1-mavzu. Biznes jarayonlarini loyihalash” fanining dolzarbligi, maqsadi va vazifalari. Biznes jarayonlarini loyihalashning ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy asoslari reja
"Biznes va tadbirkorlik” faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy, va huquqiy asoslari
Download 62.01 Kb.
|
1-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Demak, tadbirkorlik aholining ish bilan bandligi, mehnat va iqtisodiy faolligining o‘sishi va buning natijasida uning daromadlarini oshishiga katta hissa qo‘shadi.
4. "Biznes va tadbirkorlik” faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy, va huquqiy asoslari
Tadbirkorlik jamiyatda ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi mavjud muammolarni hal qilishda va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida katta rol o‘ynaydi. U ishlab chiqarish, ish bajarish, xizmat ko‘rsatish sohalarida yangi ish o‘rinlari yaratib, aholini ish bilan ta’minlash va ishsizlikni kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Rivojlangan mamlakatlarda ham, O‘zbekistonda ham har yili yaratilayotgan yangi ish o‘rinlarining yarmidan ortig‘i kichik va xususiy tadbirkorlikka to‘g‘ri keladi. Demak, tadbirkorlik aholining ish bilan bandligi, mehnat va iqtisodiy faolligining o‘sishi va buning natijasida uning daromadlarini oshishiga katta hissa qo‘shadi. Bu jarayonning ikki oqibatini e’tiborga olish lozim. Bir tomondan, aholining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarining o‘sishini, kengayishi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ularni to‘laroq qondirish imkoniyatlarining yaratilishidir. Bu pirovard natijada aholi hayotini yaxshilash, turmush darajasini ko‘tarish farovonligini oshirishni ta’minlaydi. Tadbirkorlikning rivojlanishi bilan uning mazkur sohadagi ro‘li ortib boradi. Bu borada tadbirkorlik muvofiqlatirish vazifasini bajarish, talab bilan taklifni o‘zaro muvofiqlatirish, narxlarni barqarorlatirish, bozorda muvozanat o‘rnatish va uni ushlab turish, mavjud ehtiyojni kengaytirish va to‘laroq qondirishga xizmat qiladi, uning bilan birga tadbirkorlik bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatning shakllanishi, rivojlanishida va mahsulot sifati va raqobatbardoshligini ko‘tarish, ishlab chiqarish harajatlari va mahsulot tannarxini pasaytirish, faoliyat samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Tadbirkorlik nafaqat shaxsiy daromad manbayi, balki davlat uchun ham salmoqli daromad manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Davlat byudjeti tushumlarining anchagina qismi tadbirkorlik sektoriga to‘g‘ri keladi. Demak, tadbirkorlik byudjetni to‘ldirib, davlatning kuch-qudratini oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni mablag‘ bilan ta’minlashda ham katta rol o‘ynaydi. SHunday qilib, tadbirkorlik aholi turmushi va farovonligini yaxshilash, uning madaniy-ma’naviy yuksalishi, mamlakat ishlab chiqarish, eksport, iqtisodiy salohiyatini ko‘tarish, mustaqilligini mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbirkorlikning rivojlanishi, o‘z navbatida, bir qator sharoitlarning mavjud bo‘lishini taqozo etadi, ular asosida umuman tovar ishlab chiqarishning umumiy ijtimoiy –iqtisodiy shart-sharoitlari yotadi. Birinchidan, tadbirkor xo‘jalik yuritishda uning sub’ektlarida xo‘jalik yuritishning u yoki bu to‘rini tanlash bo‘yicha, ishlab chiqarish dasto‘rini shakllantirishi, moslashtirish, manbalarni tanlash, resurs topish, mahsulot sotish, ularga baho belgilash, foydani tasarruf qilish va shu kabilar bo‘yicha ma’lum huquq va erkinliklar mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Ikkinchidan, tadbirkor ishlab chiqarish vositalariga, ishlab chiqarilgan mahsulot va olingan daromadga mulkchilik xuquqiga ega bo‘lishi kerak. Tadbirkorlik faoliyati mulkdorning o‘zi tomonidan ham, uning mol-mulki asosida ish yurituvchi sub’ekt tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin. Xo‘jalik yuritish xuquqi, ya’ni mol-mulkidan foydalanish va daromadni tasarruf qilish tadbirkor tomonidan takror ishlab chiqarish jarayonini boshqarishining muhim shart-sharoitini tashkil qiladi. Ma’lumki, tadbirkorlik faoliyatining vazifasi nafaqat foyda olishga, balki uni qaysi maqsadlarda ishlatish va samarali sarflash yo‘llarini topishga qaratiladi, ya’ni u iste’mol-taqsimotchi nuqtai-nazaridan emas, balki yuqori raqobatbardoshlilikni saqlab turish, xo‘jalikni takomillashtirish, kengaytirish va shu kabilarni amalga oshirishga asoslanadi. Uchinchidan, xo‘jalik yuritish yo‘lini erkin tanlash, daromadni investitsiyalash imkoniyati va shu kabilarni real tahminlaydigan ma’lum iqtisodiy muhit va ijtimoiy siyosiy sharoit yaratishi zarur. To‘rtinchidan, erkin tadbirkorlik, mulkchilik va o‘zlashtirishning turli-tuman shakllari va turlarini taqozo qiladi. o‘z navbatida turli-tumanlilikning o‘zi ob’ektiv xodisa bo‘lib, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi oqibati sifatida maydonga chiqadi. Etarli moliyaviy manbalarga, yaxshi ma’lumot va malakali tayyorgarlikka ega bo‘lish, umumiy tijorat qonunchiligi, soliq bo‘yicha imtiyozlar, tadbirkorlik muhiti va uni rivojlantirishda jamiyat manfaatdorligining mavjud bo‘lishi tadbirkorlikni rivojlantirishning navbatdagi shart-sharoitlari hisoblanadi. Yuqorida ko‘rib chiqilgan barcha shart-sharoitlar mavjud bo‘lgan davlatlarda tadbirkorlik yaxshi rivojlanadi, aks holda faoliyatning bu turi xufyona iqtisodiyot sohasiga o‘tib ketadi. Tadbirkorlikni shakllantirish uchun iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va boshqa muayyan sharoitlar yaratilishi kerak. Iqtisodiy sharoitlarga quyidagilar kiradi: tovarga bo‘lgan taklif va talab; haridor sotib olishi uchun tovar turlarining mavjudligi; haridor sotib olishi uchun kerak bo‘lgan pul hajmining mavjudligi; ishchilarning maoshiga, ya’ni sotib olish imkoniyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi ishchi joylarining, ishchi kuchlarining ortiqchaligi yoki etishmovchiligi. Pul resurslarining mavjudligi va ulardan foydalanish imko-niyatlari, kiritilgan kapitaldan olinayotgan daromad miqdori va o‘z ishbilarmonlik operatsiyalarini moliyalashtirish uchun olinmoqchi bo‘lgan kredit miqdori iqtisodiy sharoitga ta’sir etadi. Bu ishlarning barchasi bilan bozor infratuzilmani tashkil qilgan turli xildagi tashkilotlar shug‘ullanadi. Tadbirkorlar shunday tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatib, tijorat operatsiyalarini amalga oshiradi. Moliya xizmatini ko‘rsatuvchi banklar, xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg‘i, energiya, mashina va uskunalar, instrumentlar bilan ta’minlovchilar; tovarni haridorga yetkazuvchi ulgurji va chakana savdogarlar; kasbiy, yuridik buxgalteriya xizmatlarini, vositachilik xizmatini ko‘rsatuvchi firma va korxonalar; ishchilar kuchini yollashda yordam beruvchi ishga joylash agentliklari; ishchi va mutaxassis xizmatchilarni tayyorlayotgan o‘quv yurtlari; reklama, transport, sug‘urta agentliklari; aloqa va axborotni uzatish vositalari ushbu tashkilotlar tizimini tashkil etadi. Tadbirkorlikning shakllanishi iqtisodiy va ijtimoiy sharoit bilan chambarchas bog‘liq. Tadbirkorlik shakllanishining iqtisodiy sharoitiga ijtimoiy sharoit yaqin turadi. Ijtimoiy sharoit, avvalo, haridorlarning didi va modaga javob bera oladigan tovarlarni sotib olishga intilishi bilan belgilanadi. Turli bosqichlarda ushbu talab o‘zgarib turishi mumkin. Bunga ijtimoiy-madaniy muhitga bog‘liq bo‘lgan ahloqiy va diniy me’yorlar jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu me’yorlar haridorlarning turmush tarziga va u orqali tovarlarga bo‘lgan talabiga bevosita ta’sir etadi. Ijtimoiy sharoit shaxsning ishga bo‘lgan munosabatiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi, bu esa, o‘z navbatida, biznes taklif etayotgan maoshning miqdoriga, mehnat sharoitiga bo‘lgan munosabatga ta’sir etadi. Tadbirkorlik faoliyatining shakllanishida ishbilarmon xodim-larni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish masalalarini hal etish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun tadbirkorlik faoliyatini olib borishning zamonaviy uslublarini o‘rganishni tashkil etish, xodimlarni o‘qitish va qayta o‘qitish, ularni rivojlangan mamlakatlarga malaka oshirish uchun yuborish, ishbilarmonlarni o‘qitish uchun o‘qituvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash ishlarini tashkil etish, tadbirkor sektori uchun xodimlarni tanlash bo‘yicha maslahat markazlarini ochish kerak. Har bir tadbirkorlik faoliyati tegishli huquqiy muhitda kechadi. SHuning uchun kerakli huquqiy sharoit yaratish katta ahamiyatga ega. Bu narsa birinchi navbatda tadbirkorlik faoliyatini tartibga keltiruvchi farmonlar va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratib beruvchi qonunlarning mavjudligi, ya’ni korxonalarni ro‘yxatdan o‘tish jarayonining qisqa va oddiy bo‘lishi; tadbirkorlikni davlat byurokratizmidan himoya qilish; soliq qonunchiligini takomillashtirish; O‘zbekiston va chet el ishbilar-monlarining hamkorlik faoliyatini rivojlantirishdan iboratdir. Shu bilan birga bunga kichik tadbirkorlik ishlariga ko‘maklashish hududiy markazlarini tashkillashtirish, statistika shakli va hisob-kitobini takomillashtirish kiradi. Tadbirkorlik faoliyatining huquqiy kafolati masalasi bilan bog‘liq masalalarni hal etish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Download 62.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling