1-mavzu: Biznesga kirish Reja: Biznesga kirish yo'llari
Nimaga e’tibor qaratish kerak?
Download 1.25 Mb.
|
1-mavzu Biznesga kirish Reja Biznesga kirish yo\'llari
Nimaga e’tibor qaratish kerak?O‘zini band qilganlik guvohnomasi nima berishini ko‘rib chiqamiz: Soliq imtiyozlari. Daromadlar JShSD ga ham, YaITga ham tortilmaydi. Guvohnomada ko‘rsatilgan davr yoshga, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha pensiya olish uchun ish stajiga kiritiladi. Mehnat guvohnomasining amal qilish davrida jadvalda ruhsat berilgan barcha faoliyat turlari bilan shug‘ullanish mumkin. Ya’ni agar o‘zini band qilgan shaxs mebel yig‘uvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, ta’mirlash ishlari, santexnika o‘rnatish bilan ham shug‘ullanishi mumkin. O‘zini band qilganga o‘z maqomidan mavsumiy foydalanishga ham ruhsat beriladi: agar yozda landshaft dizayni bo‘yicha ishlarga talab ko‘p bo‘lsa, qish va kuzda jadvaldagi boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ishlash mumkin. Faoliyatning bir turi bilan cheklanib qolmasdan boshqa yo‘nalishlarda rivojlanish ham mumkin. Bir tuman yoki viloyatda xizmat ko‘rsatish borasida ham cheklov yo‘q — o‘zini band qilgan qayerda buyurtmachi topsa, o‘sha yerda ishlashi mumkin. Olti oydan kam bo‘lmagan muddatga guvohnoma olganlar mehnat tashkiloti tavsiyasiga ko‘ra o‘z faoliyat turi uchun mikrokredit olishlari mumkin. Mehnat guvohnomasini rasmiylashtirgan o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar qisqa muddatli kasbga o‘qitish, qayta o‘qitish va malaka oshirish, shuningdek, tadbirkorlik ko‘nikmalarini o‘rgatish bo’yicha kurslarda bepul o‘qitiladi. Mehnat qurollari (motokultivatorlar, o‘t o‘rish o‘roq mashinalari, perforatorlar, payvandlash apparatlari, o‘simliklarga ishlov berish qurilmalari, duradgorlik, chilangarlik va qurilish uskunalari va hokazolar), shaxsiy himoya vositalari va ish kiyimi ijaraga beriladi. O‘zini o‘zi band qilganlar bilan shartnomalar imzolash va ularga haq to‘lash nuqtai nazaridan qonunchilikni tahlil qilganda quyidagilarga e’tibor berilishini istardim: Soliq kodeksining “Soliqqa tortilmaydigan jismoniy shaxslar daromadlari"ga bag‘ishlangan 179 moddasining joriy tahririda o‘zini band qilganlarning daromadlari soliqqa tortilmasligi haqida eslatma yo‘q. Daromad solig‘i to‘laydigan yuridik shaxs to‘lov manbai — soliq agenti hisoblanadi va SKning 185 moddasiga muvofiq uning amaldagi to‘lovidan soliq olinishi lozim. Agar o‘zini band qilganning daromadlari mehnat faoliyatidan olingan daromad bo‘lsa, unda ular SKning “Ish haqi to‘lovi shaklidagi daromadlar” deb nomlangan 172 moddasiga tushadi va ulardan YIT olinishi lozim. O‘zini band qilgan INPSni shakllantirish uchun ixtiyoriy asosda Xalq bankida hisob raqami ochishi shartmi? Zarur bo‘lgan holatlarda kim va qachon o‘zini band qilgan fuqaroga uning daromadlari to‘g‘risida ma’lumot beradi? O‘zini band qilganni taqdirlash uchun to‘lov to‘lashda yuridik shaxs bankdan qay yo‘sinda pul oladi? Axir, SKning 188 moddasiga ko‘ra, yuridik shaxs bankdan pul olgach, bir vaqtning o‘zida byudjetga JShDS to‘lashi lozim. Ish bajarish yoki xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yozma yoki og‘zaki shartnomalar imzolashda qanday me’yorlarga asoslanish kerak: Fuqarolik kodeksigami yoki Mehnat kodeksigami? O‘zini band qilganlar faoliyati — mehnat, bitim imzolashdagi mas’uliyat — fuqarolikdir. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling