bir tadbirkor faqat o‘z kuchiga, bilimiga va zakovatiga ishonishi va suyanishi lozim.
XVIII-XIX asrlarda olimlarni tadbirkorlik to‘g‘risidagi qarashlarini tahlil qilish eng muhim xulosalardan birini qilishga imkon beradi. Ularda tadbirkorlik, tadbirkorlar to‘g‘risida hozir ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan fundamental holatlar mavjud. Bir vaqtning o‘zida tadqiq etilayotgan masalalarga keng ko‘lamda qarashlar mavjudligini ta’kidlash mumkin. O‘z asarlarida ushbu olimlar tadbirkorlarning iqtisodiy faoliyatidagi mohiyati va roliga ilmiy-amaliy ta’riflar bergan. XIX asrning boshlaridayoq ularning ishlarida tadbirkorlikning iqtisodiy, tashkiliy va psixologik belgilari ajratilgan, keyinchalik uning asosiy funktsiyalariga shaklini o‘zgartirgan. O‘sha vaqtdayoq XIX asrda iqtisodchi olimlar tadbirkorlikning innovatsion harakterini ko‘rsatishgan. Bu nuqtai nazar XX asrda, xususan 2-yarmida keng foydalanilmoqda.
O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega klassik iqtisodiy ta’limot tarixidan ko‘pchilik nuqtai nazarlardan eng asosiylarini tanlab olib qisqacha xulosalarni ifoda etishga harakat qilamiz (1-jadval).
Zamonaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun XVIII-XIX asr iqtisodchi olimlarining xulosalari muhim ahamiyatga ega. Tadbirkor – bu kapital egasi, xususiy ish egasi, uni boshqaradigan ba’zan ko‘pincha xususiy kapital (ish) faoliyat ko‘rsatishi birinchi bosqichida mulkdor funktsiyasini shaxsiy ishlab chiqarish mehnat faoliyati bilan qo‘shib olib boradi. Ularning asarlarida keltirilgan tadbirkorlik motivlari – mahsulot ishlab chiqarish (ishlar bajarish) va ularni iste’molchilarga ularning talabiga mos ravishda realizatsiya qilish yo‘li bilan foyda (daromad) olishni – tadbirkorlikning umumiqtisodiy asos sifatida qarash mumkin.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan eng avvalo ushbu faoliyat boshlanishining noaniqligi bilan yuzaga keladigan barcha risk turlarini o‘z zimmasiga oladigan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt sifatidagi tadbirkorning ta’rifi dolzarbdir.
Shunday qilib, klassik iqtisodiy nazariya asoslarini tadbirkorlikning eng muhim xususiyatlaridan birini – bu faoliyatning risk harakterini birinchi bo‘lib aniqladilar.
1-jadval.
“Antreprener” terminining rivojlanishi.




Download 62.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling