1-mavzu: Biznesga kirish Reja: Biznesga kirish yo'llari


Bu kimlar uchun ayniqsa dolzarb?


Download 1.25 Mb.
bet17/111
Sana02.05.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1422107
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   111
Bog'liq
1-mavzu Biznesga kirish Reja Biznesga kirish yo\'llari

Bu kimlar uchun ayniqsa dolzarb?


Men yuqorida yozganimdek,o‘zini band qilganlar faoliyati turlaridan biri — repetitorlik. Onlayn-maydonchalarda til o‘rganish, aniq fanlar, badiiy o‘qitish bo‘yicha individual yoki guruhlar tashkil etilgan holda dars berish to‘g‘risidagi e’lonlar juda ko‘p. Bu xildagi e’lon beruvchi fuqarolar xavf ostidagi guruhda bo‘ladi.
Soliq inspektori ularni noqonuniy tadbirkorlikda ayblashi va respublikada belgilangan eng kam ish haqining 1 baravaridan 5 baravarigacha jarima solish bilan O‘zR Ma’muriy Kodeksining 164 moddasi bo‘yicha ma’muriy va O‘zR Soliq Kodeksining 114-moddasi (“Tovarlar (ish xizmatlar) realizatsiyasidan tushumlarni yashirish”), shuningdek, 119 moddasi (“To‘lovlarni qabul qilishda NKM va hisob-kitob terminallarini qo‘llash tartibini buzish”) bo‘yicha javobgarlikka tortishi mumkin.
Tez-tez tashrif buyuruvchilar “yaxshi” qo‘shnilarda shubha uyg‘otishi, bunday shikoyatlar esa huquq-tartibot organlari tomonidan doim tekshirilishi mumkin. Endi ularga soliqchilar ham qo‘shiladi.

Yana bir juda talabgor yo‘nalish — landshaft dizayni xizmatlari. “Gazonlar, landshaft dizayn” degan yozuvli mashinalar shahar bo‘ylab ko‘p yuradi, biroq aksariyat holatlarda bu sohadagi ijrochilar nolegal ishlaydi. Yuridik shaxslar ularga murojaat qila olmaydilar, axir ularning hisob-kitoblari faqat pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.


Endi osonroq bo‘ladi: shartnoma tuzamiz, pulni o‘zini band qilganning kartasiga o‘tkazamiz. Shuningdek, bank orqali pul olib, naqd pul bilan to‘lovni amalga oshirish mumkin. Bayonot yoki kassa orderini rasmiylashtirib, tuzilgan shartnomani, mehnat guvohnomasi nushasini ilova qilish va shu bilan tashkilot kassasidan naqd pul to‘lashning barcha yuridik rasmiyatchiliklariga rioya etiladi.
Mashina yuvuvchilarga kelsak — bu alohida mavzu. Bu biznes butunlay panada edi. Men, 20 yillik haydovchi stajiga ega bo‘la turib, biror marta mashinamni yuvdirganim uchun kassaga pul to‘lamaganman. Hamisha pulni “kattakon” olardi.
Mashina yuvish joylarida asosan viloyatlardan kelganlar ishlaydi, ularni rasman ishga olishmagan, mehnat daftarchasi ochilmagan — shuning uchun bu tuzilmalardagi xodimlar shaffofligi haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Ularning maoshlaridan soliq va ajratmalar ham to‘lanmagan, ya’ni og‘ir, ko‘p soatli mehnat ish stajiga kirmagan.
Endi yuridik shaxs o‘zini band qilgan shaxs bilan xizmatni bajarish bo‘yicha shartnoma tuzadi, bunda hech qanday soliqlar to‘lamaydi. Bu yuridik shaxs uchun ham foydali: o‘zini band qilganlar shtatni ko‘paytirmaydi, ular bilan hujjatni rasmiylashtirish borasidagi mashmashalar yo‘q, ish beruvchi YIT ham, ularning taqdirlanishidan JShSD ham to‘lamaydi, Bular tabiiy, biror shartnoma yoki qandaydir bitim bilan kelishiladi. To‘lov bo‘yicha na ustama, na quyi limitlar bo‘lmaydi.

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling