1-mavzu. Biznes jarayonlarini loyihalash” fanining dolzarbligi, maqsadi va vazifalari. Biznes jarayonlarini loyihalashning ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy asoslari reja
Download 62.01 Kb.
|
1-maruza
Shuning uchun tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirishda muvaffaqiyatlarga erishish uchun riskning oldindan ko‘ra bilish va uni oqibatlarini ogohlantirish bo‘yicha tadbirlarini oldindan ishlab chiqish zarur. Mana nima uchun tadbirkorlik faoliyatida faqat iqtisodiyotning aniq tarmoqlaridagi mutaxassislar bilimli, aqlli, faol, intizomli, shaxsiy sifatlarga ega odamlar muvaffaqiyatlarga erishishi to‘g‘risidagi olimlarning fikri shunchalar muhimki, chunki biznesni yuritish uchun albatta vujudga keladigan noqulay sharoitlarni bartaraf etish imkonini beradigan ya’ni qarshiliklarni yenga oladigan insonlargina tadbirkorlik bilan shug‘ullana oladilar. Klassiklar asarlarida tadbirkorlikning novatorlik innovatsion funktsiyalari to‘g‘risidagi nuqtai nazarlar bayon qilingan. Shu munosabat bilan olimlarning tadbirkorlik muhitida raqobatni rivojlantirish to‘g‘risidagi, monopolistik faoliyatni cheklash to‘g‘risidagi, hamda davlatni erkin tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvi, tadbirkorlikning soliq, boj to‘lovi, foiz va boshqalar kabi tartibga soluvchilar roli to‘g‘risidagi xulosalari katta ahamiyatga ega bo‘ladi. XX-asrning oxirgi o‘n yilligida turli xil kasbdagi olimlar (iqtisodchilar, faylasuflar, psihologlar, sotsiologlar va boshqalar) tadbirkorlik nazariyasini rivojlantirishga, uning mohiyati va harakteristikasiga, mamlakat iqtisodiy rivojlanishidagi roliga jiddiy e’tibor qaratgan. Doimo o‘z biznesiga muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlarning shaxsiy harakteristikasi jiddiy tadqiq qilindi. Tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Xalqaro konferentsiyalar o‘tkazildi. Tadbirkorlikni o‘qitish keng rivojlantirildi. Ko‘pchilik mamlakatlarda tadbirkorlikni xususan, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashda davlatning ro‘li yanada ko‘proq kuchaydi. XX -asrning ikkinchi yarmi – bu ko‘pchilik g‘arb mamlakatlarini amaliy sivilizatsiyalangan tadbirkorlikni rivojlantirish davridir. Rivojlangan bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik tashkilotlari (firmalar, kompaniyalar) uy xo‘jaligi va davlat bilan bir qatorda muhim xo‘jalik yurituvchi sub’ekt hisoblanashini nazarda tutib shu vaqtning o‘zida ushbu dolzarb masalaga taniqli olimlar murojaat qiladi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng tadbirkorlikka keng yo‘l ochildi va 1991-yilda “Tadbirkorlik to‘g‘risida” gi Qonun qabul qilindi va tadbirkorlikning tashkiliy xuquqiy asoslari belgilab berildi. Tadbirkorlik– mulkchilik sub’ektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyatdir. (“Tadbirkorilik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 2000-yil 25-may). Mamlakatimizda zamonaviy bozor iqtisodiyotini barpo etish borasida misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar amalga oshirilayotgan bo‘lib, tadbirkorlik va xususiy mulkka asoslangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining rivojlanishiga keng imkoniyatlar tizimining yaratilayotganligi buning yaqqol isboti bo‘la oladi. Bugungi kunda iqtisodiyotning ushbu sektori dunyoning deyarli barcha mamlakatlari va mintaqalarida asosiy rivojlanish manbaiga aylangan. AQSH, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya kabi rivojlangan mamlakatlarda ham kichik biznes sub’ektlari milliy iqtisodiyotning asosini tashkil etib, ular hissasiga mamlakat YaIM ning 50-60% va band bo‘lgan aholi sonining 60-70% to‘g‘ri keladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida mamlakatimiz iqtisodiyotining jahon bozoridagi o‘zgarishlarga muvofiq ravishda qayta tiklanishi, unda yangi xo‘jalik munosabatlarini, shu jumladan, tashqi iqtisodiy munosabatlarning o‘rnatilishi, ishlab chiqarish va innovatsiya faoliyatining rivojlanishi, mulkdorlar sinfining shakllanishi va eng asosiysi, aholi turmush darajasining o‘sishi kabilarga erishishda kichik biznesning rivojlanishi hal qiluvchi o‘rin tutadi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, iqtisodiyotning ushbu sektorini rivojlantirishning zarur me’yoriy-qonunchilik hujjatlari qabul qilinib, ularni samarali amalga oshirish mexanizmi shakllana boshladi va uni davlat tomonidan keng miqyosda qo‘llab-quvvatlash tizimi vujudga keltirildi. Mohiyatan olib qaraganda, dunyoning barcha mamlakatlarida, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida ham kichik biznesning tashkil etilish maqsadlari va faoliyat ko‘rsatish asoslari deyarli bir xil mazmun va ahamiyat kasb etadi. Biroq turli mamlakatlar iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasi va o‘ziga xos shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda ulardagi kichik biznes sub’ektlarini aniqlashda turlicha yondashiladi. Bunda asosan kichik biznes faoliyatini baholash ko‘rsatkichlari yoki mezonlaridan foydalaniladi. Kichik biznesning ahamiyati quyidagi holatlarda namoyon bo‘ladi: kichik biznes – aholining asosiy qismi uchun mehnatini qo‘llaydigan jabha va daromad manbaidir. Kichik korxonalar butun iqtisodiyotning samaradorligini sezilarli darajada oshiradi va iqtisodiyotning hududiy tuzilmasini yaxshilaydi. Alohida shaxs uchun ham kichik biznesning manfaati juda katta. Ular uchun kichik biznes quyidagilar manbaidir: bandlik va daromadlar; o‘z kelajagini yaxshiroq boshqarish imkoniyati; ish va shaxsiy hayotni yanada yaxlitroq birlashtirish imkoniyati; o‘z ishini topish, o‘z qobiliyatlari va istehdodini namoyon qilish imkoniyati. Kichik biznesning potentsial imkoniyatlari uni rivojlantirishga jiddiy e’tibor berishga majbur qiladi. Mamlakatimizda kichik biznes sektorining rag‘batlantirilishi respublika ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotining hal qiluvchi strategik omillaridan hisoblanadi. Bir qator hukumat qarorlari natijasida boshlangan kichik korxonalarni yaratishni rag‘batlantirish jarayoni keyingi yillarda iqtisodiyotda ular ahamiyatining oshishiga olib keldi. Kichik biznesning iqtisodiyotdagi ahamiyatini tavsiflovchi to‘rt asosiy ko‘rsatkichni belgilash mumkin. Bo‘lar uning: ro‘yxatga olingan, shuningdek haqiqatdan faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar umumiy sonidagi hissasi; YaIMda, sanoat, qishloq xo‘jaligi mahsulot hajmida, qurilish ishlari, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi hissasi; iqtisodiyotdagi band aholi sonidagi hissasi; eksport mahsulot hajmidagi hissasi. O‘zbekistonda kichik biznes xususiy tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korxonalardan tashkil topgan. Ammo hozirgi davrda iqtisodiyotda kechayotgan murakkab jarayonlar, kichik tadbirkorlik faoliyati turli-tumanligi, mamlakatimizda uning o‘ziga xos xususiyatlari ushbu belgilarning barchasini o‘z ichiga olgan klassifikatsiyani ishlab chiqishni talab etadi. Hozirgi kunga qadar, iqtisodiyotning ushbu sektorini rivojlanishini belgilab beruvchi bosqichlar mamlakatimizda bozor munosabatlarining bosqichma-bosqich asosda shakllanib borishining ta’siri bilan harakterlanadi. Download 62.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling